So’nggi yangiliklar

08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  0 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  1 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  0 02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  1 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  2 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  8 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  8 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  2 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  23 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0

Oliy liga. 21-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 21-tur ramziy terma jamoasi

9 va 10 sentyabr kunlari oliy ligada 21-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra yakunlangan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon
Sanjar Quvvatov "Nasaf"

Darvozaga "Nasaf" posboni Sanjar Quvvatovni qo'yishga qaror qildik. Sababi "Buxoro" bilan turning markaziy o'yinida Quvvatov o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.



Himoyachilar
Murodjon Toshmatov "Metallurg"
Qahramon Bahodirov "So'g'diyona"
Akmal SHorahmedov "Bunyodkor"


"Metallurg" vakili Murodjon Toshmatov "Paxtakor" bilan bahsda juda faol o'ynadi. Aynan u uchrashuvdagi hisobni ochdi. Bundan tashqari ikkinchi gol urilishida Toshmatov golli pas berdi.

"So'g'diyona" himoyachisi Qahramon Bahodirov "Andijon" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushib qahramonga aylandi. Futbolchi zaxiradan o'yinga qo'shilganiga 2 daqiqa ham bo'lmay raqib darvozasini ishg'ol qildi, yakunda aynan uning goli "So'g'diyona"ga g'alaba keltirdi.

"Bunyodkor" sardori Akmal SHorahmedov "Obod" bilan o'yinda yaxshi o'ynadi. O'z qanotda himoyada ishlarini bajarishdan tashqari hujumga ham o'tib turdi. Aynan uning pasidan keyin Sato Minori gol urishga erishdi.



Yarim himoyachilar
Mirzakamol Kamolov "Mashal"
Ognen Krasich "Nasaf"
Sato Minori "Bunyodkor"
Javohir Esonqulov "Metallurg"


"Mashal" yarim himoyachisi Mirzakamol Kamolov davralar oralig'ida klub safiga qo'shilgandi. Futbolchi "Neftchi" bilan o'yinda Humoyun Murtazoev va Kenja To'raevga golli paslar berdi.

"Nasaf" tarkibiga yozda kelib qo'shilgan serbiyalik yarim himoyachi Ognen Krasich jamoa o'yiniga tezda qo'shilib keta oldi. Futbolchi "Buxoro" bilan o'yinda jamoadoshlariga uchta golli pas berib 21-tur qahramonlaridan biriga aylandi.

Ramziy terma jamoadagi yana bir legioner futbolchi "Bunyodkor"ning yaponiyalik yarim himoyachisi Sato Minori bo'ldi. Futbolchi "Obod" bilan o'yinning boshida penalti ishladi, bahs davomida o'zi ham gol urishga erishdi.

"Metallurg"ning yosh futbolchisi Javohir Esonqulov "Paxtakor" bilan o'yinda juda faol o'ynadi va raqib himoyachilariga tinchlik bermadi. 1997 yilda tug'ilgan futbolchi o'z ustida ishlashdan to'xatamas hali ko'p ramziy terma jamoadan o'rin oladi.



Hujumchilar
Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv"
Otabek Haydarov "Qo'qon-1912"
SHahboz Erkinov "Nasaf"


Oliy liga to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov "SHo'rtan" bilan bahsda gol ura olmadi. Lekin juda faol bo'ldi va ikkita golga pas berdi.

"Qo'qon-1912" hujumchisi Otabek Haydarov Navoiyda "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

"Nasaf"ning ramziy terma jamoadan o'rin olgan yana bir futbolchisi bu SHahboz Erkinov bo'ldi. O'tgan turda faoliyatidagi 100-golini urishga erishgan hujumchi "Buxoro" bilan o'yinda ham o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика