“Oloy”dagi legionerlarimiz ortga qaytdimi?
10 jan 2016 16:15
Yangiliklar
“Oloy”dagi legionerlarimiz ortga qaytdimi?
Xususan mamlakat chempioni O'shning “Oloy” jamoasida ishqibozlarimizga yaxshi tanish bo'lgan Artur Parvanov, Rustam Azamov, Timur Vasilev, Temur Sultonov, Ulug'bek Mo'minov, Anatoliy Vlasichev hamda Ernest Sedko kabi futbolchilar faoliyat yuritgandi.
Aytish kerakki, ushbu legionerlarimiz Top-ligada “Oloy”ning chempionlikka erishishida munosib hissa qo'sha oldi. Jamoaga biz uchun begona bo'lmagan sobiq futbolchi Andrey Vlasichev ustozlik qilganini ham aytish lozim. Ayni damda o'shliklar yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa Turkiyada yig'in tashkil etgan. Ammo bir qator hamyurtlarimiz jamoani tark etgan ko'rinadi.
Malum bo'lishicha “Oloy” safida Temur Sultonov bilan Ulug'bek Mo'minov qolgan xolos. Xatto bosh murabbiy Andrey Vlasichev ham jamoa bilan xayrlashgani atilayotir. Klub rahbariyati boshqaruv postiga mahalliy murabbiyni olib kelgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar