So’nggi yangiliklar

14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  26

“Olmaliq” - "Nasaf". Prevyu Yangiliklar

“Olmaliq” - "Nasaf". Prevyu

Teglar :  NasafOlmaliq
Yana bir necha kunlardan so'ng mamlakatimiz stadionlarida milliy chempionatimiz uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bu safar futbol ishqibozlari juda qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo'lishadi. Aynan 6 aprel payshanba kunidan boshlanadigan 5-tur qiziqarli uchrashuvlari boy tur hisoblanadi.

“Nasaf” bu turda “Olmaliq” jamoasi mehmoni bo'aldi. Uchrashuv 7 aprel juma kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

Bo'lajak uchrashuv haqida


Bo'lajak, “Olmaliq” – “Nasaf” uchrashuvi juda qiziqarli bo'lishini oldindan taxmin qilish qiyin emas. Bunga bir qancha sabablar bor.

Jamoamiz bu yilgi chempionatning o'tgan 3 uchrashuvining barchasida g'alaba qozondi. Raqiblar darvozasini 8 marta ishg'ol qilib, o'z darvozalaridan 2 marta to'p olib chiqishgan. Ayni paytda “ajdarlar” turnir jalvalining 3-pog'onasida borishmoqda, jamoamiz hisobida 9 ochko bor.

“Nasaf” o'tgan turdagi uchrashuvda “So'g'diyona” jamoasi ustidan yirik hisobdagi g'alabasini nishonladi. Bu qo'lga kiritilgan yutuq o'yinchilarimiz ruhiy holatiga ham ijobiy tasir qilishi turgan gap.

Raqibimiz “Olmaliq” jamoasining bu yilgi chempionatda omadi chopmayapti. Ular o'tkazilgan 4 uchrashuvning bittasida durang, qolgan uchrashuvlarning uchtasida mag'lubiyatga uchrashdi. Konchilar 1 ochkoga ega va turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turishibdi.

“Olmaliq” jamoasi o'tgan turda “temiryo'lchilar”dan yirik 5:0 hisobida mag'lub bo'lishdi. Ular endi qaysidir manoda autsayder jamoa emasliklarini isbot qilishlari talab etiladi. O'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan “Nasaf” jamoamiz esa, shubhasiz bu uchrashuvda ham faqat g'alaba uchun maydonga tushadi.

Uchrashuv hakamlari

“Olmaliq” – “Nasaf” uchrashuvini Baxtiyor Namozov boshqaradi. Unga qanotlarda Mamur Saidqosimov va Ravil SHoyaxmetovlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida SHavkat Nasibullaev ishlaydi. Hakamlaraning barchasi Toshkent shahridan. Hakamlar ishini uchrashuvda buxorolik Ibrohim SHaripov nazorat qiladi.

Baxtiyor Namozov o'tgan yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokida uchta uchrashuvda, kubok bahslaridagi bitta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan. CHempionat bahslaridagi uchrashuvlarning bittasida durang, bittasida g'alaba va bittasida jamoamiz mag'lub bo'lgan. Kubok bahsida esa g'alaba qozongan.


O'zaro uchrashuvlarga oid faktlar


“Olmaliq” va “Nasaf” jamoalari, ilk bor oliy ligada 2008 yilgi mavsumda kuch sinashgan, u paytda jamoaning nomi – OTMK edi. Ular keyingi yilgi mavsumdan boshlab o'z nomlarini – “Olmaliq”ga almashtirishgan. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'zaro ilk uchrashuv Qarshida bo'lgan. Bunda kichik 1:0 hisobida jamoamiz g'alaba qozongan. Uchrashuvdagi yagona golni Zafar Xolmurodov kiritgan.

SHu paytgacha mazkur jamoalar o'zaro 18 marta kuch sinashgan. SHundan o'nta bahsda “ajdarlar” zafar quchishgan, yana ettita o'yinda durang natija qayd etilgan. Bitta o'yinda olmaliqlik futbolchilar o'z maydonida g'alabaga erishishgan.

To'plar nisbati quyidagicha ko'rinish olgan – 31:16. Ustunlik “Nasaf” jamoasida.


Olmaliqda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
27.08.2008. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:1
29.06.2009. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:2
16.05.2010. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:0
22.10.2011. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:0
03.08.2012. “Olmaliq” - “Nasaf” 0:1
08.11.2013. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:2
22.06.2014. “Olmaliq” - “Nasaf” 1:1
23.03.2015. “Olmaliq” - “Nasaf” 2:0.
11.03.2016. “Olmaliq” – “Nasaf” 1:3

Olmaliqda bo'lib o'tgan to'qqiz o'yindan beshtasida durang qayd etilgan. Uch uchrashuvda “Nasaf” g'alaba qozongan, bitta uchrashuvda “Olmaliq” g'olib bo'lgan. “Olmaliq” o'z uyida so'nggi bor 2015 yili g'alaba qozongan.

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs 6 aprel payshanba kuni “Metallurg” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 15:30da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика