"Olmaliq" - Toshkent viloyati kubogi sohibi!
10 sen 2015 18:56
Yangiliklar


"Olmaliq" - Toshkent viloyati kubogi sohibi!
Toshkent viloyatidagi "Ahmad Yassaviy" (sobiq "Sverdlov") stadionida o'tgan hal qiluvchi bahsda Bo'ka tumanining "Bo'kalik" va "Olmaliq" farm klubi ishtirok etdi. O'yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasida omad "Olmaliq"qa kulib boqdi. O'tgan yil finalda imkoniyatni boy berib qo'ygan jamoa bu yil nihoyat kubokni qo'lga kiritdi.
O'yin tugagach taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda viloyat futbol Federaciyasi rahbarlari, Olimpiya zaxiralari sport kolleji rahbariyati, sport jamoatchiligi, jurnalistlar ishtirok etishdi.
SHu bilan birga viloyat ikkinchi ligasida sovrindor bo'lgan jamoalar ham taqdirlanishdi. "Ohangaron" jamoasi birinchi, "Bo'kalik" ikkinchi, Olmaliq shahrining "Metallurg" klubi uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Kubok sohibi bo'lgan "Olmaliq" esa chempionatni 6-o'rinda tugatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar