So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

Oliy Liga – 2016. “Nasaf” jamoasining statistikasi Yangiliklar

Oliy Liga – 2016. “Nasaf” jamoasining statistikasi

Teglar :  NasafOliy liga
“Nasaf” jamoasi XXV O'zbekiston chempionatini 3-o'rinda yakunladi.

SHunday qilib jamoa o'z tarixida 10 karra (2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016 yillar)  bronza medali sohibi bo'ldi. Bu yutuq ketma-ket to'rtinchi marta qo'lga kiritildi.
 
Bu yilgi chempionatda jamoa ishtirokidagi o'tgan 30 uchrashuvning 19tasida g'alaba, 6 uchrashuvda durang va 5 uchrashuvda mag'lubiyat qayd etildi. Jami 63 ochko qo'lga kiritildi. “Bunyodkor” jamoasi bilan o'tkazilgan o'zaro uchrashuv hisobiga asosan, jamoa joriy chempionatda 3-o'rin bilan kifoyalanlandi.
 
CHempionat davomida murabbiylari 27 nafar futbolchi xizmatidan foydalanishdi. Eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Bahrom Abdurahimov tengsiz bo'ldi. U 27 uchrashuvda maydonga tushib, 2168 daqiqa harakat qildi.
 
“Nasaf” jamoasi futbolchilari bu yilgi chempionatda jami raqiblar darvozasini 60 marta ishg'ol qilishdi va o'z darvozalaridan 24ta to'p olib chiqishdi. Ushbu gollarning 34tasi uy uchrashuvlarida, 26tasi safar uchrashuvlarida kiritildi. O'tkazilgan gollarning 8tasi uy uchrashuvlariga, 16tasi safar uchrashuvlariga to'g'ri keladi. Bo'lib o'tgan 30ta uchrashuvning 13tasida darvozabonlari o'zlari qo'riqlagan darvoza dahlsizligini saqlab qolishdi.
 
O'z maydonida o'tkazilgan uchrashuvlardagi natijalar:
 
G'alaba – 13
Durang – 1
Mag'lubiyat – 1
 
Safarda o'tkazilgan uchrashuvlardagi natijalar:
 
G'alaba – 6
Durang – 5
Mag'lubiyat – 4
 
Darvozabonlardan Eldor Suyunov 18 uchrashuvda darvozani qo'riqladi. Sanjar Quvvatov esa 12 uchrashuvda maydonga tushdi.
 
Bu yilgi chempionatda gol urgan futbolchilar:
 
Dragan CHeran – 12(1)
 
SHaxboz Erkinov – 7(1)
 
Azamat Allaniyozov – 5
 
Bobir Abduxoliqov – 4
 
Islom Rashidxonov, Igor Golban, Farruh Sayfiev, Ognen Krasich – 3tadan
 
Fozil Musaev, Maqsud Karimov, SHerzod Azamov, Ilhom SHomurodov, Deyan Bolevich, Erkin Boydullaev, Artur Gevorkyan – 2tadan
 
Dilshod Rahmatullaev, Bahrom Abdurahimov, Ildar Mamatkazin, SHarof Muhitdinov, Odil Hamrobekov – 1tadan.
 
“Metallurg” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda Hikmat Hoshimov avtogol muallifi bo'lgan.
 
Etiborli tomoni, ikkinchi davradan safga qo'shilgan serbiyalik hujumchi Dragan CHeran nafaqat jamoa to'purari, balki 12ta golga hammualliflik ham qildi.
 
SHuningdek darvozadan o'tkazib yuborilgan gollarning ikkisiga SHerzod Azamov ham “muallif” bo'ldi (“Nasaf” – “SHo'rtan” 2:1, “Nasaf” - “Olmaliq” 2:1).
 
Jamoa tarkibida maydonga tushgan eng yosh o'yinchi Azizjon G'aniev bo'ldi (18 yosh). Eng yoshi katta o'yinchilar esa  Ilhom SHomurodov, Erkin Boydullaev va Artur Gevorkyanlar bo'lishdi (32 yosh).
 
“Nasaf” jamoasi bu yilgi chempionatda 3 marta penaltidan gol kiritdi. Yani birinchi davrada 1ta va ikkinchi davrada 2ta. Birinchi davradagi penaltini Artur Gevorkyan, ikkinchi davradagi penaltilarni SHaxboz Erkinov va Dragan CHeranlar golga aylantirishgan.
 
CHempionat davomida “Nasaf” darvozasiga jami 6ta penalti beligilandi. SHulardan 3tasini raqib jamoa o'yinchilari golga aylantirgan bo'lishsa, 3tasini noaniq amalga oshirishib, imkoniyatdan foydalana olishmagan.
 
Jamoaning bu yilgi chempionatda qayd etgan eng yirik hisobdagi g'alabasi 6:0 hisobi bo'ldi (“Nasaf” – “Navbahor” 6:0). O'tkazilgan uchrashuvlarning 6tasida jamoa raqiblarini 3:0 hisobida ham mag'lub etishgan. “Nasaf”ning bir o'yinda o'z darvozasidan o'tkazib yuborgan gollari soni 3taga teng bo'ldi, bu holat safardagi uchrashuvlarda qayd etildi (“Qizilqum” – “Nasaf” 3:3, “Lokomotiv” – “Nasaf” 3:2).
 
CHempionat davomida o'yinchilarga 39 marta sariq kartochka ko'rsatildi. Sariq kartochka bo'yicha eng ko'p jazolangan o'yinchi Farruh Sayfiev bo'ldi (5ta). O'yinchilarga 1 marta qizil kartochka ko'rsatildi. Birinchi davrada tarkibda harakat qilgan Artur Gevorkyan ushbu yagona qizil kartochka sohibi bo'lgan.
 
“Nasaf”ning o'z maydonida o'tkazgan “Nasaf” – “Paxtakor” 2:1 uchrashuviga eng ko'p -7898 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.
 
Safardagi bo'lgan “Buxoro” - “Nasaf” 0:2 uchrashuvini 24105 nafar muxlis stadionda tomosha qildi. Bu chempionatdagi eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin sifatida qayd etildi. Bu yilgi chempionatda jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni jami 144561 nafar muxlislar tomosha qilishdi.
 
Jamoaning bu yilgi mavsumdagi o'yinlarini oylar bo'yicha tahlil qilinsa, eng yaxshi natijalari aprel va avgust oylarida qayd etildi, aprel oyida “ajdarlar” 5ta uchrashuvda 4ta g'alabasini, avgust oyida esa 5ta uchrashuvning barchasida g'alabasini nishonlashdi. Mag'lubiyatlar may, iyun, iyul va oktyabr oylarida kuzatildi.
 
"Nasaf" jamoasi bu yilgi chempionatni 6 martda boshlab,  23 noyabrda tugatdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика