Oliver Glasner mavsum oxirida "Ayntraxt"ni tark etadi
10 may 2023 13:20
Yangiliklar
Oliver Glasner mavsum oxirida "Ayntraxt"ni tark etadi
Frankfurning "Ayntraxt" klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner mavsum oxirida jamoani tark etishi aniq.
Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Glasner 48 yoshda va Bundesligada 2019 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Dastlabki ikki mavsumni mutaxassis "Volfsburg"da o'tkazgan, keyinroq esa "Ayntraxt"ga ko'chib o'tgan.
Frankfurtliklar bilan Oliver Evropa Ligasidagi g'alabasi bilan yodda qoldi. O'tgan yil may oyida musobaqa finalida "Glazgo Reyndjers" taslim etilgandi. Bu sovrin hozircha Glasner uchun faoliyatidagi yagona kubok bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Germaniya Kubogi finalida Glasner "Ayntraxti" yaqinda "RB Leypcig" bilan ro'baro keladi. SHunday ekan, murabbiy mavsumni ikkinchi sovrinni yutib, yakunlashi ham mumkin.
O’xshash yangiliklar
23:06
UEFA "Barsa"ga qarshi o'yindagi nemis muxlislarning xatti-harakatlari uchun "Ayntraxt"ni jazolaydi 1
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar