So’nggi yangiliklar

13:50Расмус ўрнига Уоткинс? МЮ ҳужумида ўзгаришлар кутилмоқда  0 13:25"Динамо" легионери узоқ муддатга сафдан чиқди  0 12:51Алонсонинг биринчи қурбони: "Реал" мураббийи ҳимоячилардан биридан воз кечди  1 12:23"Динамо" етакчиларидан бири жиддий жароҳат олди. У Туркияда операция қилинади  2 11:57"Машъал" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 11:30Ибрагимович Мессининг жамоадошларини танқид қилди: "У ҳайкаллар билан ўйнамоқда"  15 10:40"Астон Вилла" бир қатор футболчилар билан хайрлашди  0 10:12Лионель Месси кежалаги борасида бир қарорга келди  19 09:55КЖЧ. "Ал Ҳилол" тўртта гол уриб, "Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборди  42 09:43ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин  1 09:10"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори Лаутаро ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди  6 08:44Сенсация! "Ал Ҳилол" даҳшатли ўйинда "Манчестер Сити"ни мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  102 08:20Суперлига. 15-тур баҳсларининг бошланиш вақтлари маълум  1 07:40Криштиану Роналду: "Бу аллақачон ўтмиш"  19 04:34"Манчестер Сити" — "Ал Ҳилол". Таркиблар маълум  67

Omar Abdulrahmon: "Menga Evropadan ko'plab takliflar bo'lgan, ammo "Al Ayn"da baxtliman" Yangiliklar

Omar Abdulrahmon: "Menga Evropadan ko'plab takliflar bo'lgan, ammo "Al Ayn"da baxtliman"

Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Omar Abdulrahmon jurnalistlarga bergan intervyusida yoshlikda kimlarga havas qilgani, Manchesterdagi malaka oshirish, Luis Suares bilan suhbatlashgani va boshqa narsalar haqida gapirib berdi. Quyida intervyuni etiboringizga havola etamiz.


- Osiyoning eng yaxshi futbolchilari orasida birinchi o'rinda turish siz uchun nimani anglatadi?

- Osiyoda kuchli futbolchilar ko'p va ular orasida birinchi bo'lish men uchun katta ahamiyatga ega. Bundan judayam xursandman. Bu o'z navbatida menga yanada ko'proq ishlash uchun turtki beradi.

- Yoshlikda qaysi futbolchilarga havas qilgansiz?

- Menga Zinedin Zidanning o'yini doim yoqqan, chunki u futbol o'ynashni juda osondek ko'rsata olardi. Men ham unga o'xshab to'p tepishga harakat qilganman. To'pni nazorat qilish, jamoadoshimga uzatish, zarba berish - xullasi hammasini Zidandek bajarishga harakat qilardim. Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga kelsak, ular oddiy futbolchilar emas, ular - super yulduzlar. Menga shuningdek, Andres Inestaning ham harakatlari doim maqul kelgan.


- Siz malum vaqt "Manchester Siti" tarkibida malaka oshirib qaytdingiz. U erda nimalarni o'rgandingiz?
- Menga eng maqul kelgan jihat klubdagi tartib-intizom va professionallik bo'lgandi. "Manchester Siti"da ishga bo'lgan munosabat juda yuqori, u erda har bir mashg'ulot xuddi o'yinga o'xshab o'tadi. Agar sen mashg'ulotlarda 100 foiz kuch bilan ishlasang, o'yinda 110 foiz kuch bilan harakat qilishingga to'g'ri keladi.

- Ko'plab yirik turnirlarda ishtirok etgansiz. SHular orasida 2012 yil Londonda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlari qanday o'rin tutadi?

- Bu men uchun unutilmas ong bo'lgandi. Albatta, men 2008 yil Xitoyda o'tkazilgan Olimpiadada ham ishtirok etganman, lekin 2012 yilgi musobaqa butunlay boshqa hislar bilan o'tgandi.

- Urugvay terma jamoasi BAA bilan o'ynaganidan so'ng Luis Suares sizdan futbolka so'ragandi...

- Bu qoyilmaqom vaziyat edi. Uchrashuv nihoyasiga etgach, Suares oldimga kelib yaxshi o'yin ko'rsatganimni va shunday davom etishim kerakligini aytdi. Keyin biz o'zaro futbolka almashdik va men juda xursand bo'ldim.



- Buyuk Britaniya bilan kechgan o'yindan so'ng Rayan Giggz o'z futbolkasini bergani rostmi?

- Ha, bu rost. Faqat bu hol kiyim almashtirish xonasidan chiqqanimdan so'ng ro'y bergandi. Men futbolkamni ichkarida qoldirgandim, tashqariga chiqsam Giggz kutib turgan ekan. U menga futbolkasini berib omad tiladi. O'shanda oldimga Daniel Starrij ham kelib, nega Evropada o'ynamayotganim haqida so'ragandi.
 
- Siz Evropa futbolini ko'p kuzatasizmi?

- Menda vaqt kam, chunki doim mashg'ulot va o'yinda bo'laman. Lekin bo'sh payt bo'ldi deguncha Evropa futbolini ko'raman. Menga ko'proq, "Arsenal", "Barselona", "CHelsi" va "Real" ishtirokidagi o'yinlar yoqadi. CHunki bu jamoalar texnik futbol namoyish etishadi.

- Siz mana shu klublarning birortasida o'ynab keta olasizmi?

- Men o'z kuchimga va grand klublarda ham to'p tepib keta olishimga ishonaman. Biz eng avvalo o'zimizga ishonimiz kerak. Agar atrofingda yaxshi futbolchilar bo'lsa, jamoaga tezda kirishib ketasan.



- Nima sababdan haligacha Evropaga yo'l olmayapsiz?

- Menga ko'plab takliflar bo'lgandi. Lekin hozirgi klubim "Al Ayn" qo'yib yuborishni istamadi. Qolaversa, bu jamoada baxtliman.

- Odamlar soch turmagingiz haqida ko'p gapirishadi. Hech kesib tashlash fikri bo'lganmi?

- Yoshligimdan soch o'stirishga qiziqardim, lekin kesib tashlash aslo xayolimga kelmagan. Men sochimni shunchaki o'stirishni xohladim, bu bilan odamlarni o'zimga qaratish niyatim bo'lmagan.

- Agar jin sizga tila tilagingni - jahon chempionatiga chiqish yoki Osiyo chempionlar ligasini yutish desa, qay birini tanlagan bo'lardingiz?

- Albatta, jahon chempionatiga chiqishni. CHunki bu musobaqa har to'rt yilda bir marta o'tadi va bunda ishtirok etish oson emas. CHempionlar ligasi esa har yili bo'laveradi va harakat qilsa yutsa bo'ladi.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика