"Olimpik" futbolchilariga nima bo'lmoqda?
12 mar 2023 16:13
Yangiliklar
"Olimpik" futbolchilariga nima bo'lmoqda?
Timur Kapadze boshchiligidagi klub Superligada 2ta turda 4 ochko to'pladi, U-21 Birinchiligida ham xuddi shunday natija qayd etildi. Ammo boshqa jihatga etibor qaratmoqchiman: kartochkalarga.
Superliga
"Paxtakor" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar: Muhammadaziz Ibrohimov, Behzod SHamsiev, Jasur Jaloliddinov, SHahzod Toirov.
"So'g'diyona" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar: Alisher Odilov, Saidazamat Mirsaidov.
Qizil kartochka: Jasur Jaloliddinov.
U-21 Birinchiligi
"Paxtakor" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar: Sardorbek Mahmudov.
Qizil kartochkalar: Ahmadullo Muqimjonov, Muhammadali G'iyosov, Dilshod Yo'ldoshev.
"So'g'diyona" - "Olimpik"
Sariq kartochkalar: Iskandar Bo'sinov, Mustafo Abdumannopov, Temur Mamasidiqov, Sardorbek Mahmudov.
Qizil kartochka: Temur Mamasidiqov.
Jami: 4ta o'yinda 11ta sariq, 5ta qizil kartochka.
Eng asosiy maqsadi Olimpiadaga chiqish bo'lgan mazkur klub futbolchilari nimaga bunchalik ko'p sariq va qizil kartochka olishmoqda? Bu ko'pchilikni tashvishga solishi aniq. To'g'ri raqiblar balki provokaciya qilgandir, balki maydonda jahl chiqqanda aql ketgandir, biroq keyingi yil Parijda o'tadigan Olimpiadaga chiqib, yurtimiz sharafini himoya qilishi kutilayotgan futbolchilardan biz yanada professional bo'lishlarini kutamiz. Futbolchilik vaqtida uncha-munchaga kartochka olmagan va tartibli o'ynagan Timur Kapadze shogirdlari bilan yaxshilab gaplashib olishi kerak shekilli.
Fikrlar