So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Olmaliq": Navbatdagi yig'in yakunlandi Yangiliklar

"Olmaliq": Navbatdagi yig'in yakunlandi

Teglar :  Olmaliq
"Olmaliq"ning Antaliyada tashkil etilgan birinchi yig'ini yakuniga etdi.

11-25 yanvar kunlari oralig'ida o'tgan o'quv-mashg'ulot yig'inida 3ta o'rtoqlik o'yini tashkillashtirildi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan olib borildi. Dastlabki xorij yig'ini yakunlangach, jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikovdan bu yig'in xulosalarini so'radik.

Dastlabki xorij yig'ini o'z yakuniga etdi. Bu yig'indan ko'nglingiz to'ldimi?


- Antaliyadagi birinchi o'quv-mashg'ulotlarimiz rejalashtirganimizdek o'tdi. Dastlabki kunlarda havo biroz sovuq, yomg'irli bo'lsada barcha mashg'ulotlar o'tkazildi. 3ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Unda 2 g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etildi. Umumiy xulosa qiladigan bo'lsak bu yig'inda biz barchasini ko'ngildagidek o'tkaza oldik.

Tarkib borasida qanday o'zgarishlar bo'ldi? Yig'in davomida ko'rikka kelgan legionerlardan maqul kelgani bormi?


- Albatta, bu yig'in davomida bir qator xorijlik futbolchilar ko'rikda bo'lishdi. Hozircha serbiyalik Igor Yelich bilan kelishuvga erishdik. Uning maydondagi harakatlari bizga maqul keldi. Qolganlari borasida bir to'xtamga kelmadik. Antaliyadagi ikkinchi yig'inda ham ko'rik davom etadi.

Ikkinchi yig'in qachondan boshlanadi?

- Futbolchilarga bir necha kun dam beramiz. Jamoa azolari 30 yanvar kuni yana Antaliyaga etib kelishadi. Navbatdagi yig'in 20 fevralga qadar davom etadi. Bu oraliqda mashg'ulotlar bilan birga 5ta o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. SHundan so'ng jamoa Toshkentga qaytadi va mavsum boshlangunga qadar mashg'ulotlar o'sha erda davom ettiriladi.

Jamoamiz azolari ertaga 26 yanvar kuni Antaliya - Istanbul - Toshkent yo'nalishida ortga qaytishadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика