So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Oliy liga. Dastlabki beshta tur sensaciyalari Yangiliklar

Oliy liga. Dastlabki beshta tur sensaciyalari

2017 yilgi oliy liga bahslarining beshta turi ortda qolib bo'ldi. CHempionatimizda bir-biridan qiziqarli va shiddatli bahslar bo'lib o'tmoqda.


Ayni paytda vodiyning ikki klubi jadvalning eng yuqori pog'onasida borayotgani, yana bir vodiy klubi esa eng so'nggi o'rinda turgani ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'lmoqda deyish mumkin. Yani bir so'z bilan aytganda bu yilgi mavsum sensacion natijalarga boy bo'lmoqda. Bunday kutilmagan natijalar muxlislar uchun ayni muddao hisoblanadi.

Demak dastlabki besh turda kuzatilgan eng sensacion o'yinlarni yodga olamiz.

1-tur
"Metallurg" - "Dinamo" 0:2
Gollar:
Davron Karimqulov 55 avtogol, Akmal Bozorov 89

Aslini olganda chempionatimiz sensaciya bilan boshlangandi. Sababi ilk turning birinchi o'yinida Bekobodning "Metallurg" klubi o'z maydonida oliy ligaga qaytgan Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qilgandi. Bu bahsda ko'pchilik mutaxassislar Bekobod jamoasi 3 ochkoni o'zida olib qolishiga shubha qilishmagandi. Sababi 2011 yildan buyon "Metallurg" bu jamoaga o'z uyida umuman yutqazmay kelayotgandi. Biroq mart oyi kashfiyoti bo'lgan "Dinamo" klubi elitaga qaytishini g'alaba bilan nishonladi. Davron Karimqulov avtogol qayd etgan bo'lsa "Dinamo" sardori Akmal Bozorovning goli bahsga yakuniy nuqtani qo'ygandi - 0:2.



3-tur
"Paxtakor" - "Dinamo" 0:1
Gol
: Radu Rogak 88.

"Dinamo" ijrosidagi navbatdagi sensacion natija Toshkentda qo'lga kiritildi. Samarqand klubi "Metallurg"dan so'ng o'z uyida "SHo'rtan"ni 3:0 hisobida mag'lub etgach ko'pchilik g'alabali seriya "Paxtakor" bilan o'yinda tugaydi deb taxmin qila boshladi. Biroq Oleg Tyulkin bosh murabbiyligidagi "arslonlar" Toshkentda ham shonli jamoaga munosib qarshilik ko'rsatishdi va so'nggi daqiqalarda xatto g'alaba golini urishga ham erishishdi. Moldovalik legioner himoyachi Radu Rogakning urgan goli "Dinamo"ga ketma-ket uchinchi g'alabani keltirdi - 0:1. Etiborlisi "sherlar" o'z maydonlarida bu jamoaga 2000 yildan buyon yutqazmay kelishayotgandi. "Dinamo" bu qora ananaga ham barham bera oldi. 



3-tur
"Buxoro" - "Obod" 0:1
Gol:
G'ayrat Umirov 62

Oliy liganing 3-turida yana bir sensaciya kuzatilgandi. O'tgan mavsum o'z muxlislari bilan barchani lol qoldira olgan "Buxoro" klubi o'z maydonida uncha buncha jamoaga ochko bermagandi. Biroq Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa o'tgan yil oliy ligaga chiqqan "Obod"ni qabul qilib kutilmaganda yutqazib qo'ydi. 7600 nafardan ko'proq muxlis kelgan bahsning ikkinchi bo'limida G'ayrat Umirov tomonidan urilgan gol "Obod"ga tarixiy g'alabani keltirdi. Sababi toshkentliklar hozirga qadar "Buxoro"ni oliy liga doirasida umuman mag'lub eta olishmagandi.


4-tur
"Mashal" - "Paxtakor" 3:0
Gollar:
Iskandar SHoyqulov 70, Kenja To'raev 80, Humoyun Murtazoev 90+4

"Paxtakor" klubi uchun bu mavsum juda ham omadsiz tarzda boshlandi desak xato bo'lmaydi. Yuqorida jamoa o'z uyida "Dinamo"ga yutqazib qo'ygani haqida malumot berdik. Keyingi turda "sherlar" Muborakda "Mashal" mehmoni bo'lishdi. Bu bahsda oddiy muxlis "Paxtakor"ning imkoniyatini yuqori baholashi aniq edi. Ammo Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "gazchilar" bu bahsda bir biridan chiroyli gollar urib yirik g'alabaga erishdi. Dastlab 70-daqiqada Iskandar SHoyqulov jarima maydoni tashqarisidan Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Oradan 10 daqiqa o'tgach Kenja To'raev o'zini ko'rsatdi. Hakam tomonidan qo'shilgan daqiqalarda Humoyun Murtazoevning goli "sherlar"ga yaxshigina tarsaki bo'ldi - 3:0. Aynan shu o'yindan so'ng "Paxtakor" rahbariyati bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiyni istefoga chiqardi.



4-tur
"Neftchi" - "Qo'qon-1912" 1:2
Gollar:
SHerzod Hakimov 63 - Filip Rayevac 19, Nosir Otaqo'ziev 79

Ushbu turda yana bir sensaciya kuzatilgandi. To'g'ri balki ko'pchilik turnir jadvaliga qarab bu natija sensaciya emas deyishi mumkin. Biroq Farg'onada "Neftchi" raqibga xatto ochko berishi ham doim kutilmagan holat deb baholanib kelgan. No'mon Hasanov boshchiligidagi jamoa vodiy derbisida ajoyib g'alabaga erishib o'z mavqelarini yaxshilab olishgandi. "Neftchi" esa aksincha o'sha mag'lubiyatdan so'ng turnir jadvalining oxirgi pog'onalariga tushishga majbur bo'lgandi. Birinchi bo'limda qo'qonliklar to'purari Filip Rayevac hisobni ochgandi. Bunga maydon egalari safida SHerzod Hakimov ikkinchi bo'lim o'rtalarida javob bergandi. Biroq uchrashuv tugashiga yaqin farg'onaliklar sobiq hujumchisi Nosir Otaqo'ziev o'zini ko'rsatib "Qo'qon-1912"ga g'alaba keltiruvchi golni urgandi - 1:2.



5-tur
"SHo'rtan" - "Lokomotiv" 2:0
Gol
: Umar Eshmurodov 17, Igor Taran 79

Beshinchi tur super sensaciyalarga boy bo'ldi. O'zbekiston chempioni va O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bu mavsumni ham ketma-ket uchta g'alaba bilan boshladi. Jamoa bu uchta o'yinda xatto o'z darvozasidan gol ham o'tkazmadi. Biroq "temiryo'lchilar" G'uzorda sensacion tarzda yutqazib qo'yishdi. "SHo'rtan" bu o'yindan oldin qoniqarsiz natijalar tufayli Aleksandr Volkovni istefoga chiqargandi. Uning o'rniga kelgan Ixtiyor Karimov jamoani ajoyib g'alaba sari etaklay oldi. "Oq bo'rilar" birinchi bo'limda Umar Eshmurodovning goli evaziga oldinga o'tib olishdi. Bahs so'nggida jamoa to'purari Igor Taran ikkinchi marta "Loko" darvozasini ishg'ol qilib G'uzor xalqiga ajoyib bayramni sovg'a qildi - 2:0.


5-tur
"Bunyodkor" - "Qizilqum" 0:1
Gol:
Ilhom Yunusov 41

SHu kuning o'zida muxlislar yana bir sensaciyaga guvoh bo'lishdi. Toshkentda O'zbekiston vice-chempioni "Bunyodkor" klubi Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qildi. Bir tur oldin "Buxoro"ga yutqazgan "Qizilqum" bunga qadar safarda "qaldirg'ochlar"ga qarshi 10ta o'yin o'tkazib 1ta durang va 9ta mag'lubiyat qayd etgandi. 2017 yilgi mavsumda jamoa tarixiy natijani qo'lga kiritdi. Birinchi bo'lim oxirida Ilhom Yunusov tomonidan urilgan gol "Qizilqum"ga sensacion 3 ochkoni keltirdi - 0:1. "Qaldirg'ochlar" ham xuddi "Loko" sinagri beshinchi turga kelibgina ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishdi. SHundan so'ng oliy ligada mag'lub bo'lmagan bitta jamoa qolgandi - "Nasaf". 



5-tur
"Olmaliq" - "Nasaf" 1:0
Gol:
Kamoliddin Murzoev 50

Yuqoridagi ikki o'yindan bir kun keyin Olmaliqda "Olmaliq" va "Nasaf" o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Dastlabki 4ta turda bir ochko olgan Viktor Kumikov shogirdlari bir tur avval "Lokomotiv"dan 0:5 hisobida mag'lubiyatni qabul qilib olishgandi. Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi bahsga jiddiy tayyorlangan olmaliqliklar mavsumdagi dastlabki 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. "Nasaf"ning sobiq hujumchisi Kamoliddin Murzoevning 50-daqiqada urgan goli "Nasaf"ning sobiq ustoziga g'alaba keltirdi - 1:0. SHunday qilib, dastlabki beshta turdan so'ng oliy ligamizda mag'lub bo'lmagan jamoaning o'zi qolmadi.



Oliy ligani kuzatishda davom eting. Unda kutilmagan va sensacion natijalar yana qayd etilishiga shubhamiz yo'q.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика