So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Olimpiadada ko'pchilik Janubiy Koreya eng yaxshi natija qayd etadi deb hisoblayapti (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

Olimpiadada ko'pchilik Janubiy Koreya eng yaxshi natija qayd etadi deb hisoblayapti (So'rovnoma yakunlari)

22 iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining futbol bahslariga start beriladi.

Bu musobaqada Osiyodan to'rtta jamoa ishtirok etadi: Yaponiya (mezbon), Janubiy Koreya, Avstraliya va Saudiya Arabistoni. Telegram kanalimizga "Olimpiya o'yinlarida Osiyoning qaysi jamoasi eng yaxshi natijani qayd etadi?" mazmunida so'rovnoma qo'ygandik. 

So'rovnoma natijalariga ko'ra, 62 foiz ishtirokchi Janubiy Koreyaning imkoniyatini yuqori baholagan. Koreyaliklar guruh o'yinlarini Yangi Zelandiya (22 iyul), Ruminiya (25 iyul) va Gonduras (28 iyul) terma jamoalariga qarshi o'tkazadi.

Qizig'i shundaki, Yaponiya Olimpiada mezboni bo'lgani bilan nisbatan kamroq ovoz to'pladi. Xususan 26 foiz o'quvchi "samuraylar"ning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Yaponiya U-23 guruh bahslarini JAR (22 iyul), Meksika (25 iyul), Franciya (28 iyul) olimpiya termalariga qarshi o'tkazadi. 

SHuningdek, 7 foiz ishtirokchi Saudiya Arabistoniga ovoz bergan. 2020 yilgi U-23 Osiyo chempionati yarim finalida bizni mag'lub etgan Saudiya Arabistoni Olimpiya o'yinlari guruh bosqichida Kot-D'Ivuar (22 iyul), Germaniya (25 iyul) va Braziliya (28 iyul) bilan kuch sinashadi.

Va nihoyat eng kam ovoz to'plagan Avstraliya olimpiya terma jamoasi bo'ldi (5 foiz). Yosh "sokkeruzlar" U-23 Osiyo chempionatining 3-o'rin uchun kechgan bahsida bizni mag'lub etib, Olimpiadaning so'nggi ishtirokchisiga aylanishgandi. Avstraliya olimpiy terma jamoasi guruh uchrashuvlarini Argentina (22 iyul), Ispaniya (25 iyul) va Misr (28 iyul) jamoalariga qarshi o'tkazadi.


Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari

"A" guruhi: Yaponiya, JAR, Meksika, Franciya. 

"B" guruhi: Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Gonduras, Ruminiya. 

"C" guruhi: Misr, Ispaniya, Argentina, Avstraliya. 

"D" guruhi: Braziliya, Germaniya, Kot-D'Ivuar, Saudiya Arabistoni.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика