So’nggi yangiliklar

01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  2 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  1 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  3 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  9 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  21 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  6 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  7 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  5 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  19 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  181 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1

"Oltin to'p"-2024. 1-o'ringa loyiq ko'rilgan Ademola Lukman yoxud qaysi mamlakat vakili kimlarga ovoz berdi? Yangiliklar

"Oltin to'p"-2024. 1-o'ringa loyiq ko'rilgan Ademola Lukman yoxud qaysi mamlakat vakili kimlarga ovoz berdi?

Ovoz beruvchilar orasida o'zbekistonlik jurnalist ham bor.

28 oktyabr sanasida 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri mazkur nomga munosib deb topildi. 

G'olib turli mamlkatlar jurnalistlarining ovozlari orqali aniqlandi. Ekspertlar o'zlari munosib deb bilgan 10 tadan futbolchini tanlagan va ular o'rin bo'yicha quyidagi tartibda ochkolarga ega bo'lgan:

1-o'rin — 15;

2-o'rin — 12;

3-o'rin — 10;

4-o'rin — 8;

5-o'rin — 7;

6-o'rin — 5;

7-o'rin — 4;

8-o'rin — 3;

9-o'rin — 2;

10-o'rin — 1.

Yakuniy natijalarga ko'ra, kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Rodri — 1170 ochko;

2. Vinisius Junior — 1129 ochko;

3. Jud Bellingem — 917 ochko;

4. Dani Karvaxal — 550 ochko;

5. Erling Holand — 432 ochko.

Xo'sh, qaysi mamlakat jurnalisti kimlarni sovringa munosib deb topdi? Keling, quyida ushbu savolga javob topamiz.

Rodrini 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Albaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Avstriya, Belarus, Bosniya va Gercigovina, Bolgariya, Kanada, CHili, Xitoy, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kurakao, CHexiya, Daniya, Angliya, Finlyandiya, Gabon, Germaniya, Gana, Gonduras, Eron, Islandiya, Iroq, Isroil, Italiya, Lyuksemburg, CHernogoriya, Niderlandiya, SHimoliy Makedoniya, SHimoliy Irlandiya, Norvegiya, Falastin, Polsha, Portugaliya, Irlandiya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, JAR, SHveciya, Tunis, AQSH, Uganda, Ukraina, O'zbekiston, Venesuela, Zambiya.

Vinisius Juniorni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Armaniston, Belgiya, Braziliya, Burkina-Faso, Misr, Franciya, Yamayka, Yaponiya, Mali, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, SHveycariya, Turkiya, Uels, Benin, Kamerun, Ekvatorial Gvineya, Greciya, Meksika, Marokash, Senegal, Gaiti, Paragvay, Kabo Verde, Iordaniya, Jazoir, Kongo DR, Gvineya, Bahrayn, Boliviya, Kolumbiya, Panama, BAA.

Jud Bellingemni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: SHotlandiya, Gruziya, Sloveniya, Namibiya, Salvador.

Dani Karvaxalni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Angola, Peru, O'mon, Vengriya.

Erling Holandni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Janubiy Koreya.

Kilian Mbappeni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Kot-d'Ivuar.

Lautaro Martinesni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Trinidad va Tobago.

Toni Kroosni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Argentina, Ekvador.

Ademola Lukmanni 1-o'ringa loyiq ko'rgan mamlakatlar: Nigeriya.

Boshqa futbolchilar 1-o'ringa loyiq deb topilmagan.


Osiyo mamlakatlari vakillarga kimlarga ovoz berishdi? (Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida faqatgina O'zbekiston vakili ovoz bergan)

O'zbekiston

1. Rodri

2. Jud Bellingem

3. Vinisius Junior

4. Dani Karvaxal

5. Kilian Mbappe

6. Harri Keyn

7. Erling Holand

8. Lamin Yamal

9. Koul Palmer

10. Vilyam Saliba


Yaponiya

1. Vinisius Junior

2. Rodri

3. Granit Jaka

4. Harri Keyn

5. Jud Bellingem

6. Kilian Mbappe

7. Fil Foden

8. Erling Holand

9. Lamin Yamal

10. Koul Palmer


Janubiy Koreya

1. Erling Holand

2. Kilian Mbappe

3. Harri Keyn

4. Lautaro Martines

5. Jud Bellingem

6. Emiliano Martines

7. Rodri

8. Vinisius Junior

9. Bukayo Saka

10. Dani Olmo


Eron

1. Rodri

2. Vinisius Junior

3. Jud Bellingem

4. Harri Keyn

5. Lautaro Martines

6. Dani Karvaxal

7. Kilian Mbappe

8. Erling Holand

9. Florian Virc

10. Toni Kroos


Saudiya Arabistoni

1. Vinisius Junior

2. Rodri

3. Dani Karvaxal

4. Jud Bellingem

5. Lautaro Martines

6. Kilian Mbappe

7. Toni Kroos

8. Fil Foden

9. Lamin Yamal

10. Erling Holand


Qatar

1. Vinisius Junior

2. Rodri

3. Jud Bellingem

4. Kiilan Mbappe

5. Toni Kroos

6. Dani Karvaxal

7. Dani Olmo

8. Erling Holand

9. Vitinya

10. Lautaro Martines


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика