"Oltin to'p". O'zbekiston vakili kimlarga ovoz bergan edi?
03 dek 2019 15:16
Yangiliklar
"Oltin to'p". O'zbekiston vakili kimlarga ovoz bergan edi?
France Football tomonidan tashkil etilgan tadbirda Lionel Messi yil futbolchisi deb topildi va unga "Oltin to'p" topshirildi.
G'olibni aniqlashda O'zbekiston vakillari kimga ovoz berishgan edi?
Hujjatlarda ko'rsatilishicha, mamlakatimiz nomidan Sport Football Journal vakili Grigoriy Rtveladze ovoz bergan. U futbolchilarni quyidagi tartibda o'rinlarga qo'yib chiqqan:
1. Virjil van Deyk ("Liverpul")
2. Mateys de Ligt ("Yuventus")
3. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")
4. Lionel Messi ("Barselona")
5. Raxim Sterling ("Manchester Siti")

Eslatib o'tamiz, "Oltin to'p" uchun kurashda Lionel Messi Virjil van Deykdan bor-yo'g'i 7 ochko ko'p to'plab sovrinni qo'lga kiritgan ekan. Argentinalik forvard ovoz berishda 686 ball to'plagan bo'lsa, gollandiyalik himoyachi yiqqan ballar 679ta bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хитойдан енгилди ва мусобақа билан хайрлашди
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
Ла Лига. "Реал" ўз майдонида "Леванте"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar