So’nggi yangiliklar

10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  2 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   2 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  11 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2

"Oltin to'p"ning navbatdagi sohibi - … Yangiliklar

"Oltin to'p"ning navbatdagi sohibi - …

Xabaringiz bor, 29 oktyabr kuni FIFA Jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogar bo'lgan o'yinchilarning kengaytirilgan ro'yxatini elon qilgandi.
Dastlab ushbu ro'yxatdan jami 23 ijrochi joy olgandi. Keyinchalik esa "Ballon-d'Or"ga davogarlar soni uchtagacha qisqartirildi.

Krishtianu Ronaldu, Frank Riberi hamda Lionel Messi. "Oltin to'p" uchun kurash shu uch yulduz o'rtasida kechadi. G'olib nomi esa 13 yanvar kuni SHveycariyaning Cyurix shahrida bo'ladigan taqdirlash marosimida elon qilinadi.

NOMZODLAR YIL DAVOMIDA QANDAY NATIJALAR KO'RSATISHDI?
Ushbu uch nomzod ichida eng ko'p sovrinni Frank Riberi qo'lga kiritdi. Francuz futbolchisi o'tgan yilda jamoasi bilan birgalikda naqd 5ta! sovringa ega chiqdi. Asosiysi, ushbu titullarni yutib olishda Riberi "Bavariya"ga juda katta yordam berdi. Franciyalik futbolchi uchun juda muvaffaqiyatli o'tgan yilning yana bir ajoyib shaxsiy sovrin bilan yakunlanishi extimoli yuqori…

Lionel Messi uchun 2013 yilni u qadar muvaffaqiyatli o'tdi, deb aytish qiyin. Boisi Leo CHempionlar Ligasida bosh sovringa ega chiqa olmadi. Qolaversa, Argentinalik futbol yulduzi yil yakunida kutilmagan jarohat orttirib oldi. Lekin baribir Messi yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida ishtirok etadi. CHunki u yil davomida o'zining nimalarga qodir ekanini qayta-qayta  namoyish etib turdi. U kiritgan bir-biridan chiroyli gollar "Barsa" yulduzining "oltin to'p"ga nomzod futbolchilar qatoridan joy olishi uchun etarli bo'ldi. Sovringa ega chiqish uchun unda ham imkoniyatlar etarli.

Portugaliyalik to'p afsungari uchun ortda qolgan yil jamoaviy sovrinlarga boy bo'lmadi. "Real Madrid" etakchisi sevimli klubi bilan biror bir yirik turnirda g'alaba qozona olgani yo'q. SHunday bo'lsa-da, Ronaldu 2013 yilda ham o'zining ajoyib o'yini va kiritgan qoyilmaqom gollari bilan muxlislarini zeriktirib qo'ymadi. Portugaliya terma jamoasining Jahon CHempionatiga yo'llanmani qo'lga kirtishida ham Ronaldu asosiy ishni amalga oshirdi. SHuni inobatga olgan holda, Krishtianuning ikkinchi marta Jahondagi eng yaxshi futbolchi deb tan olinishi extimoli ham yo'q emas…

YANA QANDAY NOMINACIYALAR O'Z G'OLIBLARINI KUTMOQDA?
FIFA ning yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida "Oltin to'p"dan tashqari yana bir qator nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlanadi: Yilning eng yaxshi murabbiyi, Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi, Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi, FIFA Feyr-pley sovrini hamda Pushkash sovrini.

Bu safar yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun Yup Xaynkes, Yurgen Klopp va Ser Aleks Fergyusson nomzodlari ko'rsatilgan. Klopp "Borussiya D"ni Evropadagi etakchi klublar qatoridan joy olishida katta ishni amalga oshirgan bo'lsa, Xaynkes qita miqiyosidagi yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga erisha oldi. Ser Aleks Fergyusson haqida esa ortiqcha gapirish noo'rin. Ushbu mutaxassisning ko'p yillar davomida futbol rivoji uchun qo'shgan xissasi beqiyosdir. SHuni inobatga olgan holda, bu sovrinni "MYU"ning sobiq ustoziga berilishini tahmin qilish mumkin…

Ayollar o'rtasida eng yaxshi bo'lish uchun esa quyidagi uchun nomzod davogarlik qilishmoqda: Nadine Angerer, Marta va Abbi Vambax. Bu borada omad kimga kulib boqishini tahmin qilish ham qiyin. Boisi Marta bu sovrinni 5 marta o'zi bilan birga olib ketishga muvaffaq bo'lgan. Lekin Braziliyalik daho futbolchining davri o'tib borayotgani va unga Angerer hamda Vambax singari raqobatchilar paydo bo'layotganiga etibor qaratadigan bo'lsak, endi ayollar ichida "qirolicha" o'zgarishiga ham tayyor turishmiz zarur nazarimizda…

Ushbu taqdirlash marosimida o'zining yangi sohibi nomini bilib oladigan yana bir nominaciya - Ferenc Pushkash nomi bilan ataluvchi "yilning eng chiroyli goli"dir. Ushbu sovrin uchun bahs yuritayotgan futbolchilarga bir etibor bering: Zlatan Ibragimovich, Nemanya Matich va Neymar Junior. Demak, Zlatanning yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida qatnashmaydi, deganlar adashishgan ekan. Ha, u "oltin to'p" uchun nomzod emas. Lekin ushbu marosimda ishtirok etishning o'zi ham har qanday futbolchi uchun ulkan sharaf…

Bizni befarq qoldirmaydigan yana bir sovrin - "FIFA Feyr-Pley"dir. Esingizda bo'lsa, o'tgan yili bu sovringa O'zbekiston Futbol Federaciyasi loyiq topilgan edi. Bu safar ushbu sovrin kimga nasib etishi esa hozircha nomalum…

SOVRIN MESSIDAN BOSHQALARGA HAM NASIB ETARMIKAN?

Bilasiz, FIFA 2010 yildan buyon yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda Frans Futbol bilan birgalikda ish yuritib kelmoqda. "Yil futbolchisi" va "oltin to'p" sovrinlari birlashtirilgandan so'ng ushbu titul faqat Lionel Messiga nasib etgan, xolos.

YIL    G'OLIB         IKKINCHI     UCHINCHI
2010    Messi            Iniesta        Xavi
2011    Messi            Ronaldu        Xavi
2012    Messi            Ronaldu        Iniesta

Lekin Argentinalik futbolchining bu yil ham ushbu sovringa ega chiqish imkoniyatlari unchalik yuqori emas. Boisi FIFA konsentraciyani saqlash va "oltin to'p"ga bo'lgan muxlislar qiziqishini so'ndirib qo'ymaslik uchun ham bu sovrinni qatorasiga beshinchi bor Messiga bermasa kerak. Ammo…
Yana kim biladi deysiz?!
 
Bunday qarama-qarshi fikrlarni juda ko'p bildirish mumkin, aziz muxlislar! Nima bo'lganda ham biz 2013 yilning eng yaxshi futbolchisi nomini oz fursat ichida bilib olamiz. Hozircha esa kutishga majburmiz…

Zoxirjon Akramxonov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика