So’nggi yangiliklar

00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

"Onam meni eng zo'ri deb o'ylaydi. Men esa onamga qarshi chiqa olmayman". Maradonaning eng mashhur iqtiboslari Yangiliklar

"Onam meni eng zo'ri deb o'ylaydi. Men esa onamga qarshi chiqa olmayman". Maradonaning eng mashhur iqtiboslari

Teglar :  Diego Maradona
Afsonadan iqtiboslar.

Robbim o'ziga yordam berganni qo'llaydi.

Men tez-tez o'zimni xuddi «Kakku uyasidan qochish» filmidagi Jek Nikolsondek his qilaman.

Odamlar Bekxemga o'xshagan yuzlab bolalar uchinchi dunyoning chang ko'chalaridagi maydonlarda koptok tepib yurganlarini hatto bilishmaydi ham.

Men tag-tomirim bilan argentinalikman. O'z vatanimda hayot bilan vidolashishni xohlayman.

Men siyosatchilardan shubhasiz ustunman: ular omma odamlari, men esa mashhurman.

O'g'ridan o'g'rilagan har qanday odam afv etilishga loyiqdir.

Agar ish oila shanini himoya qilishgacha etib borsa, men ben Laden kabi dunyodagi eng yomon insonga aylanaman.

Odamlar qachon Maradona quvonch ishlab chiqaradigan mashina emasligini tushunib etishar ekan-a.

Men xotinimga hech qachon xiyonat qilmaganman. Ammo bunday holat ro'y berganda, buni hech qachon tan olmagan bo'lardim.

Qo'pol hazil — mana men nimaga harakat qilaman.

Men yoki Pele yaxshimi, deya bahslashish mantiqsizlikdir. Baribir istalgan odam meni yaxshi deb aytadi.

Koptokni yorishdan qo'rqmang.

Mening ismim — ko'pchilik o'ylaganchalik og'ir yuk emas.

Onam meni eng zo'ri deb o'ylaydi. Men esa onamga qarshi chiqa olmayman.

Hayotimdagi eng muhim voqea — qizlarimni katta bo'lishini ko'ra olmaganman. Bunga narkotiklar sabab. SHuning uchun o'zimni hech qachon kechira olmayman.

Mening qonuniy tug'ilgan farzandlarim — Dalma va Janina. Qolganlari esa mening pullarim va xatolarim mahsulidir.

Qizlarim uchun qahramonman, menga shuning o'zi etarli.

Agar qizlarimning erlari ularni bir marta bo'lsa ham yig'latsa, ularning har biri bilan baxtsiz hodisa ro'y berishi aniq.

O'zim davolangan ruhiy kasalliklar shifoxonasida biri o'zini Napoleon deb, boshqasi San-Martin (Argentinaning Ispaniyadan ozod qilish yo'lida kurash olib borgan qahramon) deb hisoblardi. Lekin hech kim men Maradona ekanligimga ishonmasdi.

Futbol lazzatlanish va shod-xurramlik o'yini. O'yinchilar bu erda stressni his etmasliklari kerak. Tushkunlik — bu butun umrini ish stoli ustida o'tkazadiganlar uchun.

Xudo menga yaxshi o'yin berdi. Mana nima uchun doim maydonga kirib kelayotganimda duo qilaman. Agar buni qilmasam, unga xiyonat qilgan bo'laman.

Qachonlardir Fiorto(Buenos-Ayres yaqinidagi shaharcha)dagi uyimning tomida teshiklar shunchalik ko'p bo'lardiki, yomg'ir tashqaridan ko'ra ichkarida kuchliroq yog'ardi.

Men o'zimda bo'lgan barcha narsadan voz kechdim. Endi esa shunchaki oilaviy hayotdan rohatlanmoqchiman.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика