So’nggi yangiliklar

01:08Италия кубоги. Шомуродов "Милан"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  19 01:05Испания кубоги. "Реал Мадрид" "Леганес" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  6 01:00Англия кубоги. "Ньюкасл" ва "Арсенал" финал йўлланмаси учун кураш олиб боришмоқда  0 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  7 23:32ОКМК Шимолий Корея терма жамоасига қарши назорат ўйини ўтказади  2 23:00"Қизилқум" Туркия йиғинига жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  3 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6 21:57Туркия кубоги. "Ризеспор" "Анқарагучу"ни мағлубиятга учратди. Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 21:35"Нефтчи" Туркиядаги назорат ўйинида Қозоғистон клубини мағлубиятга учратди  3 21:12Флик "Барса"нинг биринчи рақамли дарвозабони кимлигини айтди  6 20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  38 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  0 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  3 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0

"Olimpik" o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etdi (to'liq sharh) Yangiliklar

"Olimpik" o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etdi (to'liq sharh)

Pro-liganing 10-turida Toshkentning "Olimpik" klubi o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi.

Uchrashuv farg'onaliklarning faol hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq raqib darvozasini ishg'ol etish uchun harakatni boshlagan "Neftchi" vakillarida bir necha bor qulay imkoniyatlar yuzaga kela boshladi.

Bu orada Timur Kapadze shogirdlarining o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi xavfli chiqdi. Toshkentliklarning dastlabki zarbasini "Neftchi" posboni Akbar To'raev qaytarib qoldi.

38-daqiqada Abdulloh Olimovning chap qanotdan etkazib berilgan to'pga boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi. 42-daqiqada "Olimpik" vakillari "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lishgandi, biroq bu pallada yon hakam bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari xolatni qayd etib bo'lgandi. Tabiiyki, bu gol inobatga olinmadi. Keyinroq, aniqrog'i birinchi bo'limning so'ngi daqiqalarida "Olimpik" to'purari Temur Mamasidiqovning "Neftchi" jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi. Ushbu hujumga javoban esa tezkorlik bilan tashkil etilgan hujumda farg'onaliklarning yosh hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi bir oz noaniq chiqdi.

Aytish joiz, birinchi bo'limda Timur Kapadze shogirdlari tomonidan tashkil etilgan hujumlar soni kamroq bo'lgan bo'lsa-da, toshkentliklar o'yinda bir oz tezkorroq ko'rinishdi. "Neftchi" esa asosan aniqlikka urg'u qaratdi. Farg'ona jamoasi dastlabki bo'lim davomida to'p nazoratiga urg'u qaratganliklarini takidlash joiz.

SHuningdek, "Neftchi" jamoasining birinchi bo'limda tashkil etgan hujumlari borasida bir oz etirozlar tug'ildi. Yani diqqat bilan etibor qaratsangiz asosan qanotdan hujum tashkil etildi va jarima maydoni ichkarisiga yuqoridan uzatma berildi. Bu uzatmalarni ko'p "Olimpik" posboni Vladimir Nazarov ustunlik bilan egallab oldi. Vaziyatni bizdan ham yaxshiroq nuqtadan ko'rib "Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov negadir jamoaning hujum uslubida boshqacharoq variantlarni qo'llab ko'rishga jazm etmadi.

SHu tariqa bellashuvning birinchi bo'limi 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi birinchisidan tubdan farq qildi. 47-daqiqada tezkorlik bilan tashkil etilgan hujum yakunida Abdurauf Bo'riev "Neftchi" darvozasini ishg'ol etib hisobni ochdi - 1:0. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng Ilhom Mo'minjonov shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun hujumkorlikni yanada oshirishdi. "Olimpik" futbolchilari esa ayni shu vaziyatni kutib turgandek to'pni egallab olishlari hamon tezkor qarshi hujumga o'ta boshladilar. Mana shunday hujumlar oradan bir oz vaqt o'tib o'z samarasini berdi. 61-daqiqada Muhammadali G'iyosov, 64-daqiqada esa Alisher Odilovlar farg'onaliklar darvozasiga aynan qarshi hujumlarda gol kiritishning uddasidan chiqdilar. Bellashuvning ikkinchi bo'limi shu scenariy ostida o'tdi. O'yinni kuzatib borgan muxlislarda go'yoki ikkinchi bo'limda "Neftchi" bir yoki futbolchi kam o'ynayotgandek tasavvur uyg'ongani katta ehtimol. SHu tariqa "Olimpik" o'z maydonida "Neftchi"ni 3:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo'ldi.

Aytish joiz, bugun "Neftchi" o'zining eng yomon o'yinini o'tkazdi. O'zbekistonning 5 karra chempioni, shonli tarixga ega Farg'ona jamoasi muxlislariga sabr tilaymiz. Bu o'yinni hozirning o'zidayoq unutgan maqul. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi. Bugun "Neftchi"da nimadir o'xshamadi. O'yinning borishiga qarab uslubni o'zgartirish, vaziyatdan kelib chiqib o'rinli zaxirani amalga oshirish lozim bo'lgan xolatlarda murabbiy imzosi ko'rinmadi. "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadzening esa aksincha tarzda o'yinga tayyorlagan rejasi ijobiy samara berdi.

Uchrashuv davomida malum bir muddatlik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytgan bosh hakam Aziz Asimovning hushtaklari juda ko'p yangradi. Bosh hakamning oddiy vaziyatlarda ham hushtakka murojaat qilaverishi uning o'z ishini sog'inib qolganligini ko'rsatib bergandir ehtimol.


Pro liga. 10-tur
8 iyun, seshanba

OLIMPIK – NEFTCHI - 3:0 (0:0)

Hakamlar
: Aziz Asimov, Timur Gaynulin, Alisher Usmonov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.

Gollar: Abdurauf Bo'riev, 47 (1:0), Muhammadali G'iyosov, 61 (2:0), Alisher Odilov, 64 (3:0).

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov, SHoxjahon Sultonmurodov, Behzod SHamsiev, Temur Mamasidiqov, Bektermir Abdumannonov, Doston Tursunov, Abdurauf Bo'riev, Alisher Odilov, SHahzod Toirov Muhammadali G'iyosov.

Zaxira: Hamiddulo Abdunabiev, Ruslan Jiyanov, Farruxbek Muxtorov, Eldor Begimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Muhammadqodir Rahimberganov, Javohir Abdualimov, Muhsinjon Normatov, Diyor Ramaznov.

"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 2. Akmal SHorahmedov, 7. Sobit Sindorov, 17. Abdulloh Olimov, 18. SHavkatjon Mullajonov, 21. Azamjon Aliev, 31. Saydullo Rahmatov, 44. Darko Stanoevich, 71. Ruslan Roziev, 91. Marko Obradovich, 99. Ulug'bek Hoshimov

Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Darko Stanoevich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 10. Sardor Abdunabiev, 11. Izzatilla Abdullaev, 14. SHerzod Karimov, 22. Umar Adhamzoda, 33. Tohirjon SHamshitdinov.

 


Bekzod Tolibov

foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика