"Olimpik" o'rtoqlik o'yinida AGMKni engdi
23 iyu 2022 21:48
Yangiliklar


"Olimpik" o'rtoqlik o'yinida AGMKni engdi
Unda Timur Kapadze qo'l ostidagi jamoa 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
"Olimpik" ilk daqiqalardan hujum qilishga harakat qildi va bahsning 10-daqiqasida Farrux Muxtorov uzatmasidan so'ng Behzod SHamsiev hisobni ochdi. 72-daqiqada esa Xurshid G'iyosov penaltidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida "Olimpik" vakili Muhammadali G'iyosov qanotdan kirib borib, ajoyib uzatmani amalga oshirdi va Nodir Abduholiqov hisobni jamoasi foydasiga o'zgartirdi. SHu tariqa, uchrashuv 2:1 hisobida "Olimpik" foydasiga yakunlandi.
AGMK – "Olimpik" 1:2
Gollar: Xurshid G'iyosov – Behzod SHamsiev, Nodir Abduxoliqov
AGMK: Botirali Ergashev, SHohruh Gadoev, Anzur Ismoilov, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov, Abdulla Abdullaev, Mirjamol Qosimov, Siyavush Haqnazariy, Sanjar Tursunov (s), Xurshid G'iyosov, Martin Boake
Zaxiradan tushganlar: Valijon Rahimov, Artyom Filiposyan, Iskandar Bo'sinov, Ahmadullo Muqimjonov, Zafar Polvonov, Mirjahon Mirahmadov, Alisher Jalilov, Muhammadanas Hasanov
"Olimpik": SHukron Yo'ldoshev, Saidazamat Mirsaidov, Muhammadqodir Hamraliev, Behzod SHamsiev (s), Doston Tursunov, Abdurauf Bo'riev, Farruh Muxtorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Otabek Jo'raqo'ziev, Temur Mamasidiqov, Ruslanbek Jiyanov
Zaxiradan tushganlar: Xamidullo Abdunabiev, Jasur Xoldorov, SHahzod Toirov, Sunatulloh Hamidjonov, Sardorbek Maxmudov, SHahzod Rahmatullaev, Abubakr Rizo Turdialiev, Nodir Abduholiqov, Mironshoh Sattorov, Muhammadali G'iyosov, Alisher Odilov, Javohir Jo'raev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar