So’nggi yangiliklar

13:06Шерзод Темиров "Атлетико Мадрид"га қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  0 12:47Жиззахдаги голларга бой драмада "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1 12:22Артета: "Смит-Роу "Арсенал"дан кетганидан хафаман"  2 11:50Кроос телевидениеда ишлаш ҳақида: "Фалсафадан "дарс" беришни хоҳламасдим"  3 11:31Анри 1999 йил "Арсенал"га ўтиши ҳақида эслади: "Венгер мен шунчаки вақт йўқотаётганимни айтган"  4 10:49Ўсмирларимиз Тошкентда йиғинга киришди. Йиғин давомида бир қатор ўртоқлик учрашувлари бўлиб ўтади  1 10:20«Ливерпуль» Европа чемпиони учун 60 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:09ЎзФҲМ "Алё, рэф!"га қарши: ҳакамлар Суперлиганинг 14-туридаги учта ўйинда нечта хатога йўл қўйишди?  5 09:52«Бавария» футболчиси «Барселона»га ўтмоқда  3 09:23Марко Ройснинг янги жамоасининг номи маълум  1 08:50«Андижон» кечаги ғалабадан сўнг тарихий натижани қайд этди  5 08:21ЦСКА селекционер-мураббий Аббосбек Файзуллаевни Испаниянинг қайси жамоасида ўйнаб кетишини айтди  4 07:52Про лига. Бугун 15-тур баҳслари давом эттирилади  3 07:20Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  4 04:28Футзал. ЖЧ-2004. Турнир остонасида қоқилган Ўзбекистон ҳамда бразилиялик футболчилар билан финалга қадар етиб борган Европа мамлакати ҳақида ҳикоя қиламиз  0

Oliy liga-2015 yakunlari. "Andijon" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Andijon" haqida

Teglar :  Andijon
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Andijonning "Andijon" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
"Burgutlar" 2015 yilgi mavsumni ketma-ket 3ta mag'lubiyat bilan boshlashdi. Faqat beshinchi turga kelibgina jamoa g'alabaga erishdi. Birinchi davrada 3ta g'alaba va 2ta durang qayd etgan "Andijon" 11 ochko bilan yozgi tanaffusga 14-pog'onada chiqib ketdi. Ikkinchi davrada jamoa Farg'onada "Neftchi"ni mag'lub eta oldi. O'z maydonida "Dinamo" bilan durangga erishgan "burgutlar" oliy ligada qolish vazifasini uddalashdi. Yakunda vodiy klubi oliy ligada 13-o'rinni egalladi.


Murabbiylar
Mavsum davomida "Andijon"ni ikki murabbiy boshqarib bordi. Dastlabki 20ta o'yinda jamoa bilan Edgar Gess ishlagan bo'lsa, oxirgi 10ta uchrashuvda Sergey Kovshov bosh murabbiy bo'ldi. Gess 20-turda "Buxoro" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng istefoga chiqarildi. O'sha paytda "burgutlar" 15-o'rinda borishayotgandi. Sergey Kovshov kelgach jamoa 10ta o'yinda 4ta g'alaba 2ta durang qayd etdi. Qizig'i Gess davridagi 20ta uchrashuvda ham 4ta g'alaba va 2ta durang qayd etgandi.



Etakchi
Ibrohim Otaxonov. Tajribali yarim himoyachi mavsum davomida jamoaning haqiqiy etakchisi bo'ldi. 24ta o'yinda maydonga tushgan Otaxonov raqiblar darvozasiga 3ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Futbolchi o'yinga juda ham berilib ketishi bilan ajralib turadi. SHu bois mavsum davomida u 11ta sariq kartochka oldi.



Kashfiyotlar
Javlon Guseynov. Bir necha yil oldin "Neftchi"da o'ynagan, so'nggi yillarda birinchi liga klublarida faoliyat olib borgan Javlon Guseynov oliy ligada ikkinchi yoshligini o'tkazdi. Jamoaga 2-tur oldidan kelib qo'shilgan Guseynov 29ta o'yinda maydonga tushdi. Aynan u "Andijon" safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchiga aylandi.



Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Andijon" 0:1.

26-turda Farg'onada "Neftchi" va "Andijon" o'rtasidagi vodiy derbisi bo'lib o'tdi. Bu o'yinga qadar Farg'onada bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 20tasida "Neftchi" g'olib bo'lgan, faqat bir marta "Andijon" safardan durang bilan qaytgandi. 2015 yilda "burgutlar" tarixiy g'alabani qo'lga kiritishdi. "Neftchi"ning sobiq hujumchisi Anvar Berdiev tomonidan urilgan gol "Andijon"ga g'alaba keltirdi - 1:0.



Eng yaxshi futbolchi
Anvar Berdiev. Faxriy hujumchi birinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazdi. Yozda "Andijon"ga ko'chib o'tib o'zini yorqin tomonlama ko'rsata oldi. Hujumchi "burgutlar" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urishning uddasidan chiqdi. "So'g'diyona" bilan bahsda dublga erishgan Berdiev jamoa to'purariga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua   
Tug'.sana O'yin   
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK   
Guseynov Javlon Him 24.06.1991    
29 2583 0 3 0
Moshnyaga Gennadiy Dar 25.04.1985 28 2520 0 1 0
Tursunov Davron Him 28.02.1987 28 2475 1 7 0
Abdullaev Abdumalik Huj 11.05.1989 28 1629 2 4 0
Azamov Rustam R. Yahm 15.12.1985 26 1761 2 1 0
Otaxonov Ibrohim Yahm 21.09.1985 24 2115 3 11 1
Rahmonov Asror Him 21.11.1988 20 1189 0 4 1
Asqaraliev Sanjar Yahm 20.01.1981 19 1312 0 8 2
Akramov Iqbol Yahm 10.10.1983 18 1043 1 2 0
Jumaboev SHukur Yahm 08.03.1989 18 789 1 3 0
Rahmonov Rasul Yahm 04.02.1987 16 1062 0 4 0
Jadigerov Asqar Yahm 05.01.1980 16 853 2 1 0
Abduqodirov Abdulatif    
Huj   
09.08.1987 16 363 1 0 0
Vuyovich Predrag Yahm 20.08.1983 15 1337 2 1 0
Soliev Lochin Huj 30.03.1983 15 615 2 1 0
Vasilev Temur* Yahm 05.09.1987 14 1260 1 2 0
Boboxonov Iqbol** Him 19.03.1989 13 1170 1 7 0
Alimov Abdulloh** Yahm 11.02.1993 13 964 0 1 0
Berdiev Anvar** Huj 11.05.1978 11 967 7 2 0
Husanov Tursunboy** Him 17.02.1988 10 819 0 3 0
Ramazonov Umrillo Him 18.02.1992 10 710 0 3 0
SHotursunov Farrux* Huj 11.05.1992 9 629 0 1 0
Qodirov Raxim Him 25.04.1979 8 644 0 3 0
Gaffarov Sayriddin* Yahm 29.08.1990 7 344 0 0 0
Bekmurodov Farhod Yahm 08.10.1994 5 228 1 1 0
Isaboev Eldor Dar 24.04.1989 2 180 0 0 0
Mirzaev Farrux Yahm 12.02.1990 1 10 0 0 0

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Andijon-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar 30
Gollar 27
Uydagi gollar 18 (66,67%)
Mehmondagi gollar 9 (33,33%)
O'tkazilgan gollar 56
Uyda o'tkazilgan gollar 24 (42,86%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 32 (57,14%)
O'rtacha gol 0,9
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,87
Uydagi ochkolar 20/45 (44,44 %)
Mehmondagi ochkolar 8/45 (17,78 %)
Eng yirik g'alaba 3:2 - "Navbahor", "Qizilqum",   

"So'g'diyona"

Eng yirik mag'lubiyat 0:6 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar 6 (20%)
Gol ura olmagan o'yinlar 13 (43,33%)
Irodagi g'alaba 1
Yirik g'alabalar 0
Yirik mag'lubiyatlar 4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 0/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 75 (2,5)
CHetlatishlar (o'rtacha) 4 (0,13)
Maydonga tushganlar (legioner)          
28 (2 - 7,14%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 173131/5771



Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "SHo'rtan" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qo'qon-1912" haqida


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика