So’nggi yangiliklar

18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  0 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  0 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  14 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  2 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  6 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  19

Oliy liga. 13-tur. "Paxtakor" yutqazdi, "Bunyodkor" va "Olmaliq"da g'alaba Yangiliklar

Oliy liga. 13-tur. "Paxtakor" yutqazdi, "Bunyodkor" va "Olmaliq"da g'alaba

Teglar :  Oliy liga13-tur
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tdi.

G'uzordagi o'yinning 9-daqiqasida SHerzod Karimovning jarimadan yo'llagan zarbasini Tojiboev ushlab oldi. 17-daqiqada Igor Taranning boshi bilan yo'llagan zarbasini Nikita qaytarib qoldi.

27-daqiqada o'ng qanotdan Igor Taranning uzatgan to'pini Zafar Polvonov boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0. O'yinning 70-daqiqasida SHerzod Karimov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Oradan ko'p o'tmay Ribkinning xatosidan so'ng Polvonov dublga erishdi - 2:1. Bahsning 89-daqiqasida Polvonov xet-trikka erishdi - 3:1. O'yin mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


SHo'rtan (G'uzor) – Paxtakor (Toshkent) 3:1
20 iyun 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), O. Jumaev (Navoiy), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gollar: Zafar Polvonov 27, - 1:0 (Igor Taran). SHerzod Karimov 70, - 1:1. Zafar Polvonov 72, - 2:1. Zafar Polvonov 89, - 3:1.

"SHo'rtan": 1.Eldor Tojiboev, 3.Hasan Ergashev, 4.Jamol Otaqulov, 5.Botir Qoraev, 6.Abbos Omonov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 9.Igor Taran, 11.Zafar Polvonov, 14.Umar Eshmurodov, 18.Eldor Boymatov, 19.Marufxon Murodov (7.Olimjon Karimov, 68).
Zaxira: 12.Farrux Turdaliev, 10.Kenja To'raev, 15.Xolmurod Xolmurodov, 21.Sardor Rasulov, 25.Yusuf Bo'riev, 25.Asror Aliqulov.

"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev, 8.SHerzod Karimov, 9.Jaloliddin Masharipov (7.Azimjon Ahmedov, 56), 10.Jamshid Iskanderov, 11.Igor Sergeev, 14.Jamshid Boltaboev (13.Suhrob Nurlullaev, 65), 15.Javohir Sohibov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (17.Akobir To'raev, 75)
Zaxira: 50.Umid Hamroev, 6.Abbos Otaxonov, 18.Javohir Sidiqov

Ogohlantirishlar: Eldor Boymatov 23, Davron Hoshimov 59.


Toshkentdagi o'yinning 6-daqiqasida Hamdamovning burchakdan uzatgan to'pini SHaker Zuagi darvozaga yo'lladi - 1:0. Uchrashuvning 11-daqiqasida Farhod Bekmurodov jarima maydoni ichidan to'pni yuqoriga tepib yubordi, zarba aniq bo'lganida gol edi. 

41-daqiqada Komilovning pasidan so'ng Dostonbek Hamdamov o'z hisobiga gol yozib qo'ydi - 2:0. Uchrashuv mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.

Bunyodkor (Toshkent) – Andijon (Andijon) 2:0
20 iyun 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Kalinin (Qarshi), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

Gollar: SHaker Zuagi 6, - 1:0 (Dostonbek Hamdamov). Dostonbek Hamdamov 41, - 2:0 (Akrom Komilov)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (C), 3.Akrom Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 7.SHaker Zuagi ( 14.Bahodir Nasimov, 85), 8.Javlon Ibrohimov (29.Otabek SHukurov, 55), 10.Eldor SHomurodov, 11.SHahzodbek Nurmatov (19.Zabihillo O'rinboev, 63), 17.Dostonbek Hamdamov, 30.Yurica Bulyat, 71.Aleksandr Alempievich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 9.Sato Minori, 16.Dilshod Ahmadaliev, 77.Viktor Karpenko

"Andijon": 12.Nodir Ashurmatov, 3.Davron Tursunov, 4.Azamat Isroilov, 5.Iqbol Boboxonov, 6.Ibrohim Otaxonov (S), 13.Rustam Azamov, 14.Islombek Isoqjonov (24.Ibrohim Rahimov, 46), 17.Temur Vasilev, 18.Farhod Bekmurodov (11.Abdumalik Abdullaev, 68), 27.Rabbimjon Hasanov, 84.Nemanya Yovanovich (10.Anvar Berdiev, 78)
Zaxira: 46.Xurshid Xodjaev, 26.Baxtiyor Qosimov, 32.Alisher Abduvohidov, 77.G'ulom O'runov

Ogohlantirishlar: Rabbimjon Hasanov 78


Olmaliqdagi bahs ham boshlandi. O'yinning 33-daqiqasida Qahramonovning pasidan so'ng Pavel Solomin mezbonlar darvozasiga gol urib hisobni ochdi - 0:1. Birinchi bo'lim oxirida darvozabon qaytargan to'pni Ro'zimboy Ahmedov darvozaga yo'lladi - 1:1.

65-daqiqada mehmonlar darvozaboni Dilshod Hamroev o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 2:1. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Diyor Turopov o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi - 3:1.


Olmaliq (Olmaliq) – Obod (Toshkent) 3:1
20 iyun 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 19:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), Q. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: Pavel Solomin 33, - 0:1 (Javohir Qahramonov). Ro'zimboy Ahmedov 42, - 1:1. Dilshod Hamroev 65 avtogol, - 2:1. Diyor Turopov 90+3, - 3:1.

"Olmaliq": 16.Umid Xonimqulov, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Abduqahhor Hojiakabarov, 5.Evgeniy Gogol, 6.Rahmatullo Berdimurodov, 7.Arslonmurod Omonov, 8.Yaroslav Martinyuk (17.Muhammad Isaev, 61), 11.Zohir Pirimov (14.Doniyor Ismoilov, 57), 20.Darko Stanoevich, 22.Ro'zimboy Ahmedov (10.Farhod Tojiev, 88), 77.Diyor Turopov.
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 27.Nikita Pavlenko, 28.Murod Rajabov, 44.Mirjamol Qosimov.

"Obod": 12.Dilshod Hamroev, 2.Abror Husinov, 3.Ilhom Komilov, 4.Xurshid G'iyosov, 5.G'ayrat Umirov, 7.Javohir Qahramonov, 8.Doniyor Hasanov, 9.Pavel Solomin (6.SHerzod Jalilov, 72), 11.SHoxruz Norxonov, 20.Alisher Mirzaev (10.Alisher Azizov, 79), 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 1.Umid Yorbekov, 13.Umid Matmusaev, 18.Sanjar To'raqulov, 22.Islom Ismoilov, 30.Ismoil Jasurxo'ja

Ogohlantirishlar: Javohir Qahramonov 59, Ilhom Komilov 64.


OLIY LIGA. MUSOBAQA JADVALI.


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика