Oliy liga. "SHo'rtan" safarda ilk ochkosini qo'lga kiritdi
07 avg 2017 15:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/269666_original.jpg)
![](/upload/storage/269666_220.jpg)
Oliy liga. "SHo'rtan" safarda ilk ochkosini qo'lga kiritdi
Farg'onada "Neftchi" bilan kechgan bellashuvda g'uzorliklar 1:1 hisobida durang o'ynashdi. Laziz Ubaydullaev tomonidan kiritilgan gol "SHo'rtan"ga bir ochkoni taqdim etdi. Jamoa bu o'yinga qadar olti marta safarda to'p tepgan bo'lsa, hammasida mag'lub bo'lgandi. Bundan tashqari, g'uzorliklar safar o'yinlarida atigi ikkita gol urishgandi.
"SHo'rtan"ning safar o'yinida ochko olishi Legay va Kochnev singari yangi murabbiylar boshchiligida ro'y berdi. O'z navbatida "Neftchi" bu turda ham g'alaba qozona olmadi. Darvoqe, "Neftchi" Vadim Abramov kelganidan beri hali yutmadi. Jamoa bungacha o'z maydonida "Dinamo" va "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergan, safarda esa "Mashal" bilan durang o'ynagandi. Endi bo'lsa uyda ham durang qayd etdi.
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar