So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  1 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  22 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  5 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  2 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

"Olmaliq" - "Lokomotiv" 2:2. Olmaliqda jangovar durang qayd etildi Yangiliklar

"Olmaliq" - "Lokomotiv" 2:2. Olmaliqda jangovar durang qayd etildi

"Olmaliq" va "Lokomotiv" o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.


"Olmaliq" - "Lokomotiv" 2:2

Gollar: Jahongir Abdumo'minov 5 , Sanjar SHoahmedov 67, SHavkat Salomov 70 (Arslonmurod Omonov), Lutfulla To'raev 86 (Jasur Hasanov kichik).

6830 muxlis.

14 may 2015. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 19:00
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), R. Samandarov (Navoi), O. Jumaev (Navoi), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

"Olmaliq": Umid Honimqulov, Abduqahhor Hojiakbarov, Sahob Jo'raev (G'ulom O'runov 51), SHavkat Salomov, Zohir Pirimov (Azamat Isroilov 71) , Islom Inomov, Salamat Qutiboev, Nikita Pavlenko (Arslonmurod Omonov 56), Adrian Kashkaval, Jahongir Abdumo'minov, Namanya Yovanovich.

Zaxira: Nikita SHkvirin, , Muhammad Isaev, Islombek Isakjanov, Doniyor Ismoilov.

"Lokomotiv": Mamur Ikromov, SHavkat Mullajonov, Temurxo'ja Abduholiqov (Marat Bikmaev 73) , Lutfullo To'raev, Jasur Hasanov (kichik), Salim Mustafoev, Timur Kapadze, Sanjar SHoahmedov, Ikrom Aliboev (Damir Koyashevich.66) , Nemanya Yanichich, Oleg Zoteev (Jasur Hasanov (katta) 65).

Zaxira: Ignatiy Nesterov, Bobur Yuldashev, Karen Abramov, Sergey Proxorov.

Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo'minov Salim Mustafoev 25, Nemanya Yanichich 32, Ikrom Aliboev 36, Abduqahhor Xojiakbarov 36, SHavkat Salomov 42, Nemanya Yovanovich 64, Umid Honimqulov 75, Arslonmurod Omonov 76, Islom Inomov 79, Damir Koyashevich 88.



Uchrashuv yakunlandi.


90+4. UCHrashuv yakunlanishiga bir necha soniya qoldi, ammo mehmonlar juda shoshilyapti.


90+3. Lutfulla To'raevning zarbasini Honimqulov bir amallab qaytardi.


90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


88. Sariq kartochka. Damir Koyashevich.


86. GOOOOLLL!!! LUTFULLA TO'RAEV!


84. Nemanya Yovanovichning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.


81. Rasmiy malumotlarga ko'ra uchrashuvni stadiondan turib 6830 nafar muxlis kuzatyapti.


80. Tez orada qizil kartochka paydo bo'lishi mumkin.


79. Sariq kartochka. Islom Inomov.


76. Sariq kartochka. Arslonmurod Omonov.


75. Sariq kartochka. Honimqulov o'yinni cho'zdi.


73. O'zgarish. Abduholiqov o'rniga Bikmaev.


72. ZARBAAA!!!! "Olmaliq" futbolchilari raqib darvozasini o'qqa tutishyapti, ammo bu safar xavfli hujum samarasiz yakunlandi.


71. O'zgarish. Pirimov o'rniga Isroilov.


70. GOOOOLLL!!!!! Arslonmurod Omonov o'ng qanotda bir himoyachini ortda qoldirib, to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi. SHavkat Salomov esa bu sovg'ani qo'ldan chiqarmadi.


67. GOOOOLLL!!!! Sanjar SHoahmedov! Honimqulov o'ng qanotdan uzatilgan to'pni qaytarib qoldi, ammo bu to'pga hammadan oldin Sanjar etib keldi va darvozani nishonga oldi.


66. O'zgarish. Aliboev o'rniga Koyashevich.


65. O'zgarish. Oleg Zoteev o'rniga Jasur Hasanov (katta).


64. Sariq kartochka. Nemanya Yovanovich.


61. Temurxo'ja Abduholiqov jamoadoshining etkazib bergan to'piga ulgurmadi.


59. Ikrom Aliboev to'p oshirilayotgan pallada o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


56. O'zgarish. Nikita Pavlenko o'rniga Arslonmurod Omonov.


51. O'zgarish. Sahob Jo'raev o'rniga G'ulom O'runov.


50. SALIM!!! Temurxo'ja darvozabon va himoyachini o'z oldiga chaqirib to'pni jamoadoshiga tashlab berdi. Mustafoevning zarbasiesa noaniq.


48. "Lokomotiv" xuddi birinchi bo'lim kabi qanotlardan hujumga o'tyapti.


46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


Tanaffus

45+3. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida "Lokomotiv" ustunlikni o'z qo'liga oldi.


45+2. Oleg Zoteevning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydonni tark etdi.


45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.


44. Sariq kartochkalar bo'yicha hisob 2:3.


42. Sariq kartochka. SHavkat Salomov.


41. ZARBA!!! Temurxo'ja Abduholiqov yaqin masofadan shoshilib raqib darvozasi tomon zarba berdi, ammo shoshqaloqlik tufayli zarba juda noaniq bo'ldi.


40. "Temiryo'lchilar"da standart vaziyat.


39. "Lokomotiv"da Jasur Hasanovning qanoti juda faol, ammo hujum markazida faollik etishmayapti.


37. "Olmaliq" stadionida jonli to'lqin paydo bo'ldi.


36. Sariq kartochka. Ikrom Aliboev va Abduqahhor Xojiakbarov.


34. "Olmaliq"ning oldindan o'ylangan jarima zarbasi gol bilan yakunlanishiga bir bahiya qoldi, ammo so'nggi pallaba mezbon futbolchisiga aniqlik etishmadi.


33. Sariq kartochka. Nemanya Yanichich Nemanya Yovanovichga qarshi qoida buzdi.


31. "Lokomotiv" futbolchilarining kombinacion hujumiga unga yakun yasovchi etishmadi.


28. Jasur Hasanov o'ng qanotda to'pni qabul qilib, jarima maydonchasiga kirib borayotgan Sanjarga to'pni tashlab berdi. SHoahmedvoning to'pni to'xtatmay bergan zarbasi biroz noaniq.


25. Sariq kartochka. Salim Mustafoev raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida aktyorlik mahoratini ko'rsatdi va hakam bunga ishonmadi.


24. "Olmaliq"ning standarti qaytarilganidan so'ng, to'p yana "Lokomotiv" jarima maydoniga tashlandi. 2 futbolchi Mamur Ikromovga qarshi chiqib kelayotgan bir paytda hakamlar mavjud bo'lmagan ofsayd haqida malum qilishdi.


23. Jasur Hasanov o'z jarima maydoniga yaqin joyda qoida buzdi. "Olmaliq"da gol urish uchun qulay imkoniyat.


21. Sanjar SHoahmedov markazda to'pni hech kimga oshirmay darvozaga zarba berib o'z omadini sinab ko'rdi. Biroz noaniq.


20. Kichik Jasur Hasanov qanotda Nikita Pavlenkoga qarshi qoida buzdi va o'z jamoasining hujumiga nuqta qo'ydi.


18. Honimqulov qanotdan uzatilgan to'pga Temurxo'jadan oldinroq chiqdi va xavf bartaraf etildi.


16. Nikita Pavlenko o'ng qanotda bir himoyachini aldab raqib jarima maydonchasiga kirib keldi va o'tkir burchakdan Mamur ikromov darvozasiga zarba berdi. Biroz noaniq.


14. TEMURXO'JA!!!! Temurxo'ja Abduholiqov qanotdan etkazib berilgan to'pni darvozaga yo'llashda shoshilib qoldi va to'pga zarba berishning o'rniga uni to'xtatib qo'ydi.


12. Lutfulla To'raevning zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi. Burchak zarbasi ham besamar yakunlandi.


11. "Olmaliq" darvozasi tomon jarima zarba. To'p darvozadan chamasi 23-25 metr uzoqlikda. Ijrochilar ko'p, ammo kim zarba beradi.


10. Nikita Pavlenko darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo o'yindan tashqari holat.


8. Kichik Hasanov o'ng qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga tashlab berdi, ammo "Olmaliq" darvozaboni Honimqulov to'pni egallab oldi.


Yon chiziqdan o'yinga kiritilgan to'pni Yovanovich Jahongirga tashlab berdi. Abdumo'minov esa to'pni to'xtatmay darvozaga zarba berdi va hisobni ochdi.

5. GOOOLLLLL!!!!! Jahongir Abdumo'minov!!!


3. Yovanovich raqib qoidani buzganini aytib hakamga baqirib yubordi.


2. O'zbekiston chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.


1. Uchrashuv boshlandi.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Birozdan so'ng "Olmaliq" - "Lokomotiv" uchrashuvi O'zbekiston chempionati 9-turini ochib beradi. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика