Oliy liga. 2-turda eng ko'p muxlis Farg'onada
13 mar 2016 16:29
Yangiliklar


Oliy liga. 2-turda eng ko'p muxlis Farg'onada
2-turning 8ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 61002 nafar
tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 7625 nafar
tomoshabin keldi deganidir.
Birinchi tur o'yinlariga jami 57092 tomoshabin (o'rtacha 7136) kelgandi.
Turning eng ko'p tomoshabini “Neftchi” – “Navbahor” uchrashuviga keldi – 18278. Eng kam tomoshabin esa “Paxtakor” – “Qo'qon-1912” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun Toshkentdagi "Paxtakor" stadionga 1250 nafar tomoshabin keldi.
2-tur
Neftchi (Farg'ona) – Navbahor (Namangan) – 1:0. 18278 tomoshabin.
Andijon (Andijon) – Lokomotiv (Toshkent) – 1:3. 16702 tomoshabin.
So'g'diyona (Jizzax) – Bunyodkor (Toshkent) – 0:1. 10684 tomoshabin.
Mashal (Muborak) – Metallurg (Bekobod) – 1:3. 4210 tomoshabin.
Olmaliq (Olmaliq) – Nasaf (Qarshi) – 1:3. 3801 tomoshabin.
Obod (Toshkent) – Buxoro (Buxoro) – 0:0. 3532 tomoshabin.
SHo'rtan (G'uzor) – Qizilqum (Navoiy) – 0:1. 2545 tomoshabin.
Paxtakor (Toshkent) – Qo'qon-1912 (Qo'qon) – 4:0. 1250 tomoshabin.

"Neftchi" - "Navbahor

"Andijon" - "Lokomotiv"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar