So’nggi yangiliklar

05:42Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" - "Зальцбург" таркиблар маълум  2 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  30 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  26 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11

Omonjon To'xtamirzaev: "Pepening jarohat olishi Zizuga qo'shimcha bosh og'riq bo'ldi" Yangiliklar

Omonjon To'xtamirzaev: "Pepening jarohat olishi Zizuga qo'shimcha bosh og'riq bo'ldi"

Saytimiz xodimi Omonjon To'xtamirzaev ECHL chorak final doirasidagi bugungi bellashuvlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.


"Bavariya" - "Real"

- Myunxenda mehmonlarga juda qiyin bo'ladi. O'zaro o'yinlar tarixiga qaraydigan bo'lsak, "Real" hisobida : 1ta g'alaba, 1ta durang bor. Qolgan o'yinlarda germaniyaliklar zafar quchishgan. Tarixda nima bo'lgan bo'lsa ham, bugun bizni ajoyib bellashuv, ikkita juda kuchli jamoalar to'qnashuvi kutib turibdi. Asosiysi hakam o'yinni "buzib qo'ymasa" bo'ldi.
O'yinni nafaqat muxlislar, balki futbolchilarning o'zlari ham intiqlik bilan kutishmoqda. Xabi Alonso, Kazemiro, Kroos, Robben va boshqalar intervyularida raqibni xurmat qilishlari, lekin qo'rqmasliklarini takidlab o'tishdi.
Leva "Real" bo'yicha yaxshigina mutaxassisligi etmagandek, Pepening jarohat olishi Zizuga qo'shimcha bosh og'riq bo'ldi. Francuz qiyin vaziyatlardan ustalik bilan chiqib ketganiga bir necha bor guvoh bo'ldik.
Karlo otaga qarshi bahsda qanday natija bo'larkin, ko'ramiz.

"Borussiya" - "Monako"

- Germaniyada baribir shou ko'ramiz deb umid qilaman. Xabaringiz bor, o'yin kecha tunda bo'lib o'tishi lozim edi, ammo bazi sabablarga ko'ra bugunga ko'chirildi. Jamoalarning ruhiy holatiga bu narsa salbiy tasir qilmaydi deb o'ylayman.
"Monako" hali hamon Evropa eng ko'p gol urgan jamoa nomini saqlab turibdi. Bundan tashqari franciyaliklar ham ichki chempionatda, ham Evropa CHempionlar Ligasi doirasidagi o'yinlarda uzluksiz gol urishmoqda. Undan ham qiziqrog'i, Jardim shogirdlari oxirgi uchrashuvlarda birinchi bo'limning o'zidayoq ikkitadan gol urishga erishmoqda. Bugungi Borussiya Dortmund himoyachilari bilan maqtana olmaydi.
Bugungi o'yinda Bakoyoko va Sidibening yo'qligi mezbonlarga qo'l kelishi mumkin. Bundan tashqari, raqib nechta urolsa ursin, biz xohlaganimizcha gol uramiz deyishyaptimi, monegasklar ham raqib hujumchilarini kamdan-kam ranjitishmoqda.
Monako avvalgi bosqichda bo'lgani kabi, mehmonda gol o'xshab qolsa, qollar urishga harakat qiladi. Jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqsa, bu unchalik qiyin vazifa emasdek. Obameyang boshchiligidagi "arilar" ham o'z omadlarini raqib darvozasi oldidan qidirishlari turgan gap.
SHunday ekan, bizni gollarga boy, qiziq uchrashuv kutib turibdi.
P.S: O'yinning toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanishi esa (Bavariya - Real uchrashuviga halal bermay) nur ustiga alo nur.

"Atletiko" - "Lester"

- Madridda CHolo jangchilari SHekspir asari qaxramonlarini, e yo'g'e, jamoasi futbolchilarini qabul qiladilar. Atletiko himoyada qanday o'ynay olishi hech kimga sir emas. Lekin jamoaning CHempionlar Ligasidagi statistikasini erinmay qarab ko'ringda, jamoa soatlab gol qo'yvormayapti. Qanday uchrashuv bo'lishidan qatiy nazar, "matraschilar" o'z muxlislari qarshisida yalqovlik qilishmaydi. Bu erda esa, CHempionlar Ligasi yarim final yo'llanmasi uchun bahs kechadi. Ochig'i, hozirgi "Lester"dan nima kutishni ham bilmay qoldi odam. Tajriba bobida mezbonlar ustunlikka ega. Lekin aynan shu jihat, "Lester" futbolchilarining har hafta CHempionlar Ligasida o'ynayvermasligi, kuchli ishtiyoq bellashuv natijasiga tasir qilishi mumkin.
Ammo Madridda menimcha baribir, mezbonlar zafar quchishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика