So’nggi yangiliklar

10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  0 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  3 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  2 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  5 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  15 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  2 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  9

Olimjon Ahmedov: "Odil mening gapim bilan arab davlatlariga bormagandi" Yangiliklar

Olimjon Ahmedov: "Odil mening gapim bilan arab davlatlariga bormagandi"

Odil Ahmedov yurtimizdagi eng taniqli futbolchi hisoblanadi va uni nafaqat Osiyoda, balki jahonda ham bilishadi.

Odil Ahmedov yurtimizdagi eng taniqli futbolchi hisoblanadi va uni nafaqat Osiyoda, balki jahonda ham bilishadi. Uning akasi Yoqub Ahmedov esa sanat sohasini tanlagan va hozirda aktyorlik qilgan holda bir qator filmlarda rol ijro etmoqda. Odilning ikkinchi akasi SHavkat esa talim yo'nalishini tanladi. Ukasi Azim Ahmedov ham futbolchi bo'lib etishdi. Biz esa o'tgan haftada Namanganga Odil Ahmedovning xonadoniga bordik. CHunki dadasi Olimjon aka Ahmedov bilan suhbatlashishni rejalashtirib qo'ygandik. Biz borgan paytimizda Olimjon aka ishlari bilan ko'chaga chiqib ketgan ekan. Bizni esa uyga olib kirishdi va ichkarida Yoqubjon Ahmedovga ko'zimiz tushdi. Dadasi kelguniga qadar aktyor bilan suhbatlashib o'tirdik va bu orada Olimjon aka ham etib keldi.

“ARABLAR MENGA HAM ALOHIDA UY-JON VA'DA QILISHGANDI”  
- Bilasizmi, futbolga yoshligimdan qattiq qiziqqaman, deya suhbatni boshladi, Olimjon Axmedov. - “Navbahor”ning birorta o'yinini qoldirmasdan ko'rardim va mening farzandlarimdan kimgadir shu jamoada o'ynash nasib qilarmikin, degan hayolga berilardim. Bolalarim ham yoshligidan futbolga qiziqishgan va ularni asosan stadiondan topardim. Yomg'irda ham to'p tepishardi, uyga esa jiqqa ho'l bo'lib kelishardi. Yaxshilab qarasam, ularning futbolga ishtiyoqi juda baland. Keyin Yoqubjon bilan Odiljon Namangan futbol maktab liceyiga o'qishga kirishdi. Ammo taqdir taqozosi bilan Yoqubjon futbolchi bo'la olmadi. Odiljon esa “tortib” ketdi. Uchinchi o'g'lim SHavkatjon esa futbolga uncha qiziqmadi. U asosan o'qishga qiziqadi. Uy ishlarida ayasiga ham qaralashadi. Bu yil Toshkentdagi moliya institutini tamomladi. Eng kichigi Azimjon Odiljonning yo'lidan borib u ham futbolchi bo'lib etishdi. Bu yil esa “Paxtakor”ga o'tib ketdi. O'zi “Neftchi”ga ketaman deb yurgandiyu, keyinchalik rejasi o'zgarib “Paxtakor” bilan kelishib qo'ydi. O'zimga keladigan bo'lsam, avtomobilistman. Ilgari futbol ham o'ynaganman. Keyin armiyaga borib kelganimdan keyin rahmatli dadam “senga futbol osh-non beradimi, yig'ishtir” degandi. Lekin farzandlarimni futbolchi bo'lishini xohlaganman. Ular nimaga erishgan bo'lsa, hammasiga o'z kuchlari bilan erishishdi. O'zlarida qobiliyat borligi uchun ham yo'liga to'g'anoq bo'lmadik.  


- Yoqub Ahmedovning sanat sohasini tanlashiga qanday munosabatda bo'lgansiz?
- Uning bu sohani tanlashiga qarshi bo'lmaganman. Menga “Dada kinoda rol ijro etishni boshlayapman” deganida unga oq fotiha berganman. Ilohim, barcha ota-onalar qariganida farzandlarining baxtini ko'rishsin. Biz esa o'zimizni eng baxtli ota-onalardan birimiz desam adashmayman. Bu yil ishimdan nafaqaga chiqib oldim. Rossiyaga Odilning yoniga ham borib turaman. Alohida bog'imiz bor va u erga ham borib turaman. Yoki zeriksam Toshkentda ham uylarimiz bor, o'sha erga borib dam olaman.

- Bilasiz, futbolni jarohatlarsiz o'ynashning iloji yo'q. Farzandlaringiz yoshligida ana shunday jarohat olgan chog'larida rafiqangiz bilan nizoga borgan paytlaringiz bo'lmaganmi?
- Yo'q, bunday bo'lmagan. Esimda, Odiljonning qo'li, Yoqubjonning esa oyog'i singgan. Futbolchi bo'laman deyishgani uchun ularga yo'l qo'yib berganmiz. Tezda ularning oyog'i ham, qo'li ham tuzalgan. Natijada farzandlarimning ikkitasi futbolchi bo'lib etishdi. Men televizor orqali farzandlarimning hamma o'yinlarini qoldirmasdan ko'raman. Ammo onasi ular ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'ra olmaydi. Bazi-bazida kirib mendan hisob qanaqa bo'layotgani haqida so'rab turadi. CHunki bolamiz maydonga yiqilib yoki jarohat olsa bu holatni u ko'tara olmasdan darhol mazasi qochib qoladi.  

- Sanat yoki sportchi bo'lgan insondan kuchli xarakter, iroda talab etiladi. Aynan shu narsalarni doim farzandlaringizda ko'ramiz. Bu holat kimdan o'tgan? Sizdanmi yoki rafiqangizdanmi...
- Har holda mendan o'tgan bo'lsa kerak (kuladi). Oilada qattiqqo'l insonman. Ammo ko'chada ko'rishsa xuddi yumshoq ota bo'lsa kerak deb o'ylashadi. Lekin bolalarning tarbiyasini doim qattiq nazorat qilaman.

- Lekin farzandlaringiz kamtar. Buning uchun ularni qanday tarbiyalab, o'rgatgansiz? Vaholanki, bunday darajaga erishishganidan so'ng kamtarlikni saqlab qolish ham qiyin-da!
- Rahmatli dadam bir kam 60 yoshda vafot etgan. Men dadamning yuziga tik qaray olmasdim. Oldida ko'p o'tira olmasdim, ovqatlansak ham darhol ovqatim eb bo'lgach, o'rnimdan turib ketardim. Hozir esa bolalarim xuddi shunday. Agar uyga kirsam hammasi onasi bilan o'ynab kulib o'tirishgan bo'ladi. Men kirishim bilan esa hammasi jim bo'lib qolishadi. Keyin onasi menga “boring xonangizga chiqib o'tiring, bolalar maza qilib kulib o'tirishsin” deb qo'yadi. Doim farzandlarim mening oldimda sir bosib turishadi. Ular mening oldimda gapiradigan gapini ham yo'qotib qo'yishadi. Mana, hozir xonaga kirsam siz Yoqubjondan intervyu olayotgan ekansiz. Meni esa sizlarni yoningizga borib o'tirishimni aytishdi, lekin men mayli, gaplashib olishsin dedim. Agar men ham uning yoniga kelib o'tirsam, gapirayotgan gapini ham yo'qotib qo'ygan bo'lardi (kuladi).  

- Farzandlaringiz qandaydir reja tuzishsa yoki klubini o'zgartirmoqchi bo'lsa sizdan maslahatlashishadimi yoki hammasini ularning o'zlariga qo'yib berganmisiz?
- Albatta men bilan maslahatlashishadi. Odiljonga “Anji”dan taklif tushishidan avval unga Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlardan ham takliflar tushgandi. O'shanda mendan nima qilay deb so'raganida, “Paxtakor”da o'ynading nima, BAA chempionatida o'ynading nima degandim. Undan ko'ra saviyasi kuchliroq chempionatda o'ynagin deganman. Xullas, mening gapim bilan arab davlatlariga bormadi va keyinchalik “Anji”ga ketdi. Arablar o'g'limga katta vadalar berishgandi. O'ziga hamma sharoitlarni yaratishdan tashqari ota-onasiga ham uy-joy beramiz deyishgan. Lekin men bu taklifga ko'nmadim. CHunki “Paxtakor” bilan arab klublarining saviyasi deyarli bir xil-da! “Anji” o'g'limni yanada tanilishida katta turtki bo'ldi. Keyin esa “Krasnodar” o'g'limni sotib oldi. O'sha kelishuv amalga oshishidan oldin ham mendan nima qilay deb so'raganida birinchi ligada o'ynaysanmi, undan ko'ra premer-ligada o'ynaganing yaxshiroq deb maslahat berganman.   

- Oilada birinchi navbatda o'rnatgan qatiy qaroringiz nima va unga hamma amal qiladi!
- O'zingdan kattani hurmat qil, ko'chada kattami-kichikmi hurmat qilgin, uyga kimdir kelsa, hurmatini joyiga qo'yib mehmon qil va bir piyola choy uzat, hech qachon yomon gap gapirma deb uqtirib kelaman. Endi bizni ishqibozlik qiladigan jamoamiz uchta bo'ldi: “Navbahor”, “Paxtakor” va “Krasnodar”.


“YOQUBNI HAM, ODILNI HAM BU DARAJAGA CHIQISHINI KUTMAGANDIM”
- Olimjon aka, faraz qiling televizorda parallel ravishda Yoqub Ahmedov ijrosidagi film bilan bir qatorda Odil Ahmedov ishtirokidagi o'yin bo'lib o'tmoqda. Qaysi birini tomosha qilasiz?
- Balki kinosini ko'rib olsak, futbolni yana takroran efirga berishar (kuladi). Umuman olganda, bunday vaziyatda ikkalasini teng ko'rishga harakat qilaman. Menimcha, bunday holat kamdan-kam bo'ladi. Bir mahalning o'zida ikkalasini ham ko'rgim keladi. Iloji bo'lsa bunday vaziyatda televizorni ikkita qilib, ikkalasini ham ko'raman.

- Umuman, Yoqub Ahmedovni sanatkor bo'lishini kutmaganmidingiz?
- To'g'risini aytaman: kutmagandim. Yoshlik paytida “Navbahor”da o'ynab yurganida mazasi qochib qolgandi va futbolchi bo'la olmagan. Taqdir taqozosi bilan aktyor bo'ldi.

- Odil Ahmedovning bunday darajaga chiqishiga qanchalik ishongandingiz?
- Tan olamanki, Odiljonning bunday darajaga chiqishiga ishonmagandim. “Navbahor”ga qabul qilinmaganida u uyiga kelib rosa yig'lagandi. Men esa afsuski, endi futbolchi bo'la olmas ekan-da deb o'ylagandim. U Toshkentda o'qib kelgandi. SHu bois bir kuni qo'ng'iroq qilishdi va Tachmurod Agamurodov Odilni so'rayapti, tezda kelsin deb qolishdi. SHu tariqa Odiljon Toshkentga ketdi va menga qo'ng'iroq qilib besh yillik shartnomani taklif qilishdi, nima qilay deb so'radi. Men esa unga ikkilanmasdan shartnomaga qo'l qo'ygin deb aytganman. To'g'risi, futbol maktabini tamomlagan bo'lsayu, nahotki “Navbahor” klubiga qabul qilishmasa deb kechasi bilan diqqat bo'lib chiqqandim. Keyin esa Xudo o'g'limning ishini to'g'rilab “Paxtakor”ga o'tib ketgan kuni o'zimda yo'q xursand edim va hattoki shunchalik quvonganimda kechalari uxlay olmasdim. CHunki har qanday futbolchi ham “Paxtakor”da to'p surishni orzu qilardi-da! SHu o'rinda muhtaram Prezidentimizga katta rahmat aytaman. Sportga katta etibor qaratilyapti, ulkan imkoniyatlar, sharoitlar yaratilmoqda. Ko'plab sportchilarimiz xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatlarga erishishyapti. O'zbekiston madhiyasi xorijiy turnirlarda yangraganida badanim jimirlab ketadi. Barcha ota-onalar nomidan yurtboshimizga tashakkur bildiramiz. Mustaqillikka erishganimizdan keyin O'zbekiston farzandlari dunyoga chiqishyapti va tanilishyapti. 2016 yil “Sog'lom ona va bola yili” deb elon qilindi. Sog'lom bola bo'lish uchun avvalo sport bilan shug'ullanishi kerak. Bundan keyin ham ajoyib sportchilarimiz etishib chiqsin va O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishsin. Bizning farzandlarimiz Prezidentimizning ham farzandlaridir.   

- SHu o'rinda Azim Ahmedovning “Paxtakor”ga o'tishiga munosabatingiz qanday bo'ldi?
- Garchi Odiljondagi kabi iqtidor bo'lmasa-da, har holda unda ham o'ziga yarasha istedod bor. Saviyasini yanada oshirish va xalqaro maydonlarda o'ynash ishtiyoqida bo'lgani uchun “Paxtakor”ga o'tdi. Hozir esa BAAda shug'ullanyapti. Kuni kecha Odiljon ham klubi bilan o'sha erga jo'nab ketdi. Balki aka-ukalar u erda ko'rishib qolishar. To'g'risi, futbolchining ota-onasi bo'lish ham juda qiyin ekan. Bir yili Namanganda “Navbahor” bilan “Paxtakor” o'ynadi. Odiljon esa gol urdi. O'sha paytda muxlislar o'g'limni shunchalik haqorat qilib so'kishdiki, men o'sha erda chiday olmasdan stadiondan chiqib ketgandim. Hadeb so'kaverishsa, har qanday ota ham chiday olmaydi. Yoki o'sha bilan mushtlashishiga to'g'ri keladi. SHuning uchun stadionga borsam ham endi hech kim yo'q joyda, bir chekada o'tirib tomosha qilaman.


“JIRKOVNING MENGA AYTGAN GAPIDAN MAG'RURLANGANMAN”
- Rossiyaga o'g'lingizning oldiga ham tez-tez borib turasizmi?
- Oktyabr oyida bordim. O'shanda “Krasnodar” – “Borussiya” o'rtasidagi o'yinni ko'rdim. Xullas, o'shanda 3-4 ta uchrashuvini stadionda kuzatdim. Safarga bir o'zim bora olmayman. SHu sababli bir og'aynimni etalab oldim. U erda Odiljonni uch qavatli uyi bor. O'sha villasida hamma shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Yo'q narsaning o'zi yo'q. Uyda alohida oshpazi bor va u bizga ajoyib taomlarni tayyorlab berdi. U erga yilida 2-3 marta boraman. SHuningdek, Odiljonni klub bazasiga tashlagani bordik. Ochig'i, men bunday bazani sira ham ko'rmaganman. 6-7 ta stadioni bor. Yonida ko'l bor va u erda ajoyib mehmonxona joylashgan. Qishki va yozgi stadionlarini ko'rsangiz maza qilasiz. SHuningdek, bazada futbolchilar bilan uchrashdik, u erda o'g'lim bu Grankvist, bunisi pistonchi, bunisi palonchi deb tanishtirdi. Doim o'yin tugaganidan keyin Odiljonni uyiga olib ketishimiz kerak bo'ladi va har safar uni bir, bir yarim soat kutardik. Stadiondan chiqishida uni muxlislar va jurnalistlar o'rab olishar ekan. Ayniqsa, muxlislar doim dastxat so'rashadi va birga rasmga tushishadi. Keyin meni kuzatish uchun Moskvaga – Domodedovo aeroportiga bordi. CHamadonlarimizni mashinadan tushirishimiz bilanoq odamlar o'g'limni tanib darhol uni o'rab olishdi. Men esa bir chetda sovuqda narsalar bilan kutib turdim va unga tezroq bo'lmaysanmi, sovuqda turaveramanmi dedim. SHunda menga aytdiki, shartnomada shunday bor ekan, yani, futbolchi doimo muxlislar bilan ochiq munosabatda bo'lishi ko'rsatib qo'yilgan ekan. To'raqo'rg'onlik bir yosh bola futbolga juda qiziqar ekan va futbol o'ynayotganida yiqilib oyog'i shol bo'lib qolibdi. O'zi esa Odil Ahmedovning muxlisi ekan. O'g'lim yaqinda uyga kelganida o'sha bolaning dadasi uyimizga kelib bir marta bo'lsa ham Odil o'g'lim bilan ko'rishsin dedi. Keyin esa menga o'g'limga aytdim va hamma ishingni tashlab, o'sha bolani oldiga borib kel dedim. Albatta, u bozorlik qilib o'sha bolani yoniga bordi va kayfiyati ko'tarilib, asta-sekin o'ziga kelishni boshlabdi. SHuningdek, uyga kelganida bolalar uyi uchun ehson qilib mol so'ydi. Bolalarga sovg'a-salomlar ulashdi. Bu erda u tadbirlardan bo'shagani yo'q. Hatto uyda bir dasturxon atrofida bafurja o'tirmadik ham. Mayli, shunisiga ham shukr. Odilning futbolchi bo'lishi ko'pchilikka turtki bo'ldi. SHu orqali boshqalar farzandini, nevaralarini futbolga berishyapti.   

- Ko'chada odamlar sizni tanib qolishganida Yoqub Ahmedovni dadasi deb bilishadimi yoki Odil Ahmedovni dadasi debmi?
- Asosan Odil Ahmedovni dadasi deyishadi. “Omonxona” sanatoriyasiga dam olgani borganimda yonimda odamlar bir-biriga Odil Ahmedovni dadasi kelibdi deb gapirishyapti. Vaholanki, men ularning yonida turibman. SHunday paytlarda hech nima bo'lmagandek yonidan indamasdan o'tib ketaveraman. Ochig'i, Yoqub Ahmedovni ayollar ko'proq yoqtirishadi. Bir kuni u bilan poliklinikaga borgandik. Tashqariga chiqsam 10-15 nafar qizlar turibdi, men bo'lsa hayron bo'lib, qiziq bular nima qilishyapti ekan dedim. So'ng bundoq qarasam “ana Yoqub Ahmedov chiqdi” deb uni o'rab olishdi. Hozir esa mana shunday hayot tarziga ko'nikib qolganmiz. Odil Ahmedov “Anji”da o'ynab yurganida tug'ilgan kunini 25 noyabr kuni Moskvadagi “Uryuk” restoranida o'tkazdi. U erga men ham borgandim. Hamma futbolchilar kelishgandi. Keyin esa yonimga Yuriy Jirkov keldi va menga “Odil jamoadagi eng yaxshi inson va futbolchi. Tarbiyasi juda yaxshi. Buning uchun sizga rahmat” deganida nihoyatda mag'rurlanib ketdim. O'shanda unga prezident yashaydigan maskandan uy berishgandi. O'sha erda Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham, bosh vazir Dmitriy Medvedovni ham ko'rdim.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика