So’nggi yangiliklar

17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  0 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  2 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  5 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  10 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5

"Oltin to'p" – 2019. Lionel Messi - "Yilning eng yaxshi futbolchisi" Yangiliklar

"Oltin to'p" – 2019. Lionel Messi - "Yilning eng yaxshi futbolchisi"

"Oltin to'p"ning bu yilgi g'olibi kim ekanligini bilmoqchimisiz? U holda ushbu sahifani kuzatib boring.

Marosim yakunlandi. Etiboringiz uchun rahmat. Messi va uning muxlislarini tabriklaymiz! Siz bilan Nodir Abdurasulov "Oltin to'p" marosimini kuzatib bordi.

01:32. Lionel Messi — "Yilning eng yaxshi futbolchisi"

2-o'rin. Virjil van Deyk ("Liverpul"), 3-o'rin. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus"), 4-o'rin. Sadio Mane ("Liverpul").

01:10. Megan Rapino — "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi"

2-o'rin Lusi Bronz, 3-o'rin Morgan. 


01:05. Diqqat! 7-o'rin Alisson ("Liverpul") , 6-o'rin Kilian Mbappe (PSJ), 5-o'rin Muhammad Salah.

01:03. Alisson — "Yilning eng yaxshi darvozaboni, Lev Yashin sovrini" egasi. 

2-o'rin. Ter Stegen ("Barselona"), 3-o'rin. Ederson ("Manchester Siti")

 

00:47. Diqqat! 10-o'rin Riyad Mahrez ("Manchester Siti"), 9-o'rin Bernardu Silva ("Manchester Siti"), 8-o'rin Robert Levandovski ("Bavariya")...   

00:45. Birinchi sovrin:  "21 yoshgacha bo'lgan futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin, "Kopa Trophy" sohibi — Matteys de Ligt.

2-o'rin. Sancho ("Borussiya D), 3-o'rin. Feliks ("Atletiko")


00:30. Marosim boshlanmoqda!

Eslatib o'tamiz, bugungi oqshomda 4 nominaciya bo'yicha yilning eng yaxshilari aniqlanadi.

Demak, bular: 

— "Yilning eng yaxshi futbolchisi"

— "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi"

— "21 yoshgacha bo'lgan futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin, Kopa Trophy"

— "Yilning eng yaxshi darvozaboni, Lev Yashin sovrini" (Lev Yashin sovrini ilk marotaba topshiriladi).

23:40. Marosimga taniqli insonlar tashrifi davom etmoqda: Messi, Alisson, Van Deyk, Van de Bek, Tadich, Drogba, De Ligt, Nedved ... 

23:25. "Ayaks" darvozaboni kamerunlik Andre Onana ham qizil gilamni bosib o'tdi

23:15. "Bavariya" forvardi Robert Levandovski marosimga etib keldi va u bir o'zi emas 

23:00. "Oltin to'p" olmagan, ammo unga munosib bo'lgan 7 yulduz

22:45. Rahim Sterling ("Manchester Siti") — 12-o'rin, Frenki de Yong ("Barselona") — 11-o'rin va ... So'nggi 10 nomzod qolmoqda.... LIVE

22:42. Eden Azar ("Real") — 13-o'rin...


22:40. De Bryuyne ("Manchester Siti") — 14-o'rin...

22:37. De Ligt ("Yuventus") — 15-o'rin...

22:35. Aguero ("Manchester Siti") — 16-o'rin...

22:30. "Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Mirjalol Normatov tarjima qilgan maqolani o'qib chiqing va taniqli futbolchilarning fikrini bilib oling.

22:10. Bu yilgi "tilla koptok" uchun asosiy 3 davogar: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Virjil van Deyk. Ularning fikrlari bilan ham qiziqamiz. 

Ronaldu: "Men 3ta sovrinni qo'lga kiritdim, shu o'rinda har doimgidek xotirjamman, - deydi Ronaldu. Men yomon o'ynagan mavsum bo'lmagan, bunisi ham istisno emas. Oxirgi 16 yil hammasi haqida guvohlik beradi, yana nima qila olishim mumkin? "Oltin to'p"ga munosibmanmi? Bilmadim, buni baholaydiganlar bor. Men o'zimga baho bera olmayman. Har doim aytganimdek, men futbol olamida shaxsiy sovrinlarni o'ylab yashayotganim yo'q. Ular – jamoaviy g'alaba natijasi. Lekin, bu yaxshi, aldamayapman. O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Terma jamoamda o'zimni ko'rsata olayotganimdan faxrlanaman. Men faqat urayotgan gollarimdan emas, balki oxirgi yillarda milliy jamoamdagi darajadan ham xursandman".

Messi: "Bu chiroyli etirof. SHubhasiz, ilk "Oltin to'p" eng o'zgachasi bo'lgan. Hammasi sheriklarimning xizmatlari tufayli bo'lgan. Agar biz birga harakat qilmaganimizda, men shaxsiy sovrinlarni yuta olmas edim. 2010 yilda bu sovrin uchun davogarlar sifatida men, Inesta va Xavi suratga tushgan edik. Bu do'stligimiz uchun ajoyib lahzalar edi".

Van Deyk: "Odamlar meni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatorida tilga olishmoqda. Bu men uchun sharaf. G'oliblarni aniqlovchi insonlarning fikri muhim. O'ylashimcha, yomon mavsum o'tkazmadim. Himoyachilar kamdan kam holatda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishadi? Tushunaman, bu kabi sovrinlar odatda hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachilarga nasib etadi. CHunki ularning harakatlarini kuzatish qiziqarli. Ammo bu narsani o'zgartirishni vaqti keldi.


22:05. DIQQAT! Aleksandr-Arnold ("Liverpul") — 19-o'rin, Grizmann ("Barselona) — 18-o'rin, Firmino ("Liverpul") — 17-o'rin ...

O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Terma jamoamda o'zimni ko'rsata olayotganimdan faxrlanaman. Men faqat urayotgan gollarimdan emas, balki oxirgi yillarda milliy jamoamdagi darajadan ham xursandman".

22:00. FOTO  “Oltin to'p-2019” taqdimot marosimi boshlanishiga oz muddat qoldi, asosiy davogarlar qaerda? 

21:50. Ronaldu va Messi davridan oldin kimlar ushbu mukofotni qo'lga kiritgan va bu sovrin qanday buyuk futbol ustalari, sexrgarlariga nasib etgani bilan qiziqsangiz marhamat, tanishib chiqing! >>  "Oltin to'p"ning barcha g'oliblari. 

21:45. DIQQAT! Kulibali ("Napoli"), Ter Stegen ("Barselona") — 24-o'rin, Loris ("Tottenhem") — 23-o'rin, Son Hyon Min ("Tottenhem") — 22-o'rin, Tadich ("Ayaks"), Obameyang ("Arsenal") — 20-o'rin...

21:40. Umuman "Oltin to'p"ni o'ylab topgan insonni bilasizmi, u haqda eshitgan yoki o'qiganmisiz? 

1956 yilda Gabriel France Football bosh muharriri bo'lib ishlayotgandi va mashhur hamkasblaridan Evropaning eng yaxshi besh nafar futbolchisini aytishlarini so'ragan...

Mazkur voqea bo'yicha "Championat.asia" sayti "yuragi" Narzulla Saydullaev tomonidan tayyorlangan chiroyli maqolani taqdim etamiz>> O'QISH

21:30. DIQQAT! Bu yilgi "Oltin to'p" uchun kurashda futbolchilarning o'rni elon qilinmoqda: Joau Feliks ("Atletiko"), Donni Van de Bek ("Ayaks"), Markinos (PSJ) — 28-o'rin, Benzema ("Real"), Veynaldum ("Liverpul") — 26-o'rin...

21:20. Lev Yashin sovrini uchun 10 nafar nomzod bilan tanishing: Alisson ("Liverpul"), Ederson ("Manchester Siti"), Handanovich ("Inter"), Kepa ("CHelsi"), Loris ("Tottenhem"), Noyer ("Bavariya"), Oblak ("Atletiko"), Onana ("Ayaks"), SHensni ("Yuventus"), Ter Stegen ("Barselona").

21:15. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi "Oltin to'p" sohibi — "Real" yarim himoyachisi va Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich.

O'shanda futbolchilar quyidagicha o'rinlarni egallashgandi:


1. Luka Modrich (Xorvatiya, "Real")

2. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, "Yuventus")

3. Antuan Grizmann (Franciya, "Atletiko")

4. Kilian Mbappe (Franciya, PSJ)

5. Lionel Messi (Argentina, "Barselona")

6. Muhammad Salah (Misr, "Liverpul")

7. Rafael Varan (Franciya, "Real")

8. Eden Azar (Belgiya, "CHelsi")

9. Kevin de Bryuyne (Belgiya, "Manchester Siti")

10. Harri Keyn (Angliya, "Tottenhem")


21:10. "CHelsi" sobiq hujumchisi Dide Drogba esa "Oltin to'p" mukaofotining rasmiy elchisi sifatida tayinlanganidan xabaringiz bo'lsa kerak.

21:05. Eslatib o'tamiz, bugungi oqshomda 4 nominaciya bo'yicha yilning eng yaxshilari aniqlanadi.

Demak, bular: 

— "Yilning eng yaxshi futbolchisi"

— "Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi"

— "21 yoshgacha bo'lgan futbolchiga topshiriladigan maxsus sovrin, Kopa Trophy"

— "Yilning eng yaxshi darvozaboni, Lev Yashin sovrini" (Lev Yashin sovrini ilk marotaba topshiriladi).

21:00. Marosim Parijdagi SHatle teatrida Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi.  

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика