So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  66 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Oltin qafas tutqunlari Yangiliklar

Oltin qafas tutqunlari

Yozgi transfer darchasi yopilishi futbolchilar o'rtasidagi keldi-ketdilarga uzil-kesil chek qo'ydi.

Kimdir mamnuniyat bilan yangi jamoasi tomon yo'l olgan bo'lsa, kimlardir torlik qilib qolgan go'shani tark etolmaganidan xomush tortdi. Quyidagi maqola o'z qarorgohini o'zgartirish niyatida bo'lgan, lekin orzulari ro'yobga chiqmay qolgan futbolchilar haqida.

M'Vilaning ko'z yoshlari

Yan M~Vila - ajabtovur yigitlar toifasidan. U kabilarni odatda, tantiqlar sirasiga kiritishadi. Lekin nima bo'lganda ham yuksak mahorat sohibi ekaniga shubha yo'q. SHu yuksak mahorat sohibi transfer mavsumining oxirgi kunida yana bir marta achchiq qismat alamini tatib ko'rdi. O'sha kuni VVS, SkySports va Britaniyaning boshqa etakchi OAVlari kun bo'yi M~Vilaning APLga qaytishi haqida bong urdilar. Ko'pchilik futbolchining yana Sanderlend safidan joy olishini taxmin qilgandi. Yan esa o'z rejalarini pinhon tutishni istamay, ijtimoiy tarmoqlar orqali Xitrou aeroportida tushgan fotosuratini namoyish etdi.

Biroq vaqt shiddat bilan o'tib borar, M~Vilaning transferi haqidagi xabardan esa darak yo'q edi.  M~Vila yangi yilga qadar Rubinda to'p sura oladi. Balki ana shu davr ichida Sanderlend mutasaddilari qozonliklar talab qilayotgan 10 mln. evroni jamlab, Yanni o'z saflariga qaytarishar?

Piterliklar qafasidagi Vitsel

Belgiyalik futbolchi ham Zenitni tark etish niyatida. U hatto, Yuventus bilan shartnoma imzolash uchun Turinga uchib borgan, turinliklar ham bunga qarshi emasdilar. Biroq so'nggi pallada Zenit kelishuvdan bosh tortdi. SHu tariqa Akselning transfer qissasi samarasiz yakunlandi. 13 soat vaqtini Keksa sinora ofisida o'tkazgan futbolchi shundan keyin Tvitter orqali faylasuflarga xos fikr bildirdi: Kutish qanchalik uzoqqa cho'zilsa, mukofot shunchalik lazzatli bo'ladi. Hayot davom etmoqda!.

Xullas, Aksel Zenit tarkibida qoldi. Turin grandi uni qishda 5-6 mln. evro evaziga xarid qilishi yoki yozda Vitsel erkin agent maqomida Italiyaga yo'l olishi mumkin.

SHvaynshtaygerning ayanchli holati

CHorshanba oqshomida muxlislar yana bir taniqli yulduz - Bastian SHvaynshtaygerning ko'z yoshlariga guvoh bo'lishdi. SHundoqqina yashil maydonning o'zida! To'g'ri, SHvaynining ko'z yoshlari Germaniya terma jamoasi safida oxirgi marta maydonga tushgani tufayli yuzaga kelgandi. U bundan keyin MYU tarkibida ham maydonga tusholmasligi mumkin. Boisi, Mourino bu futbolchini o'z sxemasiga kiritmagan. Qolaversa, jamoa yaqinda Pol Pogbani xarid qildi. SHunga qaramay, Bastian o'zini xotirjam tutishga harakat qilmoqda: Albatta, asosiy maqsadim - MYUga yordam berish. Mourino bilan munosabatimda hech qanday muammo yo'q. O'zaro suhbat chog'ida o'zining nuqtai nazarini izhor etdi, men o'z rejalarimni aytdim. Sentyabr-oktyabr oylaridagi o'yinlardan keyin bir to'xtamga kelsak kerak. Muhimi - bir-birimizni hurmat qilamiz. Albatta, hozircha futbol bilan xayrlashish niyatim yo'q. MYU safida maydonga tushish va ishonchni oqlash uchun beriladigan imkoniyatni sabrsizlik bilan kutaman. Mazkur etirofni futbolchi 30 avgust kuni aytgandi. Ertasiga hech qanday o'zgarish ro'y bermadi. Hozircha u MYU o'rinbosarlari safida mashq qilmoqda, asosiy tarkibdan joy olishiga hech kim kafolat bermagan. SHu sababli haftasiga 140000 funt ish haqi oladigan futbolchi oltin qafas tutquni bo'lib turibdi.

Sardor Lass

Lassana Diarra ham Marseldagi kemasini tark etishga ulgurmadi. Vaholanki, u anchadan beri shunday niyatda edi. Bir mavsum davomida o'z yurtida namoyish etgan o'yinlari evaziga Diarra xaridorlar qurshovida qoldi. Bilmadik, futbolchi yuqoriroq saviyadagi jamoalardan biriga o'tish niyatida edimi yoki mo'may daromad ilinjidami, har holda, uning transferi xususidagi gap-so'zlar sira to'xtamadi. Hatto, qo'shimcha zayavkalar qabul qiladigan davrning so'nggi daqiqalarida ham uning taqdiri aniq emasdi. Biroq franciyalik futbolchi hech qaerga ketmadi. Marselning rasmiy bayonotiga ko'ra, sardor mavsum oxiriga qadar jamoa sharafini himoya qiladi.

Niass - liverpulliklar mahbusi

- Agarda Niassda futbol o'ynash ishtiyoqi bo'lsa, Evertonni tark etishi lozim!, - jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ronald Kuman ana shunday keskin fikr bildirdi. Lokoning sobiq azosini liverpulliklar o'tgan mavsumda - Roberto Martines davrida xarid qilishgandi. Afsuski , Umar APLga moslasha olmadi, maydonga juda kam tushdi. Oqibatda Everton muxlislarida unga nisbatan etirozlar ko'payib bordi. To'g'ri, Rossiyaning bir qator jamoalari, jumladan, Lokomotiv, Spartak va CSKA Umarga jiddiy qiziqish bildirishdi. Biroq Rossiyada istiqomat qilishni istamagan Niassning rafiqasi ortga qaytishga to'sqinlik qildi.

Codiq SOBIR tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика