So’nggi yangiliklar

10:10«Вест Хэм» сардори фаолиятини БААда давом эттиради  1 09:41МЮда Суперкубокдан аввал муаммолар бор. «Ман Сити»га қарши беш нафар ҳимоячи майдонга тушмаслиги мумкин  2 09:13Элдор Шомуродов «Рома»нинг Англиядаги машғулотларига қўшилди  8 08:45Қойил! «Челси» 9-дарвозабони билан шартнома тузди  2 08:18Про лига. Бугун 15-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  2 07:50Суперлига. Бугун 15-турга старт берилади  2 07:23Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2 00:55Дэвис ёздаёқ "Реал"га ўтиши мумкин  2 00:29Пол Скоулз тен Хагдан хавотир олаётганини айтди  1 23:56"Вильярреал" рекордчиси жамоадан кетди  1 23:35"Ювентус" "Аталанта" футболчисини А Сериянинг энг қиммат ярим ҳимоячисига айлантириши мумкин  1 23:16Алексей Естафеев: "ЎзПФЛ шу стадионни қабул қилганми, демак шу ерда ўйнаймиз"  6 22:59Неъматилло Қуттибоев: "Қийин ўйин бўлишини билардик"  1 22:33Скоулз: "Манчестер Юнайтед" доим марказда эшикларни очиб қўяди"  2 22:07Анвар Бердиев: "Бухоро" стандарт вазиятлардан фойдаланиб кетди"  3

"Olmaliq": 2015 yil sarhisobi Yangiliklar

"Olmaliq": 2015 yil sarhisobi

Teglar :  Olmaliq
2008 yildan elitada ishtirok eta boshlagan jamoamizning 8 yillik faoliyatiga statistika orqali nazar tashlasak.

"Olmaliq" birinchi mavsumda OTMK nomi ostida ishtirok etgandi. Jamoa ortda qolgan 8 mavsum davomida 220 uchrashuv o'tkazdi. Bu bahslarning 79tasi g'alaba, 48tasi durang va 93tasi mag'lubiyat bilan yakun topgan. Jamoa o'z maydonida 65 g'alaba, 23 durang va 22 mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, safarda bu ko'rsatkich 14 g'alaba, 25 durang, 71 mag'lubiyatdan iborat. Umumiy to'plar nisbati 319-334ga teng. Olmaliqdagi o'yinlarda 206-125, mehmondagisida esa 113-209. Jami to'plangan 285 ochkodan 218tasi o'z maydonida va 67tasi raqib maydonida qo'lga kiritilgan. Joriy mavsum jamoamiz tarix zarvaraqlariga bir qator yubileylar taqdim etdi. 9-10 turlarda jamoamiz uchta yuzlikni qayd etdi. 9-turda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o'yin, "Olmaliq"ning o'z maydonida o'tkazgan yubiley 100-uchrashuvi bo'ldi. 10-turda esa jamoa ikkita yubileyni qarshi oldi. Namanganda o'tgan o'yinda jamoamiz mehmondagi 100-o'yinni va oliy ligadagi 200-o'yinini o'tkazdi. Etiborli jihati, har ikki o'yin ham 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakun topdi. Bundan tashqari yubiley gollar ham bu mavsumda serob bo'ldi. 8-turda G'uzorda jamoamizga bir ochko keltirgan gol, jamoamizning raqib maydonida urilgan yubiley 100-goli bo'ldi. Gol muallifi 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, elitada o'z debyutini nishonlagan Doniyor Ismoilov bo'ldi. Taqdirni qarangki, "SHo'rtan" bilan Olmaliqdagi uchrashuvda ham muxlislar yubiley golga guvoh bo'lishdi. Bu gal ham jamoamiz azolari gazchilar jamoasiga uchta to'p kiritishdi. 51-daqiqada Nemanya Yovanovich tomonidan urilgan gol Olmaliqning o'z maydonida urilgan yubiley 200-gol bo'ldi. SHuningdek, 18-turda "Andijon" bilan bahsda jamoaning tarixiy 300-goli qayd etildi. Alisher SHog'ulomov tomonidan 43-daqiqada urilgan ikkinchi gol tarixdan joy oldi.

O'tgan davr mobaynida jamoamiz safida maydonga 118 nafar futbolchi maydonga tushdi. Gvardiyachilar ro'yxatini Zohir Pirimov boshqarib bormoqda. Zohir bugungacha jamoa tarkibida 171 uchrashuvda maydonga tushgan. Doston Abrahmonov hisobida 141 o'yin mavjud bo'lsa, Sanjar SHoahmedov 106 o'yin bilan uchinchi o'rinda turibdi. To'purarlar ro'yxatida joriy yil yakuni bo'yicha 60 futbolchi o'rin olgan. Peshqadamlik hamon Mo'ydin Mamazulumovda saqlanib turibdi. Mo'ydin "Olmaliq" safida 80 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 37 to'p kiritgan. Zafar Polvonov 23, Aleksandr Vostrikov 19 gol bilan yuqori uchlikni qayd etgan.

"Olmaliq"ning elitada 8 yillik ishtiroki davomida bir qator fubolchilar ommaga tanilishga erishdi. Bunga birinchi navbatda jamoa bosh murabbiyi Igor Anatolevich SHkvirinning topqirligi hamda futbolchilarni to'g'ri yo'naltira olganligini aytish mumkin. Olmaliqda tanilib hozirda boshqa jamoalar safida to'p surayotgan futbolchilarni sanab o'tishning hojati yo'q. Yoshlar terma jamoasidan asosiy terma jamoagacha ko'tarilishda "Olmaliq" tramplin vazifasini bajaruvchi jamoaga aylangan desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Garchi jamoa hozircha sovrinli o'rinlarga davogarlik qilmayotgan bo'lsada, elitada har qanday jamoaga to'siq bo'la oladi. Joriy mavsumda jamoa safi biroz ulg'aydi. 2015 yil "Olmaliq"ning o'rtacha yoshi 27,3ni tashkil etdi. Avvalgi yillar bilan taqqoslaydigan bo'lsak, 2014 yil o'rtacha yosh 26, 2013 yil - 25,7, 2012 yil - 24,7 bo'lgan.

Navbatdagi mavsumda jamoamiz o'z muxlislarini xursand etib, yuqori natijalarga erishadi degan umiddamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика