Oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliqda bo'ladi, faqat qachon?
18 noy 2015 21:05
Yangiliklar


Oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliqda bo'ladi, faqat qachon?
PFL rasmiy saytining rus tili bo'limi bugun oliy ligaga o'tish o'yini Olmaliq shahridagi OTMK stadionida bo'lib o'tishi elon qildi.
Xabaringiz bor, o'tish o'yinida oliy liganing 15-pog'onasidan joy olgan jamoa bilan 1-ligada mavsumni 2-o'rinda yakunlagan klub ishtirok etadi. O'tish o'yining birinchi ishtirokchisi "Oq-tepa". Ikkinchi ishtirokchi juma kuni bo'lib o'tadigan oliy liganing so'nggi turidan keyin aniq bo'ladi.
Xullas, PFL rasmiy saytining rus tili bo'limi uchrashuv Olmaliq shahridagi OTMK stadionida bo'lib o'tishini, o'yin 14:00da start olishini malum qildi, lekin bahs qaysi kuni o'tkazilishini elon qilgani yo'q.
Quyidagi skrinshot so'zimizga isbot bo'ladi. Balki texnik xatodir?! Ish bor joyda kamchilik bo'ladi, deyishadiku?!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar