Nega? "Bryugge"ning 22 yoshli futbolchisi MYUga "yo'q" dedi
25 iyu 12:06
Yangiliklar


Nega? "Bryugge"ning 22 yoshli futbolchisi MYUga "yo'q" dedi
Ardon Yashari "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlamadi.
Daily Mail nashri Het Laatste Nieuws'ga tayanib xabar berishicha, "Bryugge"ning tayanch yarim himoyachisi mankunianlar va "Fulxem"dan kelgan takliflarni rad etgan. U MYUni barqaror natija ko'rsata olmaydigan klub deb hisoblaydi, ikkinchisi esa uning ambiciyalariga to'g'ri kelmaydi.
Takidlanishicha, 22 yoshli shveycariyalik futbolchiga "Manchester Siti", PSJ, "Vest Xem", "Atalanta", "Bayer" va "Napoli" qiziqish bildirmoqda, biroq favorit sifatida "Milan" ko'rilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar