Oliy liga. Beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan jamoa "So'g'diyona"ni qabul qiladi

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2016, 18:26
Bugun Qarshining "Nasaf" klubi o'z uyida "So'g'diyona" bilan o'ynaydi.
Oliy liga, 14-tur. 26 iyun
NASAF - SO'G'DIYONA

Bosh hakam: Zokir Qodirov
Boshlanish vaqti: 20:00

Jadvaldagi o'rni: "Nasaf" 4-o'rinda (25 ochko), "So'g'diyona" 12-o'rinda (15 ochko)
Ochkolar orasidagi farq - 10 ochko

Tarif:  Oxirgi paytlarda g'alaba qozona olmayotgan "Nasaf" bu safar "So'g'diyona"ni mag'lub etishga urinib ko'radi. Albatta, imkoniyatlar borasida "Nasaf" favorit, ammo "So'g'diyona" ham bo'sh kelmasa kerak. Har holda jizzaxlik futbolchilarga ham ochko juda zarur.

Fakt: "Nasaf" qatorasiga beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmay kelmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari oxirgi marta 8-turda g'alaba nashidasini surishgan. "Nasaf" oxirgi beshta uchrashuvning ikkitasida mag'lubiyatga uchrab, uch marta durang qayd etdi. "So'g'diyona" esa hozircha safardagi bahslarda 7 ochkoni qo'lga kiritgan. Jamoa ikki bor zafar quchib, bir marta durang o'ynadi.

Eslatma: Kecha bo'lib o'tgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (Yoshlar ligasi) bahsida qarshiliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia