"Olmaliq": Ikkinchi o'yinda yirik g'alaba
18 iyu 2015 01:05
Yangiliklar

"Olmaliq": Ikkinchi o'yinda yirik g'alaba
Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazayotgan jamoamiz bugun ikkinchi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Jamoamizning ikkinchi nazorat o'yinida raqib Eronning "Padideh" jamoasi bo'lishi kutilgandi. Raqib jamoaning o'yinga kela olmasligi malum bo'lgach, nazorat o'yini uchun Kamerun jamoasi sparring sifatida maydonga tushdi. Afrika qitasi vakillari Turkiyada yig'in o'tkazayotgan futbolchilardan iborat jamoa ekan.
Qiziqarli kechgan o'yinda jamoamiz yirik 6:1 hisobida zafar quchdi. Jamoamiz gollariga Kamoliddin Murzoev (2ta), Alisher SHog'ulomov (2ta), Zohir Pirimov va Arslonmurod Amanovlar mualliflik qilishdi. Kamoliddin va Alisher bittadan golni penaltidan amalga oshirgan. Bu o'yinda biroz betobligi sabab Sahob Jo'raev ishtirok etmadi. Jamoaning yangi azosi Valeriy Fomichyov esa mashg'ulot o'tkazish bilan cheklandi.
Uchrashuvda "Olmaliq" sharafini quyidagi futbolchilar himoya etishdi.
"Olmaliq": Nikita SHkvirin, Diyorjon Turopov, Islom Inomov, Saidkomil Akbarov, Abduqahhor Hojiakbarov, Salamat Qutiboev, Nikita Pavlenko, Jahongir Abdumo'minov, Doniyor Ismoilov, Alisher SHog'ulomov, Kamoliddin Murzoev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umid Xonimqulov, Evgeniy Gogol, Azamat Isroilov, G'ulom O'runov, Zohir Pirimov, SHavkat Salomov, Muhammad Isaev, Arslonmurod Amanov, Nemanya Yovanovich.
Jamoamizning so'nggi nazorat o'yini 20 iyul kuni Eronning "Fulad" jamoasiga qarshi o'tadi.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar