So’nggi yangiliklar

22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  1 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  1 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  8 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  2 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  8 18:39"Манчестер Сити"да мавсумнинг энг яхши футболчиси аниқланди  6 18:10Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Илк ҳиссиётлар ва саралаш босқичи ҳақида  40 17:45Бошкович бир неча бор жаримага тортилди, Дориев, Зотеев ва Одиловга интизомий чора кўрилди — Тартиб-интизом қўмитаси қарорлари  8 17:08"Манчестер Юнайтед" ўз футболчисини Осимхен шартномасига қўшишга тайёр  1 16:39Пике "Олтин тўп" учун асосий фаворитларни айтиб ўтди  41

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Teglar :  Olmaliq
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun chempionatda 6-o'rinni band etgan "Olmaliq" haqida so'z yuritamiz.

Mavsum
"Olmaliq" chempionat startini ajoyib boshlagandi. Ilk turda amaldagi chempion "Paxtakor" bilan Toshkentda durang qayd etilgan. Keyin "Nasaf" va "Andijon" mag'lub etilgan. SHu tariqa jamoa 3-turdan so'ng peshqadam bo'lib olgandi. Biroq keyin mag'lubiyatlar, ochko yo'qotishlar boshlandi. Yozgi tanaffusga jamoa 6-o'rinda chiqib ketdi. Ikkinchi davrada "Olmaliq" kuchli raqiblarni enga olmadi, faqat "Bunyodkor" va "Neftchi" bilan durang o'ynadi. O'zidan pastdagi jamoalarni taslim qilib ochkolar jamg'argan jamoa mavsumni ham aynan 6-o'rinda tugatdi.



Murabbiy
Igor SHkvirin "Olmaliq" murabbiyi sifatidagi sakkizinchi mavsumini o'tkazdi. Murabbiy bu yil bir qator tajribali va yosh futbolchilarni jamoaga jalb qildi. Statistikaga murojaat qilsak SHkvirin zaxiradan maydonga tushirgan 9 nafar futbolchi gol urishga erishdi. Bu uning zaxiradan qanchalik unumli foydalana olishidan darak beradi.



Etakchi
Arslonmurod Omonov

Turkmanistonlik legioner bir mavsumning o'zida jamoada etkachi bo'la oldi. Universal futbolchi qanotlarda ham, markazda ham o'ynay oladi. U O'zbekiston chempionatidagi debyut mavsumida 5ta gol urdi va 10ga yaqin golli pas oshirdi. Agar 25 yoshli futbolchi keyingi yil ham "Olmaliq"da o'ynasa yanada yaxshiroq o'ynashi mumkin. 



Kashfiyot
Doniyor Ismoilov

1994 yilda tug'ilgan hujumchi bu yil oliy ligada debyut qildi. Debyut ajoyib bo'lgan. G'uzorda "SHo'rtan" bilan o'yinning 87-daqiqasida hisob mezbonlar foydasiga 3:2 bo'lib turganida Isomilov zaxiradan maydonga tushgan. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada 21 yoshli Doniyor oliy ligadagi ilk o'yinida o'zining dastlabki golini urib "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. So'nggi turda "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan futbolchi 90+3-daqiqada to'p kiritib "Olmaliq"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 



Eng yaxshi o'yin
"Olmaliq" - "Nasaf" 2:0

Oliy liganing 2-turida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi "Olmaliq" klubi mehmoni bo'lgandi. O'shanda qarshiliklar OCHLda uchta va oliy ligada bitta o'yinda ishtirok etib bo'lishgandi. "Olmaliq" esa faqat bitta uchrashuv o'tkazgandi. SHunga qaramay SHkvirin boshchiligidagi jamoa "ajdarlar"ni 2:0 hisobida taslim qilishga erishgandi.



Eng yaxshi futbolchi
SHavkat Salomov

Yarim himoyachi "Olmaliq"da ajoyib o'yin namoyish eta oldi. Futbolchi 28ta o'yinda 8ta gol urdi va 10dan ortiq golli pas oshirdi. U "Buxoro" bilan bahsda dublga erishdi. Mavsum davomida ketma-ket to'rtta o'yinda maydonni golsiz tark etmadi. Serbiyalik legioner Nemanya Yovanovich ham yaxshi nomiga loyiq edi. Biroq u birinchi davrada atiga 2ta gol urdi. Faqat 18-turdan so'ng ketma-ket gollar urdi va 9ta gol bilan jamoa to'purariga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amp Tug'.sana O'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK   
QK   
Omonov Arslonmurod Yahm 28.03.1990 30 1699 5 3 0
Salomov SHavkat Yahm 13.11.1985 28 2462 8 8 0
Yovanovich Nemanya Huj 03.03.1984 28 2380 9 6 0
Inomov Islom Him 30.05.1984 27 2347 2 7 0
Qutiboev Salamat Yahm 21.05.1986 27 2183 5 8 0
Gogol Evgeniy Him 20.01.1986 26 2210 2 5 3
Pirimov Zohir Yahm 06.03.1990 24 1580 2 0 0
Abdumo'minov Jahongir Huj 09.02.1993 24 1509 4 7 0
Pavlenko Nikita Yahm 25.02.1994 24 1381 3 1 0
O'runov G'ulom Yahm 07.06.1989 23 1092 2 1 0
Jo'raev Sahob Him 19.01.1987 21 1385 0 5 1
Xonimqulov Umid Dar 17.08.1982 17 1501 0 1 0
Kashkaval Adrian Him 10.06.1987 15 1350 2 1 0
Xojiakbarov Abduqahhor      
Him     
18.07.1989     
15 1144 0 5 0
Turopov Diyor Yahm 09.07.1994 15 1029 1 4 0
Akbarov Saidkomil Him 30.12.1982 13 1170 0 1 0
Murzoev Kamoliddin* Huj 17.02.1987 12 696 3 1 1
Jo'raboev Obid** Him 17.02.1986 9 528 0 3 0
SHog'ulomov Alisher** Huj 06.02.1994 9 257 1 3 0
Fomichev Valeriy** Dar 23.02.1988 8 655 0 0 1
Ismoilov Doniyor Huj 14.02.1994 7 220 3 1 0
G'aniev Timur Dar 27.01.1984 5 450 0 1 0
Isroilov Azamat Him 29.10.1991 5 73 0 1 0
Isoqjonov Islombek* Huj 29.04.1993 3 72 0 1 0
Isaev Muhammad Yahm 01.09.1994 2 31 0 0 0
SHkvirin Nikita Dar 23.06.1991 1 90 0 0 0

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Olmaliq-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar 30
Gollar 53
Uydagi gollar 31 (58,49%)
Mehmondagi gollar 22 (41,51%)
O'tkazilgan gollar 49
Uyda o'tkazilgan gollar 19 (38,78%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 30 (61,22%)
O'rtacha gol 1,77
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,63
Uydagi ochkolar 31/45 (68,89 %)
Mehmondagi ochkolar 13/45 (28,89 %)
Eng yirik g'alaba 4:0 - "Buxoro"
Eng yirik mag'lubiyat 1:4 - "Lokomotiv"    
"Quruq" o'yinlar 5 (16,67%)
Gol ura olmagan o'yinlar 3 (10%)
Irodagi g'alaba 2
Yirik g'alabalar 2
Yirik mag'lubiyatlar 1
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 74 (2,47)
CHetlatishlar (o'rtacha) 6 (0,2)
Maydonga tushganlar (legioner)             
26 (5 - 19,23%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 134577 / 4486
 

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida


Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика