So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Oltiariq futboli: Kecha, bugun, ertaga Yangiliklar

Oltiariq futboli: Kecha, bugun, ertaga

Teglar :  OltiariqFutbol
Istiqlol yilarida Farg'ona futboli gullab yashnamoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu kunga qadar viloyatda bir qancha futbol maktablari ochildi.

Farg'ona viloyatining ko'plab tumanlarida futbol jamoalari tashkil etildi. Xususan, 2017 yil boshida katta marralarni ko'zlab, Oltiariq tumanida “Iftixor” futbol klubi o'z faoliyatini boshladi. Ahrorjon Ergashev rahbarlik qilayotgan mazkur futbol klubining oldiga qo'ygan maqsadlari bisyor.
Bugun Oltiariq futboli tarixi va “Iftixor” jamoasi xususida so'z yuritamiz.

Oltiariq yulduzlari
Oltiariq futboli tarixi uzoqlarga borib taqaladi. Ushbu tumandan buyuk (etuk) futbolchilar etishib chiqqan. Oltiariq (xalkini millionlar uyinidan bahramand bo'lishiga va tumanda katta futbolni rivojlanishiga o'z kuch g'ayratini ayamay mehnat qilgan, bir so'z bilan aytganda, tuman) futbolining tamal toshini Alisher Bozorboev qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu kishi sai-harakatlari evaziga Oltiariqqa katta futbol kirib kelgan. (Oltiarikda ilk bor futbol buyicha tugarak tashkil etib, xalq orasidan iqtidorli futbolchilarni tanlab olib, "Paxtakor-Oltiarik" futbol klubini tashkil etgan. "Paxtakor-Oltiarik" jamoasi 1969-1980) Tumandagi markaziy o'yingoh yaqin kunlarga qadar (xalq orasida hamon u kishining nomi bilan tilga olinadi) aynan Alisher Bozorboev nomi bilan atalgani bejiz emas.

Bundan tashqari, “Neftyanik” (hozirgi “Neftchi”) va “Paxtakor” klublarida to'p surgan va muxlislar mehrini qozongan Viktor Varyuxin ham Oltiariq futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Katta stajga ega futbol ixlosmandlari oltiariqlik bo'lgan - Gennadiy Pisarev, Foziljon Hayitov, Tohir Rahimov, Rafaael Gaffarov, Baxtiyorjon Qahramonov, Tursunali Sotvoldiev va Muxtorali Turdialievlarni yaxshi eslashadi.

Oltiariq futboli tarbiyalanuchilari - Aleksandr Pisarev, Nodirbek Qo'ziboev, Husniddin G'ofurov (Serbiya-Yavor), Sardor Mirzaev (Lokomotiv), Doston Tursunov (Neftchi), Said Abdujabborov (Navbaxor), Iqbol Boboxonov, Oyatillo Muhiddinov, Husniddin G'ofurovlar ham bugungi o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlaring munosib hissalarini qo'shib kelishmoqda.

Futbolning qaytishi
Ochig'ini aytish kerak, so'nggi yillarda mana shunday yulduz futbolchilarni tarbiyalagan Oltiariqda futbol jamoasi yo'q edi. Nihoyat, futbol muxlislarning orzusi ushaldi. Yuqorida aytganimizdek, shu yildan etiboran Oltiariqqa katta futbol qaytdi. Hozirga kelib, “Iftixor” jamoasi Farg'ona viloyati birinchiligida munosib ishtirok etib kelmoqda. Ushbu tumanga katta futbolning qaytishida “Iftixor” klubi rahbari Ahrorjon Ergashevning hissasi katta bo'ldi.
- Malumki, hukumatimiz tomonidan futbolni rivojlantirish uchun qator qonunlar qabul qilingan, deb so'z boshladi.  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yilning 19 yanvardagi “2011-2013 yillarda Respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori kuchga kirgach, mamlakatimizda “millionlar o'yini”ga bo'lgan etibor yanada oshdi.

Joriy yil boshida bizning tashabbusimizni tumanimiz hokimi Xolmirza Niyozov qo'llab-quvvatladi. Natijada “Iftixor” futbol klubini tashkil etish borasida maxsus qaror qabul qilindi. Bugungi kunga kelib jamoamiz ikkinchi ligada etakchi klublardan biri bo'lib turibdi. Bu hali boshlanishi. Kelajakda bizining rejalarimiz ulkan.

Biz bitta futbol klubi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz. Yaqin orada o'zimizning akademiyamizni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Asosiy maqsadimiz – O'zbekiston terma jamoalariga munosib bo'lgan yosh futbolchilarni etkazib berish. Buning uchun o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan, bir paytlar O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori bo'lgan Nodir Qo'ziboevni murabbiy sifatida tanladik. Nodirbek o'zining bilim va malakalarini Oltiariq futbolini rivojlantirish uchun sarflashiga shubha qilmayman.

Murabbiy haqida
2003 yil o'zbek futbolida zarhal harflar bilan yozilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu yili birinchi marta o'zbek ug'lonlari Jahon chempionatida o'ynash huquqiga ega bo'lishgandi. Viktor Borisov va germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyode boshqargan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi BAAda bo'lib o'tgan mundialda munosib ishtirok etganini hamon muxlislarimiz maroq bilan eslashadi. O'shanda vakillarimiz Inesta to'p surgan Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan teng-teng to'p surishgandi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibida Oltiariq futboli namoyandasi - Nodirbek Qo'ziboev ham bor edi.

Nodir yoshlarimizning mundialda yorqin o'yin namoyish etishida o'zining ulkan hissalarini qo'shgan.

– Bu biz uchun yaratilayotgan sharoitlarning mevasi edi, deb o'sha kunlarni yodga oladi Nodir Qo'ziboev. – Ilgari hammamiz mundial o'yinlarini televizor qarshida o'tirib tomosha qilardik. Ularga havasimiz kelardi. Bugungi kunda esa ushbu orzularimiz ro'ybga chiqdi. Istiqlol tufayli barchasiga erishdik. O'sha kunlar hamon yodimda. O'zbekiston madhiyasi yangraganida ko'zimga yosh keldi. Mendagi hissiyotlarni bir so'z bilan ifodalab bo'lmaydi.

Bugungi kunda murabbiylik bilan shug'ullanayotgan Nodirdek futbolchilik faoliyatida “Neftchi”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Qo'qon-1912” jamoalarida to'p surgan. Bundan tashqari, Xitoyning “Cindao”, “CHanchun Yatay” klublari sharafini himoya qilgan. O'zbekiston olimpiya terma jamoasida sardor sifatida maydonga tushgan. Nodir Qo'ziboev o'zbek futbolida o'ziga xos o'ringa ega. Uning futboldagi yutuqlari salmoqli. (O'zbek futboli tarixida ilk bor  Oliy liganing “Neftchi” jamoasi 14 eshli bolakay N.Qo'ziboev bilan rasmiy shartnoma imzolagan. Nodirbek uzbek futboliga mehnati va shijoati bilan o'z hissasini qo'shgan iqtidorlardan biri, bir vaqtning o'zida mamlakatning 3 ta yoshdagi o'smirlar, eshlar va olimpia terma jamoalarida to'p surgan kam sondi o'yinchilardan biri hisoblanadi.

Afsuski, jarohat tufayli Qo'ziboevlar sulolasining o'rtancha vakili futbolchilik faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'ldi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, bugungi kunda Nodirbek Qo'ziboev “Iftixor” jamoasi bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
- Futbolchi sifatida bir qator taniqli murabbiylar bilan ishladim, deydi “Iftixor” jamoasi ustozi. - Ularning har biridan nimanidir o'rganganimni inkor eta olmayman. Endi murabbiy sifatida olgan bilimlarimni amalda sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldim. Maqsadim “Iftixor” jamoasi bilan yangi marralarni zabt etish. Bu yilgi bahslarda yaxshi natijalarni qayd etib, birinchi ligaga chiqishni rejalashtiryapmiz. Oltiariq futboli o'zining shonli tarixiga ega ekanligini yaxshi bilasizlar. Biz o'sha shonli tarixni qayta tiklash borasida tinmay izlanishlar olib boryapmiz. Bu borada bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan tumanimiz va klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Rejalar
Jahon sport maydonlarida O'zbekiston nomining yangrashi, davlatimiz bayrog'ining mag'rur hilpirashi barchamizning qalbimizda cheksiz faxr-iftixor tuyg'ularini yuksaltiradi. Sport, ayniqsa, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida etibor tufayli yoshlarimiz bizga bunday yuksak tuyg'ularni kunda-kunora baxsh etishi oddiy holga aylanmoqda.

Oltiariqda tashkil etilgan “Iftixor” futbol klubi ham kelajakda yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalab, terma jamoamizga etkazib berishni maqsad qilgan.

Bu borada “Iftixor” jamoasiga omadlar tilab qolamiz.

Abror DEHQONOV

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика