So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  82 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  1 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  1 23:17Дани Алвесни судга беришди  4 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  22 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Oliy liga-2015 yakunlari. "Buxoro" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Buxoro" haqida

Teglar :  Buxoro
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun "Buxoro" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
"Buxoro" klubi uchun mavsum juda yomon kechdi. Jamoa dastlabki 14ta turda umuman g'alabaga erisha olmadi. Klub mavsum davomida 14-o'rindan tepaga chiqa olmadi. Faqat olti tur davomida "Buxoro" eng so'nggi 16-o'rinda bo'lmadi. Oxirgi turda "So'g'diyona" maydonida g'alabaga erishgan jamoa oliy ligada qolish vazifasini uddaladi.



Murabbiylar
Jamoani bu yil ikki murabbiy boshqardi. Aleksandr Mochinov boshchiligida jamoa 11ta o'yin o'tkazib 2ta durangga erishdi va 9ta bor mag'lub bo'ldi. Uning o'rniga tayinlangan Jamshid Saidov boshchiligida 19ta uchrashuvda 7 bor g'alabaga erishdi va 3 marta durang qayd etdi.



Etakchi
"Buxoro" ikki davrani deyarli ikki tarkib bilan o'tkazdi. Jamoa sardori Suxrob Nematov haqiqiy etakchi bo'ldi. Yarim himoyachi 29ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urishga erishdi.



Kashfiyot
To'g'ri Otabek SHukurov tanilganiga ancha bo'lib qoldi. Lekin oliy ligada SHukurov aynan mana shu mavsumda o'zini ko'rsatdi. Birinchi davrada "Bunyodkor" safida 2tagina o'yinda ishtirok etgan yarim himoyachi "Buxoro" safida 14ta o'yinda maydonga tushib ularning barchasida to'liq harakat qildi. Otabek oxirgi ikkita bahsda raqiblar darvozasiga gollar urishga erishdi. Uning "So'g'diyona" bilan uchrashuvda kiritgan to'pi yil goli nominaciyasida g'olib bo'lishga asosiy davogarlardan biri hisoblanadi.


Eng yaxshi o'yin
"So'g'diyona" - "Buxoro" 2:3

Oxirgi turdan oldin "Buxoro" 16-pog'onada edi. "So'g'diyona" bilan safardagi uchrashuvda g'alabaga erishsagina oliy ligada qolar edi. Uchrashuvning 4-daqiqada Otabek SHukurov, 7-daqiqada Suhrob Nematovning jarima to'pidan so'ng urgan gollari "So'g'diyona"ni shokka tushurib qo'ydi. Ikkinchi bo'limda Jasur Hakimov hisobni qisqartirdi. Jamoliddin Ubaydullaevning goli yana "Buxoro"ni ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishini taminladi. Akmal Abdurahmonovning goli faqat hisobni qisqartirdi xolos - 2:3. "Buxoro" ushbu g'alabadan so'ng 16-o'rindan 14-o'ringa "sakradi" va oliy ligada qolishni uddaladi.



Eng yaxshi futbolchi
Aziz Ibragimov. Yarim himoyachi faqat ikkinchi davradagina "Buxoro"da o'ynadi. Lekin bu uning klubning eng yaxshi futbolchisi bo'lishiga to'sqinlik qila olmadi. 14ta o'yinda ishtirok etgan Ibragimov raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua        
Tug'.sana O'yin      
Daqiqa     
Gol    
SK   
QK   
Nematov Suxrob Yahm 23.04.1986      
29 2326 5 5 0
Ubaydullaev Jamoliddin      
Yahm 25.05.1992 28 1691 4 2 0
Narzullaev Otabek Yahm 25.06.1985 26 2268 1 4 0
Ponamaryov Vyacheslav Him 02.01.1978 17 1000 0 2 0
Hasanov Jamshid Yahm 06.04.1992 17 928 1 3 1
Akbarov Saidkomil* Him 30.12.1982 15 1350 0 3 0
Melziddinov Ruslan** Yahm 26.03.1985 15 1277 2 3 0
Plamadela Vitaliy* Yahm 21.01.1985 15 1205 0 3 0
Omonov Bobirjon Him 03.02.1990 15 1156 0 3 0
SHukurov Otabek** Yahm 22.06.1996 14 1215 2 0 0
Ibragimov Aziz** Yahm 21.07.1986 14 1183 6 2 1
Smolyachenko Pavel** Huj 01.12.1991 14 1068 0 3 0
CHipev Nikolay** Yahm 22.02.1989 14 980 0 1 0
Qobuljonov Sardor** Dar 02.02.1987 13 1170 0 1 0
Fomin Maksimilian** Him 21.09.1993 13 1170 1 5 1
Kravchesku Vadim* Yahm 07.03.1985 13 1141 0 3 0
Abibullaev Dilyaver* Yahm 04.03.1987 13 684 2 2 0
Korneychuk Aleksandr Dar 30.10.1979 12 1080 0 1 0
Murodov Marufxon** Yahm 11.03.1990 12 582 0 0 0
Sanaev Alisher** Yahm 16.06.1987 11 989 3 3 0
Xaushi Bogdan* Him 29.09.1985 10 815 1 4 1
Asqarov Hasan* Him 17.04.1994 10 634 0 4 0
Isroilov Otabek* Huj 07.12.1989 9 433 0 4 0
Umurov Nozim Huj 03.06.1991 8 245 0 1 0
Kochnev Evgeniy* Him 03.12.1992 7 353 1 1 0
Xoliqov Islom Yahm 20.02.1995 7 307 0 0 0
Georgiev Sergey** Yahm 20.10.1991 6 461 2 3 0
Umarjonov Ahror* Yahm 26.09.1993 6 341 0 0 0
Tojiev Zayniddin* Huj 21.06.1977 6 259 0 0 0
Turdaliev Farrux* Dar 07.06.1990 5 450 0 0 0
Ayupov Timur** Huj 28.03.1993 5 224 0 1 0
Rahmatullaev Alibobo* Yahm 08.02.1991 5 212 0 0 0
Aslanov Ravshan Yahm 04.02.1990 4 76 0 0 0
Turdiev Temur* Him 02.10.1981 2 114 0 0 0
Davlatov Nodir** Huj 03.07.1990 2 53 0 0 0
SHaripov Azamat Yahm 23.05.1993 1 90 0 0 0
Antonyuk Maksim** Yahm 15.01.1991 1 57 0 0 0
Narzullaev Bahrom* Huj 16.09.1993 1 14 0 0 0
To'raev Akobir Huj 03.11.1996 1 8 0 0 0
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Buxoro-2015" mavsum statistikasi

Vsego igr 30
Vsego zabito 31
Zabito doma 18 (58,06%)
Zabito v gostyax 13 (41,94%)
Vsego propushheno 53
Propushheno doma 25 (47,17%)
Propushheno v gostyax 28 (52,83%)
Zabito v srednem za igru 1,03
Propushheno v srednem za igru 1,77
Nabrano ochkov doma 17/45 (37,78 %)
Nabrano ochkov v gostyax 9/45 (20 %)
Samaya krupnaya pobeda 3:1 - "Mashal", "Neftchi"
Samoe krupnoe porajenie 0:4 - "Olmaliq"
Igr bez propushhennyx golov 3 (10%)
Igr bez zabityx golov 11 (36,67%)
Volevyx pobed 0
Volevyx nichix 2
Bezvolnyx porajeniy 2
Bezvolnyx nichix 2
Krupnyx pobed 0
Krupnyx porajeniy 3
Avtogolov (zabito/propushheno) 0/2
Preduprejdeniy (v srednem) 67 (2,23)
Udaleniy (v sr.) - Srazu/2JK 4 (0,13)
Igrokov vystupalo (inostran.)            
39 (6 - 15,38%)
Poseshhaemost (vsego/srednyaya) 226979/7566


Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "SHo'rtan" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qo'qon-1912" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Andijon" haqida

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика