So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Oliy liga-2016. Ikkinchi davraning eng foydali transferlari Yangiliklar

Oliy liga-2016. Ikkinchi davraning eng foydali transferlari

2016 yilgi oliy ligamiz yakunlariga oid maqolalarimizni davom ettiramiz. Bu safar klublarimiz tomonidan davralar oralig'ida amalga oshirgan eng foydali transferlar haqida so'z yuritamiz.


DARKO GOJKOVICH
Klubi –
“Qo'qon-1912”
Ampluasi –Himoyachi
Fuqaroligi – Serbiya
Ikkinchi davradagi natijasi – 14ta o'yin, 1ta gol.

Serbiyalik Darko Gojkovich “Qo'qon-1912” safiga yozda qo'shildi. U qo'qonliklarning  himoyadagi muammolarini echish uchun jamoaga kelgandi. “Qo'qon-1912” oliy ligada qolishga erishdi, demak Gojkovich jamoa oldidagi vazifani bajardi. Futbolchi “Mashal”ga qarshi bahsda raqib darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Gojkovich bilan birga jamoaga kelgan Nikola Valentich ham jamoaning g'alabalariga xissa qo'shganini takidlash lozim.



ANVAR G'OFUROV
Klubi – “
Obod”
Ampluasi – Himoyachi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 15ta o'yin, 1ta gol.

Bir necha yildan buyon “Bunyodkor”da o'ynab kelgan tajribali himoyachi yozda oliy liga debyutanti “Obod” klubiga ko'chib o'tishga qaror qildi. Sababi G'ofurov birinchi davrada “qaldirg'ochlar” safida faqat 2ta o'yinda ishtirok etgandi. “Obod”da esa u asosiy himoyachiga aylandi. Uning tajribasi jamoadagi yoshlarga o'rnak bo'ldi va yakunda jamoa oliy ligadagi o'z o'rnini saqlab qolishga erishdi. G'ofurov “Neftchi” bilan bahsda raqib darvozasiga gol urishga ham erishdi.   

SUHROB BERDIEV
Klubi –
“Qo'qon-1912”
Ampluasi – Yarim himoyachi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 15ta o'yin, 3ta gol.



Joriy yilni “Paxtakor” tarkibida boshlagan Suhrob Berdiev yozda “Qo'qon-1912”ga o'tdi. Futbolchi qo'qonliklar safida o'zini juda yaxshi tomonlama ko'rsatishga erishdi. Berdiev “Nasaf”, “Metallurg” va “Olmaliq” bilan o'yinlarda raqib darvozabonlarini ranjitdi. Bundan tashqari sheriklari gol urishiga ham 3 marta yordam berdi va golli pas oshirdi. Bir so'z bilan aytganda Suhrob Berdiev “Qo'qon-1912”ga o'tib yangilshgani yo'q.

ABDUMALIK ABDULLAEV
Klubi –
“Navbahor”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 15ta o'yin, 4ta gol.

Oliy ligada ko'plab klublarda o'ynab chiqqan Abdumalik Abdullaev bu yil ikkita jamoa sharafini himoya qildi. Dastlabki davrani “Andijon”da o'tkazgan hujumchi 6ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi. Yozda u vodiyning boshqa bir klubi “Navbahor”ga o'tdi. 15ta uchrashuvda ishtirok etgan Abdullaev 4ta gol urdi. U “Olmaliq”, “Qo'qon-1912”, “Metallurg” va “Bunyodkor” bilan o'yinlarda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Abdumalik o'zi va jamoasining eng muhim golini Toshkentda “Bunyodkor” bilan bahsda urdi desak yanglishmaymiz. O'sha o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi va “Navbahor” aynan shu durang tufayli yakunda o'tish o'yini orqali oliy ligada qolishga erishdi.

JAVOHIR SIDIQOV
Klubi
– “Qo'qon-1912”
Ampluasi – Yarim himoyachi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 14ta o'yin, 2ta gol.

O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlarida ishtirok etgan Javohir Sidiqov bu yil “Paxtakor” safida oliy ligada debyut qildi. Biroq birinchi davrada 2ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi xolos. Davralar oralig'ida No'mon Hasanov futbolchini “Qo'qon-1912”ga chaqirdi. Hali 20 yoshga to'lmagan yarim himoyachiga ishonch bildirdi va Sidiqov 14ta o'yinda maydonga tushdi. Javohir “SHo'rtan” va “Olmaliq” bilan o'yinlarda gol urishga erishdi mavsum mavsumni yuqori kayfiyatda tugatdi.



SHAHBOZ ERKINOV
Klubi –
“Nasaf”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 12ta o'yin, 7ta gol.

Tajribali hujumchi SHahboz Erkinov bu yilgi Muborakning “Mashal” klubida boshladi. Bu jamoadagi faoliyati u qadar yomon ketmayotgandi. 14ta uchrashuvda 4ta gol urishga erishgan hujumchiga yozda “Nasaf”dan taklif tushdi. Erkinov Qarshi jamoasida 12ta bahsda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 7ta gol urdi. Hujumchi “Ajdarlar” safida “Qo'qon-1912” va “So'g'diyona” bilan o'yinlarda dubl rasmiylashtirdi. Qizig'i jamoaga ikkinchi davrada kelgan CHeran 12ta gol bilan to'purar bo'ldi, Erkinov esa bu borada ikkinchi bo'ldi. Demak “Nasaf”ning ikkinchi davradagi xaridlari jamoaga juda foydali bo'ldi.

ERKIN BOYDULLAEV
Klubi
– “Qizilqum”
Ampluasi – Yarim himoyachi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 15ta o'yin.

Tajribali tayanch yarim himoyachisi Erkin Boydullaev yozda “Nasaf”dagi bir necha yillik faoliyatini yakunlab Navoiyning “Qizilqum” klubiga ko'chib o'tdi. Futbolchi yangi klubda darhol jamoa sardori etib tayinlangani ko'pchilikning etiborini tortdi. Boydullaev maydonda haqiqiy etakchi bo'lgani uchun shunday qaror qabul qilingan bo'lsa ajab emas. Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar Boydullaevni 15ta o'yinning barchasida maydonga tushirishdi. Boydullaev “Obod” bilan o'yinda ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etdi.



IXTIYOR TOSHPO'LATOV
Klubi –
“So'g'diyona”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 13ta o'yin, 5ta gol.

“Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Ixtiyor Toshpo'latov birinchi davrada 5tagina o'yinda maydonga tushgani uchun yozda “So'g'diyona”ga ijara asosida o'tishga qaror qildi. Bu qaror o'zini to'la oqladi deyish mumkin. Toshpo'latov Jizzax klubi safida bir nechta muhim gollar urishga erishdi. Uning gollari “Neftchi” va “Olmaliq”ning mag'lubiyatini taminladi. “Mashal” bilan bahsda ham to'p kiritdi va o'yin 1:1 hisobida tugadi. “Obod” esa 2:1 hisobida taslim qilindi. Umuman olganda 13ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi “So'g'diyona” safida 5ta gol urdi.

FOZIL MUSAEV
Klubi –
“Nasaf”
Ampluasi – Yarim himoyachi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 15ta o'yin, 2ta gol.

Eronning “Sepaxon” klubida faoliyat olib borgan Fozil Musaev yozda yurtimizga qaytishga qaror qildi. Yarim himoyachi Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” safiga qo'shildi. Bir necha yil oldin Musaev aynan shu jamoa sharafini himoya qilgan edi. Qarshilik muxlislar Gevorkyan va Boydullaev kabi tajribali yarim himoyachilar jamoani tark etgach ularning o'rnini kimlar to'ldiradi degan xavotirda edilar. Berdiev markazni aynan Musaevga ishonib topshirdi. Fozil ikkinchi davrada “Nasaf”ning barcha o'yinlarida ishtirok etdi va 2ta gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Musaev “Obod” va “So'g'diyona” bilan bahslarda to'p kiritdi.



NEMANYA YOVANOVICH
Klubi
– “Qizilqum”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – Serbiya
Ikkinchi davradagi natijasi – 16ta o'yin, 8ta gol.

O'tgan yil “Olmaliq”da, bu yil birinchi davrada “Andijon”da o'ynagan serbiyalik legioner Nemanya Yovanovich to'purariligi bilan muxlislar etiborini qozondi. Yozda hujumchi Navoiyning “Qizilqum” klubiga ko'chib o'tdi. Birinchi davrada 5ta gol urgan Nemanya ikkinchi davrada ham gol urishdan to'xtab qolmadi. U “Qizilqum” safida 16ta uchrashuvda jami 8ta gol urishga erishdi. Yovanovich “Olmaliq” va “So'g'diyona” bilan o'yinlarda ikkitadna to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. 

IGOR GOLBAN
Klubi
– “Nasaf”
Ampluasi – Himoyachi
Fuqaroligi – Rossiya
Ikkinchi davradagi natijasi – 14ta o'yin, 3ta gol.

Maqolamizda “Nasaf” klubidan yana bir futbolchi bu – Igor Golban. Rossiyalik himoyachi mavsumni “Navbahor”da boshlagandi. Yozda Golban jarohatlar tufayli himoyada muammolarga duch kelgan “ajdarlar” tarkibiga borib qo'shildi. Himoyachi “Nasaf” safida 15ta o'yinning 14tasida maydonga tushib to'liq o'ynadi. Faqatgina sariq kartochkalari to'planib qolgani bois 30-turda diskvalifikaciya tufayli ishtirok eta olmadi. Rossiyalik futbolchi himoyada ishonchli o'ynashdan tashqari hujumda ham sheriklariga yordam berishni kanda qilmadi. Golban “Paxtakor”, “Navbahor” va “Neftchi” bilan o'yinlarda to'p kiritishga erishdi.



KENJA TO'RAEV
Klubi
– “Mashal”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – O'zbekiston
Ikkinchi davradagi natijasi – 12ta o'yin, 7ta gol.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo chempionatida vice-chempion bo'lgan, 2009 yil Misrdagi Jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Kenja To'raev bir necha mavsum jarohatlar tufayli “Nasaf”da o'zini yorqin namoyish eta olmadi. Bu yilni u G'uzorning “SHo'rtan” klubida boshladi. Biroq 8ta uchrashuvda 1ta gol urgan To'raev yozda Qashqadaryoning yana bir klubi bo'lgan “Mashal”ga o'tdi. Aytish kerakki bu o'tish futbolchi uchun ham, klub uchun ham foydali bo'ldi. Sababi Kenja oliy ligadagi faoliyatida birinchi marta aynan “Mashal” safida bir o'yinda uchta gol urib xet-trikka erishdi. 23-turda “Andijon” bilan uchrashuvda hujumchi shunday natija qayd etdi va jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi. Qiziq tomoni To'raev gol urgan o'yinlarda “gazchilar” umuman mag'lub bo'lishmagan: “Bunyodkor” va “So'g'diyona” bahslar 1:1 hisobida tugagan. “Neftchi” 2:1 hisobida taslim qilingan. “Burgutlar” 5:0 hisobida tor-mor etilganini yozdik. Nihoyat “Obod” bilan uchrashuvda aynan Kenja To'raevning yagona goli Muborak klubiga g'alaba keltirgan.



VADIM CHEMIRTAN
Klubi –
“Buxoro”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – Moldova
Ikkinchi davradagi natijasi – 11ta o'yin, 8ta gol.

“Buxoro” yozda o'z tarkibiga Vadim CHemirtan ismli hujumchini qo'shib oldi. Ko'pchilik muxlislar navbatdagi “keldi-ketdi” legionerlardan biri shekilli deb fikr yuritdi. Biroq CHemirtan buning aksi ekanligini dastlabki o'yinlardan isbotlay boshladi. U “Qo'qon-1912” va “Andijon” bilan o'yinlarda ketma-ket gol urdi. “So'g'diyona” bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi. Uning eng muhim goli “Lokomotiv” bilan bahsda urildi. Sababi yakunda chempionlikka erishgan “temiryo'lchilar” CHemirtanning goli tufayli Buxoroda imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Hujumchining bittagina kamchiligi sifatida ko'p sariq kartochka olishini aytish mumkin.11ta o'yinda 5ta sariq kartochka hujumchi uchun albatta ko'p. To'rtta sariq kartochka olganidan so'ng u “Neftchi” bilan safardagi bahsda ishtirok eta olmadi.



DRAGAN CHERAN
Klubi –
“Nasaf”
Ampluasi – Hujumchi
Fuqaroligi – Serbiya
Ikkinchi davradagi natijasi – 13ta o'yin, 12ta gol.

Davralar oralig'ida “Nasaf” safiga serbiyalik hujumchi ikkinchi davraning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Sababi CHeran Ro'ziqul Berdievning ishonchini to'la oqlab deyarli barcha o'yinda o'z hisobiga gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Oliy ligada 13ta o'yinda maydonga tushgan Dragan 4tagina bahsda gol ura olmadi xolos. Qolgan barcha o'yinlarda raqiblar CHeranning zarbasidan aziyat chekishdi. Serbiyalik oliy ligadagi debyut uchrashuvini “SHo'rtan”ga qarshi o'tkazdi va gol urishga muvaffaq bo'ldi. CHeran “Metallurg”, “Navbahor” hamda “Neftchi” bilan o'yinlarda dublga erishdi. Hujumchi faqat gol urish emas sheriklariga golli pas oshirishda ham ancha faol bo'ldi hamda beshdan ortiq gollarda ishtirok etdi. Uning gollari “Nasaf”ga navbatdagi bronza medalini hamda OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishida yordam berdi. CHeranning o'zi yarim yil o'ynagan bo'lsa ham bu mavsum jamoasining to'purariga aylandi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика