So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Oliy liga: Sensaciyalarga boy boshlangan 5-turdan keyin kim peshqadam bo'larkin? Yangiliklar

Oliy liga: Sensaciyalarga boy boshlangan 5-turdan keyin kim peshqadam bo'larkin?

O'zbekiston Oliy ligasining 5-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv kutilmaganda sensacion natijalar bilan yakunlandi.


G'uzorda murabbiyni istefoga chiqargan "SHo'rtan" amaldagi chempion va yangi mavsumda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan peshqadam "Lokomotiv"ni ishonchli tarzda taslim etishga erishdi.

Bu kunning yagona kutilmagan natijasi bo'lib qolmadi. Biroz o'tib esa Toshkentda "Bunyodkor" jamoasi o'z tarixida ilk marotaba "Qizilqum"ga yutqazib qo'ydi.



Oliy liga o'yinlari joriy mavsumda o'zgacha ruhda boshlandi. Dastlab "Dinamo"ning eyforiyasi, "Paxtakor"ning ochko yo'qotishlari, "Bunyodkor"ning nursiz uchrashuvlari hamda turnir jadvalidagi mavqei yanada yomonlashgani, "Lokomotiv"ni G'uzorda to'xtatilishini ko'pchilik kutmagani aniq. Bu esa chempionatimizga bo'lgan qiziqishni, intrigani yanada oshirayotgani aniq.
Turnir jadvalining hozirgi onlayn holatiga nazar soladigan bo'lsak, ajoyib ko'rinishga guvoh bo'lamiz.

Ayni paytda "Lokomotiv", "Nasaf", "Dinamo" hamda "Mashal" jamoalari bir xil 9 ochkodan mavjud. Ushbu jamoalar birinchi o'rinni bo'lishib turishibdi. Ulardan keyingi pog'onalarda borayotgan "Navbahor" hamda "Qo'qon-1912" jamoalarida esa 7 ochkodan bor.
Ertangi uchrashuvlardan keyin ushbu jamoalardan istalgani yakka peshqadamga aylanishi yoki bo'lmasam qo'shpeshqadamlar ko'payishi ehtimoli yuqori.

Qo'qonda bo'ladigan "Qo'qon-1912" - "Dinamo" o'yiniga bo'lgan qiziqish o'zgacha. CHunki ushbu to'qnashuvda qaysi bir jamoa g'alaba qozongan taqdirda, turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanish imkoniyati yo'q emas. Buning uchun "Nasaf" ertaga Olmaliqda ochko yo'qotishi talab etiladi.
Namanganda o'tadigan bellashuvda ham jamoalar peshqadamlik uchun kurashishlari tabiiy. "Navbahor" - "Mashal" qarama-qarshiligi ham turning markaziy bahslaridan biri bo'lishi shubhasiz. Bu erda ham yutgan jamoaning birinchi o'ringa chiqib olish ehtimoli mavjud.

Kumikov qo'li ostida o'ynayotgan "Olmaliq"ning ishlari esa yurishmayapti. Jamoa hozirgacha g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Ertaga Kumikov Olmaliqda o'zining sobiq jamoasi "Nasaf" ustidan g'alaba qozonishga, autsayderlar hududidan uzoqlashishga urinib ko'radi. Ularning boshqa chorasi ham yo'q. Aks holda bu o'yin Kumikov uchun oxirgisi bo'lishi ham mumkin.
"Nasaf" esa "Lokomotiv"ning G'uzordagi qoqilishidan unumli foydalanib qolishga, turnir jadvalining eng yuqori cho'qqisiga chiqib olishga bor kuchini sarf etishi aniq.
Ro'ziqul Berdiev o'zining murabbiylik faoliyatini Kumikovga yordamchi sifatida boshlagani va endi ular maydonda qarama-qarshi kelishlarini kuzatish ham qiziqarli bo'ladi.

Davron Fayzievning "So'g'diyona"si esa o'tgan turda "Bunyodkor"ni ancha qiynab qo'ygan "Obod"ni sinovdan o'tkazadi. Bu to'qnashuv mezbonlar uchun ham yaxshigina sinov bo'lishini unutmaslik kerak. Rauf Inileevning katta futbolga qaytishi "Obod"ni o'yiniga mazmun, tezlik qo'shdi.

Navoiydagi muvaffaqiyatdan keyin "Buxoro" bu gal ishlari yurishmayotgan Fyodorovning "Neftchi"sini qabul qiladi. Buxorodagi bellashuv ham qiziqarliligi hamda principialligi bilan ajralib turadi. Jamoalar muhim 3 ochko uchun maydonning har bir qarichida ayovsiz "jang" qilishlariga shubha yo'q.

Kolosovskiyni istefoga chiqargan va eski qadrdon Ravshan Haydarovni jamoaga qaytargan "Paxtakor" esa "Metallurg"ni qabul qiladi.
Murabbiy almashuvi jamoaga qanday tasir ko'rsatishini esa ertaga tomosha qilamiz.

Ertangi bellashuvlar ichidan alohida bir o'yinni ajratib ko'rsatish qiyin. Barcha uchrashuvlarga bo'lgan qiziqish juda katta. O'yinlar qiymati ham ancha yuqori. Har bir ochko istalgan jamoa uchun oltinga teng, desak mubolag'a bo'lmaydi.

CHempionatimizga intriga qaytgani rost bo'lsin!
Endi stadionlarimizga muxlislar qaytishsa ancha zo'r ish bo'lardi. Futbolimizni chiroyi va shiddatini belgilab beruvchi asosiy omil bu tribunalarni to'ldiradigan ishqibozlar sanaladi.

Ertaga stadionlarimizda ajoyib muhitni yaratishda Siz aziz futbol muxlislarining xizmati katta bo'lishiga ishonamiz!


Qiziq, ertangi o'yinlardan keyin turnir jadvalida kim yakka peshqadam yoki qo'sh peshqadam bo'larkin? "Nasaf"? "Mashal"? "Dinamo"? "Navbahor"? "Qo'qon-1912"mi?

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика