Olive Jiru: "Albatta, gol urmay qo'yganimdan hafaman"
29 dek 2013 15:40
Yangiliklar


Olive Jiru: "Albatta, gol urmay qo'yganimdan hafaman"
"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru Canal+ga bergan intervyusida sermahsullik borasida pasayishi o'ziga yoqmayotganligini takidladi.
"Mavsum avvalida barqaror ravishda gollar kiritayotgandim. Keyin esa omad mendan yuz o'girdi chog'i, to'p darvozaga borib tushmay qo'ydi. Albatta, bundan o'zim juda xafaman. Biroq o'z plyuslarimni yaxshi bilaman va shuning uchun hammasi joyida, deb ayta olaman. Jamoa g'alaba qozonyapti, mening ham yordamim tegyapti. To'g'ri o'ynalishda harakatlanayotganimni bilaman. SHundoq ekan, gollar ham keladi vaqti bilan", dedi Jiru.

Fikrlar