So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  6 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Omon qolganing rost bo'lsin, Davron! Yangiliklar

Omon qolganing rost bo'lsin, Davron!

Teglar :  Metallurg
“Metallurg” futbolchilari "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'ladigan navbatdagi tur uchrashuviga Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida tayyorgarlik ko'rishyapti.
Xalqimizda falokat oyoq ostida deb bejiz aytishmagan. Mamlakat milliy chempionati turlari oralig'ida FIFA kunlari munosabati bilan tanaffus uzoq bo'lganligi bois “Metallurg” futbolchilariga dam odatdagidan ko'proq – 4 kun berilgandi. O'zbekchilik, bir daqiqa ortiqcha vaqt bo'lsa uni ham oila foydasiga sarflasam, degan maqsadda ro'zg'or tashvishlariga urinib ketishimiz bor gap.

23-turni diskvalifikaciya bois o'tkazib yuborgan Davron Karimqulov ham farzandlarning qiynalib qolmasligi uchun hovli ishlarini engillashtirishga kirishib ketdi. Bog'ni tartibga keltirish, ayniqsa elektr simlari qadar bo'y cho'zgan archalarni butash, fasadni chiroyli qilish harakatiga tushdi. Kutilmaganda balandlikdan, narvonning siljib ketishi oqibatida hovlini o'rab turgan temir panjaralar ustiga yiqilib tushdi. Ollohimning marhamati, baxtli tasoddif hamda shifokorlarning sayi harakatlari tufayli buyragini jiddiy shikastlab, ko'p qon yo'qotgan Davron omon qoldi.

Toshkentdagi Jukovskiy tez yordam shifoxonasida davolanayotgan Davron Karimqulovning tezroq sog'ayib ketishini Ollohimdan so'raymiz. Mamlakatimiz futboli rivojiga, “Metallurg” futbol klubi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan bu tabiatan kamtarin, samimiy insonning hali hayotda qiladigan ishlari ko'p. Farzandlar tarbiyasi, yaxshi kunlar orzusi... Eng asosiysi shu, mehribon otajoning, aka-uka, opa-singil, yor-birodarlar baxtiga, oila, farzandlar baxtiga omon qolganing rost bo'lsin, deymiz.

Davronni yaqindan biladigan, taniydigan do'stlarimizdan yolg'iz o'tinchimiz, duo qiling, Davron tezroq shifo topsin, oyoqqa turib, farzandlari bag'riga qaytsin, oilasiga bosh-qosh bo'lsin! Ko'rgan-kechirganlari shu bo'lsin, bu yog'iga xonadonini xursandchilik tark etmasin.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика