So’nggi yangiliklar

20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  0 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  2 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  6 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  22 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  21 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  7

"Olimpik" qishki "pauza"da qanday o'zgardi? Yangiliklar

"Olimpik" qishki "pauza"da qanday o'zgardi?

Championat.Asia muallifi Emil Bekmuhammedov "Olimpik" haqida eng muhim malumotlarni, aniqrog'i, klubdagi qishki "pauza"da bo'lgan o'zgarishlarni jamladi.

Tarkibdagi o'zgarishlar

"Olimpik" tarkibidagi asosiy o'zgarishlar himoya chizig'ida ro'y berdi. Mavsumlar oralig'ida jamoani besh himoyachi tark etdi. Ular orasida Doston Tursunov, Javohir Jo'raev, Sunnatulloh Hamidjonov, Muhammadqodir Hamraliev va Jaloliddin Sodiqov bor. Ularning o'rniga Odil Abdumajidov (ijara), Iskandar Bo'sinov va Ahmadullo Muqimjonov kelishdi.

SHuningdek, "Bunyodkor"ga yo'l olgan, ammo Boshkovichning istefosidan so'ng Farg'onaning "Neftchi" klubi bilan shartnoma imzolagan darvozabon Vladimir Nazarovning ham ketishini qayd etish kerak.

Jamoa hujum chizig'ini ham kuchaytirdi. Olimpiya terma jamoasi etakchilaridan biri Jasur Jaloliddinov yangi mavsum Timur Kapadze qo'l ostida o'ynaydi – u "Lokomotiv"dan ijara asosida o'tdi. Klub undan tashqari hujumchilar Rustam Azimov va Azamat Abdurashidov bilan shartnoma imzoladi.


Yig'indagi natijalar

Timur Kapadze ikki tarkib uchun Turkiyada qishki yig'inlarni o'tkazdi: "Olimpik" va 23 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi. "Olimpik" o'yinchilarining bir qismi olimpiya terma jamoasi yig'inida ham ishtirok etishdi. "Olimpik"ning nazorat bahslariga kelsa, ular sakkizta o'yin o'tkazishdi, ulardan faqatgina ikkitasida g'alabaga erishildi.

"Olimpik" - "SHerif" (Moldova) - 1:2

"Olimpik" - "Veles Mostar" (Bosniya va Gercegovina) - 2:1

"Olimpik" - Iordaniya U-20 - 0:2

"Olimpik" - "Otetul Galac" (Ruminiya) - 1:1

"Olimpik" - "Arsenal Tula" (Rossiya) - 2:4

"Olimpik" - "Dinamo" (Rossiya) 0:1

"Olimpik" - "Valmiera" (Latviya) - 2:3

"Olimpik" - "Alay" (Qirg'izston) - 4:0


Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar

Server Jeparov klubga bosh murabbiy yordamchisi sifatida qo'shildi. SHuningdek, klubdan o'tgan mavsum U-19 jamoasida faoliyat yuritgan murabbiy Akmal Xolmatovning ketganini ham qayd etish kerak. U yangi mavsum "Buxoro" murabbiylar shtabida ish boshlaydi.


Qo'shimcha malumot

Ruslan Jiyanov mavsumlar oralig'ida Rossiyaning "Pari NN" klubi bilan shartnoma imzoladi, ammo klublarning kelishuviga ko'ra, u mavsum so'nggiga qadar "Olimpik"da harakat qiladi.

"Olimpik" ligadagi eng yosh tarkibga ega. O'yinchilarning o'rtacha yoshi – 20,7 yosh.

Timur Kapadze 2022 yil O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyiga aylandi. U "Olimpik" bosh murabbiyi sifatida Superligadagi debyut mavsumdayoq jamoaning oltinchi o'rinni egallashini taminladi.


Emil Bekmuhammedov tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика