So’nggi yangiliklar

15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  3 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  4 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  14 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  5 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  4 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1

Olim SHokirov: “Reja bo'yicha Ozarbayjon va Xorvatiyada o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerak. Ammo...” Yangiliklar

Olim SHokirov: “Reja bo'yicha Ozarbayjon va Xorvatiyada o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerak. Ammo...”

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga Toshkentdagi yig'inni yakunlaydi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Olim SHokirov O'zbekiston Futbol Associyaciyasi rasmiy saytiga bo'lajak rejalar, maqsadlar haqida qisqacha intervyu berdi.

“Jamoa bilan 15 mart kuni yig'ilgan bo'lsak, 16 martdan davlatimiz tomonidan karantin elon qilindi. Ikki yarim oy davomida bollar uyda mashg'ulotlarni olib borishdi. Endi karantindan keyin hammasini boshidan boshlamoqdamiz. Avvalgi rejalarimiz buzilganidan so'ng yangi rejalar tuzishga majbur bo'ldik. Rejamiz bo'yicha Ozarbayjonda va avgust oyida Xorvatiyada o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishimiz kerak. Ammo, bularning barchasi so'roq ostida turibdi. CHunki, hali aviaqatnovlar qachon tiklanishi nomalum. SHuningdek, biz boradigan mamlakatda vaziyat qanday ekanligini ham bilishimiz kerak. SHunisi aniqki, rejalarimizda xalqaro o'yinlarda ishtirok etish belgilangan. Qolganini vaqt va sharoit ko'rsatadi.

Mashg'ulotlarda urg'uni ko'proq to'p bilan ishlash va o'yinni o'z nazoratimizga olish ustida ishlaymiz. Rasmiy uchrashuvlarda ham hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilamiz. Oldimizda turgan minimal vazifa Osiyo chempionati orqali Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritish. Mundialda Evropa, Amerika qitalaridan vakillar qatnashadi. Bu shogirdlarimiz uchun katta tajriba maktabi vazifasini bajaradi”,- deydi Olim SHokirov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика