So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Oliy Liga. Abdullaev, "Buxoro" muxlislari va birinchi turning boshqa etiborga molik voqeliklari Yangiliklar

Oliy Liga. Abdullaev, "Buxoro" muxlislari va birinchi turning boshqa etiborga molik voqeliklari

Milliy chempionatimizning navbatdagi mavsumiga ham start berildi.

Biz esa birinchi turda qayd etilgan etiborga molik voqealar bilan tanishtirib o'tamiz.

"Metallurg" o'z maydonida "So'g'diyona" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlarning 15-raqamli futbolchisi Zohid Abdullaev jamoasining ikkala goliga mualliflik qilish bilan birgalikda, mavsumning ilk golini kiritishga ham muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, "So'g'diyona" futbolchisi


"Qo'qon-1912" - "Obod" 1:0. Oliy Liga debyutanti "Obod" mavsumni mag'lubiyat bilan boshladi


Birinchi turda eng ko'p muxlis "Buxoro" - "Olmaliq" o'yiniga tashrif buyurdi. (2:0). Uchrashuvni stadiondan 18352 nafar tomoshabin kuzatib bordi. Bu birinchi tur rekordi. SHu tempda davom etamiz!


"Qizilqum" hamda "Mashal" jamoalari o'rtasidagi o'yinda (3:2) ikki futbolchi dubl qayd etdi. SHahboz Erkinovdan farqli ravishda Ilhom Yunusovning dubli jamoasiga g'alaba keltira oldi. Etiborlisi, mezbonlar 0:2 hisobida ortda qolayotib, g'alabani o'z tomonlariga og'dira oldilar


Boboev - Lushan tandemi dastlabki turda "Neftchi"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi





"Navbahor" o'z maydonida "Lokomotiv"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mezbonlarning yangi futbolchisi Oleksandr Pishur ilk o'yinida gol muallifiga aylandi. Faqat, uning kiritgan goli jamoasiga ochko keltirgani yo'q




"Nasaf" ham chempionatni "SHo'rtan" ustidan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Suratda esa Artur Gevorkyan o'tgan yilgi chempionatning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qabul qilib olmoqda




Amaldagi chempion "Paxtakor" ham ilk turda g'alaba qozona oldi. "SHerlar" dastlabki turda "Andijon"ni 2:1 hisobida taslim qilishdi 



CHempionatdagi ilk qizil kartochkani "So'g'diyona" futbolchisi Akmal Holmurodov o'z hisobiga yozib qo'ydi




Ilk avtogolga esa "Nasaf" futbolchisi SHerzod Azamov (23-raqamda) mualliflik qildi

SHuningdek, bir qancha futbolchilar yangi jamoalari tarkibida gol muallifiga aylanishdi:

Farrux SHotursunov ("So'g'diyona")

SHaxboz Erkinov ("Mashal")

Ilhom Yunusov ("Qizilqum")

Bahodir Nasimov ("Bunyodkor")

Oleksandr Pishur ("Navbahor")

Nemanya Yovanovich ("Andijon")

Mo'ydin Mamazulumov ("Navbahor") (Qizig'i shundaki, o'tgan yil birinchi davrani "Navbahor"da o'tkazgan futbolchi ikkinchi davrada "Lokomotiv" sharafini himoya qilgandi. O'tgan yilgi o'yinda "Loko" safida "lochinlar" darvozasini ishg'ol qilgan futbolchi bu yil "Navbahor" safida sobiq jamoasi "Lokomotiv" darvozasiga ham gol kirita oldi.
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика