So’nggi yangiliklar

16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  1 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  4 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  1 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  9 12:15Дьокереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  9 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  6 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  31 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  2

"Olimpiko"dagi holat "Olimpik"ning o'yinida ham sodir bo'ldi Yangiliklar

"Olimpiko"dagi holat "Olimpik"ning o'yinida ham sodir bo'ldi

Pro liganing 11-turida Toshkent shahar derbisiga guvoh bo'ldik.

"Jar" stadionida o'tkazilgan bahsda "Oq-tepa" va "Olimpik" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Uchrashuv "Olimpik"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Olimpik" — Italiya, "Oq-tepa" — Turkiya...

Evropa chempionatining 11 iyun kuni o'tkazilgan ochilish o'yini yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Unda Roberto Manchini boshchiligidagi "Skuadra Adzurra" SHenol Gyuneshning Turkiyasi ustidan 90 daqiqa "hukmronlik qildi". "Jar" stadionida o'tgan o'yinda ham o'sha scenariy takrorlandi. O'yin faqat "Olimpik" futbolchilarining ustunligi ostida o'tdi. "Oq-tepa" esa 1,5 soat ichida xuddi turklar singari raqib darvozasini 1 bor aniq nishonga olishni uddaladi.

Behzod SHamsiev — "motor"...

O'yin Timur Kapadze shogirdlarining ustunligi ustida o'tganini aytdik ("Neftchi" bilan o'yinning 2-bo'limida ham shunday holat kuzatilgandi). Buning asosiy sababi sifatida "Olimpik" maydon markazini to'liq egallab olayotganini ko'rsatish mumkin. Tayanch nuqtasida jamoa sardori Behzod SHamsievning ishonchli harakatlari uning 2 yonida o'ynayotgan Abdurauf Bo'riev va Bektemir Abdumannonovning ancha oldinga chiqib, hujumlarni qo'llashiga imkon yaratyapti. 

SHu tufayli Bo'riev so'nggi 2 bahsda gol urishni ham uddaladi. Takidlash lozimki, maydon markazida motor vazifasini bajarayotgan Behzod SHamsiev chempionatning dastlabki turlarida markaziy himoyada o'ynagan edi. Uni oxirgi bahslarda tayanchga o'tkazgan murabbiyning topqirligiga tasanno.

Futbolchilar emas, murabbiy yutqazdi

Yodingizda bo'lsa, 10-tur doirasidagi "Neftchi" bilan o'yindan keyin Timur Kapadze shunday degandi:
"Farg'onaliklar uzun pas bilan oldinga o'tishga harakat qilgani bois pressingdan voz kechdik va uzatmalarni egallab olib, qarshi hujum taktikasini tanladik".
Eng qizig'i, kecha "Oq-tepa" ham bir tur oldin "Neftchi" yo'l qo'ygan xatoni takrorladi. Jamoa murabbiyi Alisher SHog'ulomov (yoki Ildar Sakaev) foyda bermasa ham, o'yin oxiriga qadar uzun pas bilan oldinga o'tishga harakat qildi. Ammo, jamoaning 95 foiz shunday uzatmalari "Olimpik" himoyachilari tomonidan "tozalandi". SHu tufayli "Oq-tepa" 90 daqiqa ichida 2-aniq zarbasini yo'llashga imkon topolmadi. Bir so'z bilan aytganda, jamoa o'yinga noto'g'ri taktika tanlagan edi va uni uchrashuv oxiriga qadar o'zgartirmadi.

Uchrashuvdan keyin...
"Olimpik" ustozi Timur Kapadze o'yin haqida shunday dedi: "Oq-tepa" bilan birinchi marotaba o'ynayotganimiz yo'q. SHuning uchun munosib tayyorgarlik ko'rdik. "Neftchi"ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotilgani uchun balki bugun ruhiy tomondan charchoq sezilgandir. SHu tomondan xavotir bor edi. Yigitlarga har bir o'yinga alohida munosabatda bo'lish kerakligini, avvalgi turdagi g'alabani esdan chiqarish kerakligini aytdim. Ko'rganingizdek yaxshi harakat qilishdi va ishonchli tarzda g'alaba qozonishdi. To'g'ri kamchiliklar, xatolar kuzatildi. Albatta buni ustida ishlaymiz. Mavsum startidagi o'yin bilan hozirgi uchrashuvni solishtirgan shogirdlarimda o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi, o'yin tomonlama o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Menimcha haqli g'alaba qozondik".

"Oq-tepa" murabbiylari esa matbuot anjumanida ishtirok etmadi. Malumot uchun, reglament 20-bobining 6-bandida shunday yozilgan: Superliga va Pro liga klublari bosh murabbiylari uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etishlari shart.

Musobaqa jadvalidagi holat

11-turdan keyin "Olimpik" hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi. Kapadze shogirdlari hozircha musobaqa jadvalini "Buxoro" bilan birga boshqarib turishibdi. Ammo, bittadan kam o'yin o'tkazgan "Neftchi" va "Dinamo" jamoalari o'z o'yinlarida g'alaba qozonishsa, peshqadamlikni qaytarib olishadi.

Keyingi bahslar

"Olimpik" keyingi turda Buxoroga safar qilsa (19 iyun), "Oq-tepa" Sirdaryoda "Yangier" mehmoni bo'ladi (20 iyun).

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика