So’nggi yangiliklar

07:02Акмал Рустамов: "Омад "Навбаҳор" томонида бўлди"  1 02:10Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Осер"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 02:05АПЛ. "Тоттенхэм" 90+4 дақиқада урилган гол эвазига "Вулверхэмптон" билан ўйинда мағлубиятдан қутулиб қолди  1 01:38А Серия. "Интер" меҳмонда "Кальяри"ни мағлуб этди  1 23:33А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" ўртасидаги ўйинда ғолиб аниқланмади  11 23:25Суперлига. "Навбаҳор" – "Қизилқум" 1:0  0 22:36"Милан" "Рома" юлдузини сотиб олмоқчи  0 21:58Келлехер дарвозасига бўлган 7 пенальтининг 4тасини қайтарди  14 21:20ЛаЛига. "Атлетико" дербида "Реал" дарвозасига 5та гол уриб, йирик ғалаба қайд этди  188 20:59АПЛ. "Манчестер Сити"да йирик ғалаба, "Ливерпуль" ва "Челси" Лондонда мағлуб бўлди  34 20:34Бундеслига. "Боруссия" Д ҳамда "Байер"дан ғалабалар  2 20:09Аморим: "Юнайтед" ғалаба қозонишни истайди, бироқ..."  8 19:57Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Қизилқум"ни мағлуб этди  16 19:35"Барселона" дарвозабони операция қилинди  0 19:16МЮ Аморим қўл остида жуда ёмон натижалар қайд этмоқда  9

"Oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan kun yoxud "Neftchi" kubokni tark etdi Yangiliklar

"Oq bo'rilar"ning ovi baroridan kelgan kun yoxud "Neftchi" kubokni tark etdi

Kecha G'uzorda Coca Cola O'zbekiston kubogi ikkinchi saralash bosqichi doirasida "SHo'rtan" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.

Stadiondagi texnik xodimlar tabloni ishlata olmaginini hisobga olmasa, "Markaziy" o'yingohda tashkilotchilik ko'ngildagidek tashkil etildi.

O'yin boshidanoq "SHo'rtan" ochiq va xujumkor futbol taklif etgan bo'lsa , farg'onaliklar chuqurroq himoyalanishni afzal bilishdi.

Raqib darvozasi oldida girdikapalak bo'layotgan mezbonlar 28- daqiqada qarshi xujum qurboniga aylanishdi. "Neftchi" futbolchisi jarima maydonida yiqitildi. Penaltini esa Otabek Zokirov ko'kka sovurmadi - 0:1.

Ko'pchilik mehmonlarning g'alabasiga ishonayotgan edi. Biroq "oq bo'rilar" o'z uyida og'zidagi oshni oldirib qo'yishni istashmadi. Hujumlar soni ko'paydi. Qilingan hujumlar esa natijasini ko'p kuttirmadi. 59-daqiqada "SHo'rtan" hujumchisi Jasur Xolto'raev birga-bir vaziyatda darvozabonni osongina chalg'itib o'tib to'pni darvoza to'g'irlab qo'ydi - 1:1. 


Coca Cola O'zbekiston kubogi. Saralash ikkinchi bosqichi
28 iyun, yakshanba

18:00 SHO'RTAN – NEFTCHI 2:1

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Farruh Yo'ldoshev, Otabek Qosimov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Otabek Zokirov 31 penalti, - 0:1. Jasur Xolto'raev 60, - 1:1. SHokir Yuldashev 71, - 2:1.

"SHo'rtan": 25.Mirzohid Mamatxanov, 2.Nurali Padarov, 7.Olimjon Karimov, 8.SHamsiddin Sagdullaev, 10.Maruf Murodov (27.Islom SHodmonov, 62), 11.Jasur Xolto'raev, 14.SHokir Yuldashev, 17.Elyor Omonjonov (28.Sanjar To'raqulov, 40), 18.Samandar SHodmonov, 22.Sardor Sadullaev, 29.Jahongir Qurbonboev (9.Xudoyorxon Sagdullaev, 62).
Zaxira: 1.Asadulloxon Polvonov, 5.Elbek Otaqulov, 24.Bekzod Suvonov, 34.SHahboz Jo'raev, 77.Salohiddin Sanaqulov, 97.Faxriddin Alimov.

"Neftchi": 35.SHerzodbek Abduraimov, 3.Timur Sultonov, 5.Eldor Ergashev, 7.Mansur Saidov (77.Sanjarbek Zokirov, 68), 8.Islom Karimov (17.Dostonbek Toshmatov, 68), 9.Otabek Zokirov, 10.Islomjon Toshpo'latov, 13.Jamshid Qobulov, 20.Dilyorbek Irmatov, 70.Doston Bobojonov (23.Idris Bikmaykin, 60), 88.Jafar Ismoilov.
Zaxira: 96.SHuhratillo Rahmonov, 22.Asilbek G'oyibjonov, 25.Doniyor Madaminov, 99.Ilhomjon Vahobov.

Ogohlantirishlar: Jasur Xolto'raev 8, Islomjon Toshpo'latov 49,

CHetlatish: Jasur Xolto'raev 75 (2SK).



Qizig'i ikkinchi bo'limda mazkur bahsni ko'rish uchun G'uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov stadionga etib keldi. Aynan shundan keyin "SHo'rtan" ikkita gol urib irodali g'alabani qo'lga kiritdi.  


Nomoz CHoriev G'uzordan maxsus

foto: Abdilatif SHodiev 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика