Oltin to'p-2019. Yangi nominaciya … Davogarlarning nomi qachon elon qilinishi hamda taqdirlash marosimi o'tkaziladigan sana malum bo'ldi
19 sen 2019 22:30
Yangiliklar


Oltin to'p-2019. Yangi nominaciya … Davogarlarning nomi qachon elon qilinishi hamda taqdirlash marosimi o'tkaziladigan sana malum bo'ldi
France Football nashri Oltin to'p mukofotiga 30 nomzodning ro'yxatini 21 oktyabr kuni elon qiladi.
Taqdirlash marosimi esa 2 dekabr kuni Parijdagi SHatle teatrida o'tkaziladi.
«CHelsi»ning sobiq hujumchisi Dide Drogba esa ushbu nufuzli mukofotning rasmiy elchisi sifatida tayinlandi.
SHuningdek, bo'lajak marosim vaqtida eng yaxshi ayol futbolchi (20 nafar davogar orasidan tanlanadi) uchun «Oltin to'p», 21 yoshgacha futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin (10 nafar davogar orasidan tanlanadi) taqdim etiladi.
Yana qo'shimcha sifatida France Football mazkur yildan boshlab eng yaxshi darvozabonga «Lev Yashin sovrini»ni (10 nafar davogar orasidan tanlanadi) topshiradi.
Eslatib o'tamiz, 2018-yilning eng yaxshisi nomi «Real» hamda Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrichga nasib etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar