Olimpiada sari harakat. Beshinchi urinish. London-2012
16 iyu 2021 15:25
Yangiliklar
Olimpiada sari harakat. Beshinchi urinish. London-2012
Meksika - oltin medallar sohibi!
Avvalo shuni aytish kerak, 2012 yil yozgi Olimpiadada Meksika U-23 terma jamoasi oltin medallarni qo'lga kiritgan. Meksikaliklar finalda Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etishgan. O'shanda Meksika safida Oribe Peralta ikkita gol urgan bo'lsa, Braziliya tarkibida Xalk yagona gol muallifi bo'lgandi.
London mezbonlik qilgan Olimpiya o'yinlarida Osiyodan uchta jamoa ishtirok etgan: Yaponiya, Janubiy Koreya va BAA. "A" guruhida bahs olib borgan BAA olimpiyachilari Senegal bilan 1:1 o'ynab, Urugvayga 1:2 va Buyuk Britaniya terma jamoasiga esa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, guruhda oxirgi o'rin bilan musobaqani tark etgan.
Javnubiy Koreya "B" guruhida Meksikaga qarshi bahsni 0:0 hisobida durang bilan boshlagan. 2-turda SHveycariya 2:1 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, oxirgi turda Gabon bilan 0:0 o'ynagan koreyaliklar 5 ochko bilan keyingi bosqichga chiqishgan.
Yaponiya esa o'z o'yinlarini "D" guruhida o'tkazgan va ilk turda Ispaniyani 1:0 hisobida mag'lub etgan. Ikkinchi turda Marokash ham 1:0 hisobida mag'lub etilgan va 3-turda Gonduras bilan 0:0 qayd etilgan. Natijada yaponlar 7 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egallab chorak finalga yo'l olishgan.
CHorak finalda Yaponiya Misrni 3:0, Janubiy Koreya esa Buyuk Britaniyani penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etgan (o'yin 1:1 hisobida tugagan). Lekin yarim final Osiyoning ikki jamoasi uchun omadsiz yakun topgan. Yaponiya Meksikaga 1:3, Janubiy Koreya Braziliyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan va har ikki jamoa o'rtasidagi bronza medallar uchun kurashda koreyaliklarning qo'li baland kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.
Osiyoda saralash
Osiyoda Olimpiya o'yinlariga saralash bu safar 4 bosqichda o'tkazilgan bo'lib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi birinchi bosqichda, yani pley-off o'yinlarida ishtirok etmagan. Vakillarimiz to'g'ridan to'g'ri ikkinchi bosqichga yo'l olishgan. Ikkinchi bosqichda 24 jamoa 12ta juftlikka bo'lingan holda pley-off o'yinlarini o'tkazgan. Biz bu bosqichda Gonkong olimpiyachilaridan ustun kelganmiz.
19.06.2011. O'zbekiston - Gonkong 1:0
Gol: Fozil Musaev, 58.
23.06.2011. Gonkong - O'zbekiston 0:2
Gollar: Fozil Musaev, 8. Temurxo'ja Abduxoliqov, 19.
Uchinchi bosqichda pley-offdan o'tgan 12 jamoa 4tadan 3 guruhga bo'lingan. O'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkazilgan bo'lib, har bir guruh g'olibi to'g'ridan to'g'ri Olimpiadaga yo'l olgan. SHuningdek, ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar markazlashgan tartibda o'tkazilgan pley-offda ishtirok etgan. Vadim Abramov murabbiylik qilgan O'zbekiston OTJ "B" guruhida uchrashuvlarni o'tkazgan.
"A" guruhi: Janubiy Koreya, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni.
"B" guruhi: BAA, O'zbekiston, Iroq, Avstraliya.
"C" guruhi: Yaponiya, Suriya, Bahrayn, Malayziya.
Quyida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining o'yinlarini keltirib o'tamiz.
21.09.2021. O'zbekiston - Iroq 2:0
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov, 71. Kenja To'raev, 78.
23.11.2011. BAA - O'zbekiston 0:0
27.11.2011. Avstraliya - O'zbekiston 0:0
05.02.2012. O'zbekiston - Avstraliya 2:0
Gollar: Kenja To'raev, 27. Oleg Zoteev, 85.
21.02.2012. Iroq - O'zbekiston 2:1
Gol: Fozil Musaev, 23.
14.03.2012. O'zbekiston - BAA 2:3
Gollar: Oleg Zoteev, 34. Fozil Musaev, 47.

Mana shu bosqichdagi o'yinlarni yodga olganda ko'pchilik ikkita uchrashuvni alohida eslaydi: Toshkentda Avstraliya va BAA bilan kechgan bahslar. Avstraliya bilan bahs biz uchun qiziq edi, chunki Avstraliya OFK azosi sifatida endi saralashda qatnashgandi. Biz ularni 2:0 hisobida mag'lub etganmiz, esimda Oleg Zoteev uzoqdan juda chiroyli gol urgandi.
Ikkinchi o'yin esa BAA olimpiya termasiga qarshi kechgan o'sha mashum bellashuv. "Jar" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda biz 2:0 hisobida g'alaba qozona turib, yakunda mag'lub bo'lganmiz. Bu o'yinda Zoteev gol urib hisobni ochgandi. Ikkinchi taym boshida esa Fozil Musaev hisobni 2:0 ko'rinish keltirgan. Lekin qandaydir to'rt daqiqa oralig'ida Amirlik futbolchisi Ahmad Xalil ikkita to'p kiritishning uddasidan chiqadi. Uning gollari 51 va 55-daqiqalarda ro'y bergan. 90+3-daqiqada esa BAA g'alaba to'pini kiritib, ular Olimpidaga yo'llanma olishadi.
O'zbekiston OTJ esa guruhda ikkinchi o'rin bilan pley-off uchrashuvlariga yo'l oladi. O'z guruhlarida ikkinchi o'rinni egallagan Ummon, O'zbekiston, Suriya o'rtasida 25, 27, 29 mart kunlari Vetnam poytaxti Xanoyda pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi. Garchi Suriyani mag'lub etsak-da, Ummonga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan holda London-2012 yo'lidagi saralash o'yinlarini tugatganmiz.
27.03.2012. O'zbekiston - Suriya 2:1
Gollar: Kenja To'raev, 73. Oleg Zoteev, 88.
29.03.2012. Ummon - O'zbekiston 2:0
P.S. SHu yilning 23 aprel sanasida Ummon va Senegal o'rtasida Olimpiada uchun Afro-Osiyo pley-off uchrashuvi o'tkazilgan. Angliyaning Koventri shahri mezbonlik qilgan bahsda Senegal 2:0 hisobida g'alaba qozonib, Olimpiya o'yinlariga yo'l olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar