Oliy liga. Beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan jamoa "So'g'diyona"ni qabul qiladi
26 iyu 2016 18:26
Yangiliklar
Oliy liga. Beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan jamoa "So'g'diyona"ni qabul qiladi
Bugun Qarshining "Nasaf" klubi o'z uyida "So'g'diyona" bilan o'ynaydi.
Oliy liga, 14-tur. 26 iyun
NASAF - SO'G'DIYONA
Bosh hakam: Zokir Qodirov
Boshlanish vaqti: 20:00
Jadvaldagi o'rni: "Nasaf" 4-o'rinda (25 ochko), "So'g'diyona" 12-o'rinda (15 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 10 ochko
Tarif: Oxirgi paytlarda g'alaba qozona olmayotgan "Nasaf" bu safar "So'g'diyona"ni mag'lub etishga urinib ko'radi. Albatta, imkoniyatlar borasida "Nasaf" favorit, ammo "So'g'diyona" ham bo'sh kelmasa kerak. Har holda jizzaxlik futbolchilarga ham ochko juda zarur.
Fakt: "Nasaf" qatorasiga beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmay kelmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari oxirgi marta 8-turda g'alaba nashidasini surishgan. "Nasaf" oxirgi beshta uchrashuvning ikkitasida mag'lubiyatga uchrab, uch marta durang qayd etdi. "So'g'diyona" esa hozircha safardagi bahslarda 7 ochkoni qo'lga kiritgan. Jamoa ikki bor zafar quchib, bir marta durang o'ynadi.
Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (Yoshlar ligasi) bahsida qarshiliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar