So’nggi yangiliklar

02:40УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" - "Аталанта" 2:0, Беллингемдан заргарона ассист Мбаппедан гол  0 01:50"Реал Мадрид" – Европа Суперкубоги соҳиби! Мбаппе илк ўйинидаёқ гол урди ва соврин ютди  25 01:15Саудия Суперкубоги. "Ал Тавун" - "Ал Насср" 0:2, Роналдудан ажойиб узатмалар ва гол  0 00:30"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш билан шартномани узайтирди  0 23:46"Ал Насср" Саудия Арабистони Суперкубоги финалига йўл олди. Роналду янги мавсумдаги илк голини урди  1 23:30Карло Анчелотти: "Ёзги таътилим расво бўлди"  3 23:10УЕФА Суперкубоги. "Реал Мадрид" – "Аталанта". Бошланғич таркиблар аниқ!  20 22:40ПСЖ деярли 60 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 22:08Анвар Бердиев: "Ютишимиз ҳам, ютқазишимиз ҳам мумкин эди"  3 21:52Ҳаким Фузайлов: "Бугун икки очко йўқотдик"  2 21:30Сильванус Нимели расман янги клубга ўтди  1 21:10"Футбол олами". "Насаф" "Пахтакор"ни ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этди — Суперлиганинг 15-тури ҳақида барчаси  1 20:59Про-лига. "Хоразм" - "Шўртан" учрашувида ғолиб аниқланмади  1 20:4235 ёшли хавбек "Барса"га ўтиши мумкин?!  7 20:10"Рома" Шомуродовнинг рақобатчисини бошқа клубга юбормоқда  7

Oliy liga. 6-tur. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi Yangiliklar

Oliy liga. 6-tur. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi

Teglar :  Oliy liga6-tur
Bugun oliy liganing 6-turidan o'rin olgan to'rtta o'yin bo'lib o'tdi.

Qo'qondagi o'yinning 15-daqiqasida Ilhom Yunusov tomonidan uzatilgan to'pni Vyacheslav SHevchenko boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1.

Uzoq masofadan tepilgan to'pni Andrey Baklanov qaytarishda xatolikka yo'l qo'ydi. Darvozabondan qaytgan to'pni SHerali Jo'raev darvozaga aniq yo'lladi - 0:2. Oradan hech qancha o'tmay Vahobov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi - 0:3.

71-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Otabek Haydarovning birinchi zarbasi gol bo'ldi, biroq hakam zarba berilayotganda qoida buzilgani uchun takroriy zarba berishni talab qildi. Ikkinchi zarba esa noaniq ketdi. Uchrashuv 0:3 hisobida yakunlandi.


Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Qizilqum (Navoiy) 0:3
24 aprel 2016. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:30
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

Gollar: Vyacheslav SHevchenko 15, - 0:1 (Ilhom Yunusov). SHerali Jo'raev 62, - 0:2 (Bahriddin Vahobov). Bahriddin Vahobov 64, - 0:3 (SHerali Jo'raev)

Amalga oshirilmagan penalti: Otabek Haydarov 71 (noaniq)

“Qo'qon-1912”: 16. Andrey Baklanov (21. G'ayrat Hasanov, 66), 4. Mirjalol Qurbonov,5. Jalil Kimsanov,  6. Bahodir Akramov, 7. Otabek Zokirov, 9. Nosir Otaqo'ziev, 11. Navro'z Alimov (10. Otabek Haydarov, 51), 20. Doston Tursunov, 23. Furqat Hasanboev (17. Aziz To'xtaboev, 43), 24. Ilya Ilin, 28. Abdullox Olimov.
Zaxira: 19. Sardor Qahhorov,  29. Iqbol Malikjonov, 31. Aybek Nurboev, 33. Abdul Aziz Yusupov.

“Qizilqum”: 1. Erkin Jabborov, 5. Giorgi Kvesieshvili (14. Fayzullo Qambarov, 68), 7. Sarvar Xolmatov, 8. Akmal Rustamov (17. Otabek Narzullaev, 55), 10. Bahriddin Vahobov (70. Nodirxon Kamolov, 78), 20. Vyacheslav SHevchenko, 23. SHerali Jo'raev, 25. Aziz Usmonov, 27. Ilhom Yunusov, 33. Andrey Derkach, 99. Alisher Yusupov.
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 9. G'ayrat Jumaev, 18. Samandar SHodmonov, 91. Elyor Akbarov.

Ogohlantirishlar: Navro'z Alimov 12, Akmal Rustamov 39, Jalil Kimsanov 57, G'ayrat Hasanov 75, Aziz To'xtaboev 86.


Olmaliqdagi o'yinning 4-daqiqasida hisob ochildi. Mezbonlar yarim himoyachisi Zohir Pirimovning pasidan so'ng Arslonmurod Omonov "Navbahor" darvozasini ishg'ol qildi - 1:0.

23-daqiqada Farhod Tojiev ikkinchi bor mehmonlarni ranjitdi - 2:0.  65-daqiqada Pishurning pasidan so'ng Anvar Rajabov hisobni qisqartirdi - 2:1.

SHunday qilib, "Olmaliq" o'z maydonida ketma-ket ikkinchi o'yinda g'alabaga erishdi. Bundan oldin jamoa o'z uyida "Metallurg"dan ustun kelgandi. "Navbahor" esa bu mavsumda safardagi uchinchi o'yinda ham mag'lub bo'ldi.


Olmaliq (Olmaliq) – Navbahor (Namangan) 2:1
24 aprel 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 17:00
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: SH. Rajabov.

Gollar: Arslonmurod Omonov 4, - 1:0 (Zohir Pirimov). Farhod Tojiev 23, - 2:0 (Nikita Pavlenko). Anvar Rajabov 65, - 2:1 (Oleksandr Pishur).

"Olmaliq": 35.Nikita SHkvirin, 3.Saidkomil Akbarov, 5.Evgeniy Gogol, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 7.Arslonmurod Omonov, 10.Farhod Tojiev (22.Ro'zimboy Ahmedov, 77), 11.Zohir Pirimov (18.Sunnatilla Abdullajonov, 81), 14.Doniyor Ismoilov (77.Diyor Turopov, 63), 17.Muhammad Isaev, 19.Islom Inomov, 27.Nikita Pavlenko.
Zaxira: 16.Umid Xonimqulov, 8.Yaroslav Martinyuk, 20.Darko Stanoevich, 24.Ruslan Vagapov.

"Navbahor": 25.Akmal Ortiqov, 3.Aziz G'ulomxo'jaev, 7.Akram Baxritdinov (70.Alibobo Rahmatullaev, 78), 9.Dilshod Jabborov, 11.Mo'ydin Mamazulumov (22.Sardor Azimov, 46), 13.CHoy Xyun Xeon (18.Anvar Rajabov, 46), 15.Obid Jo'raboev, 21.Azam Aliev, 29.Igor Golban, 33.Tohir SHamsiddinov, 77.Oleksandr Pishur.
Zaxira: 12.Aleksandr Korneychuk, 2.Hasan Asqarov, 8.Sanjar Asqaraliev, 10.Alisher Mahmudov.

Ogohlantirishlar: Azam Aliev 44, Akmal Ortiqov 46, Islom Inomov 64, Tohir SHamsiddinov 65, Obid Jo'raboev 85.


G'uzordagi uchrashuvning 8-daqiqasida "Lokomotiv" jamoasi hisobni ochdi. Temur Kapadze himoyachilarni aldab o'tib "SHo'rtan" darvozasi tomon zarba yo'lladi. Uning zarbasi darvoza to'siniga tegib astagina "SHo'rtan" darvoza chizig'ini kesib o'tdi - 0:1. Dastlabki bo'limda boshqa gol urilgani yo'q.

77-daqiqada chap qanotdan jamoadoshlaridan to'pni qabul qilgan Jeparov Qoraev va Tojiboevni aldab o'tib gol urdi - 0:2. Qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi va "Lokomotiv" G'uzordan g'alaba bilan qaytdi.


SHo'rtan (G'uzor) – Lokomotiv (Toshkent) 0:2
24 aprel 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 17:00
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Gollar: Temur Kapadze 8, - 0:1 (Server Jeparov). Server Jeparov 77, - 0:2 (Sardor Mirzaev)

"SHo'rtan": 1.Eldor Tojiboev, 3.Hasanboy Ergashev, 5.Botir Qoraev, 6.Abbos Omonov (19.Marufxon Murodov, 87), 7.Olim Karimov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 9.Igor Taran (23.Yusuf Bo'riev, 81), 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 22.Laziz Ubaydullaev, 25.Asror Aliqulov (11.Zafar Polvonov, 81).
Zaxira: 12.Farrux Turdaliev, 10.Kenja To'raev, 21.Sardor Rasulov, 29.Mirmuhsin Sattorov.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 52), 15.Sardor Mirzaev (22.Sanjar SHoahmedov, 80), 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze (28.Ikrom Aliboev, 40), 33.Oleg Zoteev, 37.SHerzod Fayziev, 44.Sergey Proxorov, 77.Jasur Hasanov.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 7.Sadriddin Abdullaev, 21.Doniyor Usmonov, 29.Quvondiq Ro'ziev.

Ogohlantirishlar: Temur Kapadze 30, SHerzod Fayziev 41, Server Jeparov 73 


Buxoroda o'yinning 9-daqiqasida SHarof Muhiddinovning burchakdan uzatib bergan to'pini SHerzod Azamov boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi - 0:1. Birinchi 45 daqiqalikda boshqa gol urilmadi.

48-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Ruslan Melziddinov tomonidan amalga oshirilgan 11-metrlik jarima zarbasi noaniq chiqdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida mehmonlar hujumchisi Azamat Allaniyozov gol urdi - 0:2.


Buxoro (Buxoro) – Nasaf (Qarshi) 0:2
24 aprel 2016. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gollar: SHerzod Azamov 9, - 0:1 (SHarof Muhiddinov). Azamat Allaniyozov 90, - 0:2

Amalga oshirilmagan penalti: Ruslan Melziddinov 48 (noaniq)

"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 8.Salamat Qutiboev, 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov (19. Jasur Hasanov, 46), 16.Artyom Filiposyan, 23.Aleksandr Merzlyakov, 61.Aziz Ibragimov (18. Bahodir Pardaev, 74), 85.Ruslan Melzetdinov, 87.Alisher Sanoev (7. Suhrob Nematov, 78), 93.Maksimilian Fomin, 97.Kamoliddin Murzoev.
Zaxira: 30. Asilbek Omonov, 3. Sardor Rahmonov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 21. Pavel Smolyachenko.

"Nasaf: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 23.SHerzod Azamov, 6.Azizjon G'aniev (27. Islom Rashidxonov, 90+5), 7.SHuhrat Muhammadiev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 18.Bahrom Abdurahimov (38. Doniyor Narzullaev, 90+1), 14.SHarof Muhitdinov, 21.Azamat Allaniyozov, 31.Saydullo Rahmatov, 45. Bobur Abduxoliqov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 16.Dilshod Xushbakov, 19. Deyan Bolevich, 29. Akbar Murodov, 42. Najmiddin Normurodov.

Ogohlantirishlar: SHerzod Azamov 47, Aziz Ibragimov 52, Salamat Qutiboev 90+1, Aleksandr Merzlyakov 90+3, Azamat Allaniyozov 90+3, Ruslan Melziddinov 90+3.


Oliy liga. 6-tur. Musobaqa jadvali


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика