So’nggi yangiliklar

18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   0 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  10 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   2 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  5 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  13 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  12

Olimpiya g'oyalari bir pul bo'layotgan davrda, futbolni sevishda davom etaman Yangiliklar

Olimpiya g'oyalari bir pul bo'layotgan davrda, futbolni sevishda davom etaman

Olimpiadada ishtirok etish har bir sportchining orzusi, deymiz. Nega shunday? Butun dunyoga borib o'zini ko'rsatib kelish, sizningcha kimga kerak?

Menimcha, gap bunda emas. Vatan sarhadini qo'riqlayotgan askar o'z ishida nimani his qilsa, o'z sport turida maydonga chiqib kelayotgan sportchi undan ko'proq hislarni tuyadi. Sportchi o'z vatani muxlislarini xursand qilishni ko'proq istaydi, osmonda hilpirab turgan bayrog'ini ko'rganida, uning g'ururi o'sha bayroq singari yuqoriga chiqadi. O'sha bayroqqa termulib, madhiyasini tinglash uchun u butun bir umrini sarf etmoqchi bo'ladi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasining Rossiyaga nisbatan elon qilingan qarorini o'qigandirsiz. Eshitmaganlar bo'lsa, qisqacha tushuntiraman. Rossiya delegaciyasi 2018 yilgi qishki Olimpiada o'yinlarida ishtirok etmaydi. O'sha Olimpiadaning yopilish marosimiga qadar Rossiya olimpiya qo'mitasi XOQ azoligidan chetlashtiriladi. Doping muammolaridan holi rossiyalik sportchilar Janubiy Koreyaga kelishni istasa, ularni alohida komissiya ko'rib chiqadi. Ular Rossiya deb yozilgan forma kiymaydi, Rossiya bayrog'i bilan emas, olimpiya halqachalari bor neytral bayroq bilan turnirga kiradi. Ehtimoliy g'olibligidan keyin Rossiya madhiyasi qo'yib berilmaydi.

Men ko'p masalada Rossiya tomonida emasman. Ularning ko'p principlarini qoralayman. Ammo hozir neytral ko'z bilan qaraganda, XOQ qarorini bitta mamlakat uchun keragidan ko'p kamsitilish deb tushunaman. Nega? Tushuntirishga harakat qilaman.


XOQ neytral tashkilot bo'lsa-da, baribir siyosiy o'yinga kirib bo'lgan. Bu ko'rsatadiki, uning prezidenti Tomas Bax ham, tashkilotning obro'si ham o'z qirralarini saqlab qola olmaydi. Ha, doping masalasida aybdor sportchilarni ayovsiz jazolash kerak, men bunga qarshi emasman. Mayli, Rossiya olimpiya qo'mitasi ham sankciya olsin. Mutkosidan tortib, undan kattasiga qadar ishim yo'q, umrbod ko'rinmasin sportda, ular hech kim. Biroq aybsizlar buning kasriga qolishi kerak emas.

Sportchi uchun nima kerakligini qisqa qilib tushuntirmoqchi bo'ldim. Rossiya tomoniga shuncha sakciya bo'la turib, endi bayroq va madhiyaga osilishlari chiroyli ish emas. Gap Putin, Mutko va umuman dopingda ham emas. Gap, aybsiz bo'lgan va Olimpiadaga borishni istovchi sportchilarda. O'sha aybsizlar shundoq ham aybdorlar kasriga qolganlar bilan teng ko'rilayotgani yo'q. Yani, ular alohida komissiya tekshiruvidan o'tishi va o'sha komissiya xulosasini necha kunlab kutishi kerak. Mayli, Rossiya yozilgan libosda ham chiqmasin. Sizningcha, shuning uchun etarli emasmi? Nahotki u hammani ortda qoldirganidan keyin bayrog'ini ko'rmasa, madhiyasini ko'rmasa?! Men bugun aniq ayta olaman, bu siyosatning isqirt va sassiq o'yinlaridan boshqa narsa emas.

Bilasizmi men nega futbolni yaxshi ko'raman va u nega millionlar o'yini? CHunki FIFAda g'urur bor, unda obro' bor, u o'z ishiga hech kimni aralashtirmaslikka harakat qiladi. To'g'ri, Blatter ketdi, kimlardir ketdi. Aralashishga intilish etarlicha. Biroq Rossiyada JCH—2018 uchun bemalol qura tashlanmoqda, Rossiya mundialga tayyorgarlik ko'rmoqda. Qolganlar esa hammasi maydonda hal bo'ladi deb, Moskvaga kelmoqda. Bu Rossiyaning yoni bo'lish uchun emas, menga Pushkin bir jahon. SHunchaki, futbol siyosatning g'alati o'yinlarini yomon ko'radi.


Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика