So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Oliymi yoki o'xshamagan liga? Yangiliklar

Oliymi yoki o'xshamagan liga?

Yillar davomida gapirilib kelsada, "isbot yo'q" degan javoblar bilan yangidan yangi chempionatlarimiz boshlanib yakuniga etaverdi.

So'nggi marotaba chempionatimiz 2008/10 yillarda qizigan bo'lsa kerak. Bunday qing'ir ishlar doimo bo'lib kelgan. Lekin hech qachon biron kishi jazolanmagan edi. Eng yomoni mazkur holatdan terma jamoamiz jabr chekyapti. Allaqachon chiqishimiz kerak bo'lgan jahon chempionati biz uchun armon bo'lib qolyapti. Bunga barcha aybdor. OAV endi gapiraman desa uni turtkilashadi, futboldan ularga qo'shib muxlislarni ham sovutib bo'lishdi.

Kecha Rustam Mirsodiqovni lecenziyasi mavsum so'nggiga qadar olib qo'yilganligi haqida xabar chiqdi. Nima uchun faqat Rustam Mirsodiqov, qolgalarchi? Qolganlar oppoqmi? Albatta yo'q. Aslida islohatni PFLni o'zidan boshlash kerak. Ayrim klublarga yon bosish, yoqmaganini sarson-sargardon qilish bu tashkilot uchun odat tusiga aylandi. Ayniqsa musobaqalar o'tkazish bo'limida faoliyat olib borayotganlarni yangilash kerak. Allaqachon zerikarli chempionatlar reytinigda "Top-3"ga kirib olgan oliy ligamizni qizitib berish, undagi raqobatni oshirish aslida ularning qo'llarida. Mavsumiy "zayavkalar" hamon eskicha, haftlab qog'oz tashish bilan o'tadi. Butun dunyo elektron tizimga o'tganiga yillar bo'lib ketdi. Lekin har doim ham aybdor hakamlar bo'lavermas ekan. Ularga bu yil ish avvalgilardek ko'p bo'lmadi. Barchasini boshida klublarni o'zlari ekan.

Bu masalaga faqatgina bir kishini chetlatish bilan echim berib bo'lmaydi. Islohat boshlandimi, hammani tekshirsinlar. Hech kim qolmasin. Yoshlarga qachon yo'l ochiladi? Bir ishni eplay olmagan kishi, nahot vatan ravnaqi yo'lida o'z o'rnini bo'shata olmasa?

Birinchi liga-ku, allaqachon "totalizator" to'riga tushib bo'lgan. Buni oliy ligadagi bazi o'yinlarda ham ko'ryapmiz. Besh tur davom etgan halol futbol ikkinchi davradan keyin batamom o'zgardi. To'g'risi, birinchi davraning so'nngi turlarigacha bilmadik. "Isbot yo'q", degan gapni esa shunchalik yodlab oldikki, sher qilib aytib yursak bo'ladi. Rahbarlar, murabbiylar stadionlarga bir qarang! Zerikkanidan futbolga kelayotganlar evazigagina ayrim stadionlarda muxlis bor.

Markazda ham, PFLda ham rahbarlarni o'zgartiradigan vaqt keldi. Hozir ayni payti. Yangilikka va g'oyalarga boy mutaxassislarni Respublika bo'ylab saralanib oladigan ayni payti. Hammani qo'li bor joyda, bir kishini chetlatish bilan ish bitmaydi. Qars ikki qo'ldan chiqadi. Hamma aybdor, lekin muxlislardan iltimos qilardik, OAVni ayblamang. Bugungi OAVga haykal qo'ysa arziydi, teatrni futbol deya yorita olayotganiga!

Ertangi yil uchun dasturi bo'lmagan tashkilot hech qachon muvaffaqiyatga erishmaydi!

Xayf oliy liga klublariga ajratilayotgan shuncha pullar. Ularga jazo tariqasida keyingi yil byudjetlarini ikki yoki uch barobarga kamaytirib yuborish kerak.

Bitta futbolchidan so'rangchi, "oliy ligada to'p tepib rohat olyapsanmi?", deb. Yo'q, ular uchun futbol hammamizning ishimiz bo'lgani kabi, ikki soatga borib kelinadigan ishdan boshqa narsa bo'lmay qoldi. Zerikarli chempionat, zerikarli mavzular, zerikkan muxlis-u, futbolchilar. Hamma - hammasi zerikarli. Agar 2 yil o'tib "xayr Rossiya, salom Qatar!", deydigan bo'lsak, bilingki ularning barchasiga bugungi kunimiz sabab.

Yaqinda "Bunyodkor" muxlisining bir gapidan o'zim uyalib ketdim. "So'rab ko'ring, agar PFLdagilar Jizzaxga kubokni ko'tarish uchun podiumni olib borishmasa, o'z hisobimdan katta mashina gaplashaman. "Bunyodkor" yutadimi yoki "Nasaf", farqi yo'q"...

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика