Oliver Kan Myullerning "Bavariya"dan ketishi xabarini rad qildi
12 may 2023 22:50
Yangiliklar
Oliver Kan Myullerning "Bavariya"dan ketishi xabarini rad qildi
"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan yarim himoyachi Tomas Myullerning mavsum yakunida jamoadan ketishi borasidagi xabarlarga izox berdi.
"Bunday bo'lmaydi. Tomas doimo yuqori jismoniy holatda, jarohat olmaydi, kuchli xarakterga ega. U juda muhim. Ishonaman, u hali jamoamiz tarkibida ancha vaqt o'ynaydi", - dedi mutaxassis.
Oldinroq Myuller o'zining holatidan va jamoa bosh murabbiyi o'zgarganidan mamnun emasligi sababli "Bavariya"dan ketishni o'ylayotgani borasida malumotlar chiqqandi. Ushbu mavsumda 33 yoshli xavbek barcha turnirlarda 37 o'yinda maydonga tushib, 7 gol va 11 assist qayd etdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar